Umarova Naima Oqil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq burchakli glaukomani davolashda lazerli trabekuloplastikaning turli usullari samaradorligini qiyosiy baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/1.PhD/Tib2436.
Ilmiy rahbar: Djamalova Shirin Abdumuratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ioyleva Elena Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yusupov Aminjon Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: RF SSV FDBTM Ufa ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: old kamera burchagining pigmentatsiyasiga qarab, ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning turli shakllari bilan bemorlarni ta’sir qilishning turli bayonnomalari bilan davolashda mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zning old kamera burchagi tuzilishini o‘rganish ma’lumotlari asosida barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarini differensial tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan;
barqarorlashtirilmagan ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarida old kamera burchagining pigmentatsiya darajasiga qarab mikroimupl`sli lazer trabekuloplastika ta’sir turli parametr protokollarining samaradorligi isbotlangan;
barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukomada mikroipul`sli lazerli trabekuloplastikadan foydalanish bemorlarining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishi isbotlangan;
barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukoma uchun tavsiya etilgan tashxislash mezonlari asosida mikroipul`sli lazer jarrohligida foydalaniladigan davolash algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ochiq burchakli glaukomani davolashda lazerli trabekuloplastikaning turli usullari samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘zning old kamera burchagi tuzilishini o‘rganish ma’lumotlari asosida barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarini differensial tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochiq burchakli glaukomani lazerli trabekuloplastika usuli bilan davolashni optimallash” (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/5-son, 25.05.2023 y.) va «Birlamchi ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning rivojlangan va o‘tib ketgan bosqichlarini davolashdagi 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika» (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/7-son, 23.03.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, RIKMIATM Termiz filiali (buyruq № 12/1, 20.04.2023 y.) va Samarqand filiali (buyruq №24-U, 7.02.2024 g.) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gonioskopiya, ul`tratovushli biomikroskopiya va optik kogerentli tomografiya tadqiqotlarining ma’lumotlariga asosan, davolashning eng optimal usulini tanlash imkonini beradigan differensiyali tashhislash mezonlari aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan tashhislash mezonlari davolashni o‘z vaqtida davolashni boshlash, va ushbu bilan harajatlarni kamaytirish va bemorlarning mexnatga layoqatligini saqlab qolish imkonini beradi. Hulosa: turli tadqiqotlar ma’lumotlariga asosan, klinik-patogenetik shakllarining har hil turlarini differensiyali tashhislash mezonlari aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: barqarorlashtirilmagan ochiq burchakli glaukomaning turli shakllarida old kamera burchagining pigmentatsiya darajasiga qarab mikroimupl`sli lazer trabekuloplastika ta’sir turli parametr protokollarining samaradorligi qiyosiy baholangan. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochiq burchakli glaukomani lazerli trabekuloplastika usuli bilan davolashni optimallash” (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/5-son, 25.05.2023 y.) va «Birlamchi ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning rivojlangan va o‘tib ketgan bosqichlarini davolashdagi 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika» (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/7-son, 23.03.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, RIKMIATM Termiz filiali (buyruq № 12/1, 20.04.2023 y.) va Samarqand filiali (buyruq №24-U, 7.02.2024 g.) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastikaning o‘tkazilgan bayonnomalari, insonlarning jamiyatdagi faolligini saqlab qoluvchi eng optimal usulni aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastikaning isbotlangan ta’siri, glaukomali optik neyropatiya rivojlanishining pasayishi tufayli mexnatga qobiliyatli aholining faolligini saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari, davolashning mazkur usuli, ko‘rish funksiyalarini jiddiy pasayishi kuzatiladigan glaukomaning kechroq bosqichlarini davolash uchun 5-12 mln so‘mlik harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Hulosa: mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastikaning turli bayonnomalaridan keyin kuzatiladigan o‘zgarishlar, 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika bilan davolashda eng katta samaradorligini aniqlab berib, bu narsa, glaukomali optik neyropatiya rivojlanishini pasaytirish imkonini beradigan dinamikadagi ko‘z ichi bosimining ko‘rsatqichlari bilan ishonchli isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukomada mikroipul`sli lazerli trabekuloplastikadan foydalanish bemorlarining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirgan. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochiq burchakli glaukomani lazerli trabekuloplastika usuli bilan davolashni optimallash” (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/5-son, 25.05.2023 y.) va «Birlamchi ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning rivojlangan va o‘tib ketgan bosqichlarini davolashdagi 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika» (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/7-son, 23.03.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, RIKMIATM Termiz filiali (buyruq № 12/1, 20.04.2023 y.) va Samarqand filiali (buyruq №24-U, 7.02.2024 g.) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: lazerli trabekuloplastika orqali ta’sir qilishning turli usullari, diskomfortni hamda lazerdan keyingi davrda qo‘shimcha parvarishlashga bo‘lgan ehtiyojni oshiradigan mikroimpul`sli trabekuloplastikadan farqli o‘laroq, selektiv lazerli trabekuloplastikadan keyingi nojo‘ya ta’sirlarning yuqori foizini ko‘rsatdilar. Iqtisodiy samaradorligi: lazerdan keyingi davrda kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar bir nafar bemor uchun shifoxonada davolanishga bshlgan ehtiyojini 2.850.000 so‘mgacha oshiradilar. Hulosa: Intraoperatsion va tashrihdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar quyidagi o‘zgarishlarni aniqlab berdilar: nojo‘ya ta’sirlarning eng ko‘p soni selektiv lazerli trabekuloplastikani olgan bemorlarda kuzatildi. Mikroipul`sli trabekuloplastika bilan davolangan bemorlarda esa ushbu ko‘rsatqich 2,5 barobarga past bo‘lgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: barqarorlashtirilmagan birlamchi ochiq burchakli glaukoma uchun tavsiya etilgan tashxislash mezonlari asosida mikroipul`sli lazer jarrohligida foydalaniladigan davolash algoritmi takomillashtirilgan. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochiq burchakli glaukomani lazerli trabekuloplastika usuli bilan davolashni optimallash” (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/5-son, 25.05.2023 y.) va «Birlamchi ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning rivojlangan va o‘tib ketgan bosqichlarini davolashdagi 15 foizli ishchi sikli bilan mikroimpul`sli lazerli trabekuloplastika» (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, n-3/7-son, 23.03.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, RIKMIATM Termiz filiali (buyruq № 12/1, 20.04.2023 y.) va Samarqand filiali (buyruq №24-U, 7.02.2024 g.) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: lazerli trabekuloplastikaning har hil turlarini o‘tkazishning eng katta samaradorligini belgilaydigan, optik kogerentli tomografiya va perimetriya ma’lumotlariga asosan oftal`motonusni mustahkam normallashtirish, ko‘rish funksiyasini oshirish va glaukoma jarayonini barqarorlashtirish imkonini beradigan tashhislash va davolash algoritmi ishlab chiqildi va joriy etildi. Iqtisodiy samaradorligi: ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning turli shakllariga ega bo‘lgan bemorlarni parvarishlash bo‘yicha ishlb chiqilgan algoritm ularni davolash uchun sarflanadigan harajatlarni qisaqrtirish imkonini beradi. Hulosa: olingan natijalarni joriy etilishi birlamchi ochiq burchakli barqarorlashtirilmagan glaukomaning turli shakllariga ega bo‘lgan bemorlarni tashhislash, davolash va parvarishlash samaradorligini oshirish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida davolash uchun harajatlarni qisqartirish, tashrihdan avval va keyingi davrda nojo‘ya ta’sirlarning chastotasini kamaytirish imkonini yaratdi.