Toreniyazov Tileumurat Elmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida danakli mevalarda shiralarning (Aphididae) rivojlanish bioekologiyasi va qarshi kurashni ilmiy asoslash”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx 1074.
Ilmiy rahbar: Utepbergenov Adilbay Reyimbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Abdusalim Xolboevich, kishlok xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmonova Madina Kimsanboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida: o‘rik, shaftoli, olxo‘ri va gilos biotoplarida uchraydigan shira turlarini aniqlash, bioekologik rivojlanishi, dinamikasi, zarar keltirish mezonini belgilab olib, agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash usullari elementlarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal sharoitlarida mavjud danakli meva daraxtlari rivojiga biotik omillardan bo‘lmish shira turlarining ta’siri, ularning asosiy turlari hamda rivoji uchun qulay keladigan abiotik omillar aniqlangan;
danakli meva bog‘larida uchraydigan shiralar turlarining rivojlanich bioekologiyasi, dinamikasi va zarar keltirish mezoni aniqlangan;
mazkur meva daraxlaridagi o‘rik-kamish shirasi onalik zoti 29,7 kun davomida hayot kechirib, 67,3 donagacha tirik avlodlarini tug‘ib, o‘rik barglarida o‘rtacha 3,8- 59,8 dona shiralar rivojlanganda mevalar vazni 2,4-11,8 grammga, shaftoli shirasi soni 16,2 kunda 30,2 dona tirik tug‘ib, barglardagi soni 4,9-41,8 dona  bo‘lganda mevalar vazni 9,0-41,8 grammga kamayganligi hisobga olingan.
danakli meva daraxtlarda shiralarga qarshi agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash usullarini o‘tkazishda maqbul muddat va usullar belgilanib, o‘rik-qamish shirasining o‘rik barglarda 18,0-21,2 donani, shaftolida esa shaftoli shirasi 11,8-14,3 donani tashkil qilganda biolaboratoriyada ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagi gektariga 500-2000 (1:10-15 nisbatda) dona hisobida tarqatilganda biologik samaradorligi 76,8-82,5% tashkil qilganligi aniqlangan;
danakli meva daraxtlarida tarqalgan shiralarga karshi biologik va kimyviy usullarni qullanilgandagi iqtisodiy samarodorligi gektaridan 6211,0 so‘mdan 47660,0 so‘mgacha tashkil  eetishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida danakli meva bog‘laridan: o‘rik, shaftoli, olxo‘ri va gilos biotoplarida to‘planib zarar keltiradigan shira turlarini aniqlash, bioekologik rivojlanishi, dinamikasi, zarar keltirish mezonini belgilash, agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash usullari elementlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Shang‘alaqli miyo‘e ag‘ashlarinda shirinjalarg‘a qarsi gүres ilajlarin alip bario‘» hamda “Qaraqalpaqstan agrobiotsenozi tog‘ayzarlarinda ushrasatug‘in ziyankeslerdiң, ravajlanio‘ dinamikasi, bioekologiyasi” nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 3 apreldagi №01/013-1346/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar mazkur agroiqlim sharoitida mavjud danakli meva bog‘larida shiralarga qarshi kurash olib borishdagi asosiy qo‘llanma sifatida keng foydalanilib kelinmoqda;
zarar keltiradigan o‘rik-qamish shirasiga qarshi kimyoviy preparatlarni ishlatish bo‘yicha Kegeyli tumani M.Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va mevachilik ITI QQ ITS tajriba xo‘jaligi, «Baxtiyar Raxat» f/x 11,0 ga dalasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 3 apreldagi №01/013-1346/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirning biologik samaradorligi 96,0-97,0%, xo‘jalik samaradorligi 18,4-21,6 kg, iqtisodiy samaradorlik o‘rikning gektaridan 18702,0-19596,0 va shaftolida 45045,0-47660,0 ming so‘mni tashkil etgan;
biolaboratoriyada ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagi Chimboy tumani Qoraqalpog‘iston DITI hamda «Reyimbay-Usen» f/x maydonlarida 27,0 gektarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 3 apreldagi №01/013-1346/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rik tuplaridan 10,7-18,9 kg, shaftolidan 12,7-21,2 kg hosil himoya qilib qolinib, tadbirning iqtisodiy samaradorligi 6211,0-18262,0 so‘mni tashkil qilgan;
shiralarga qarshi kimyoviy preparatlar Nukus tumani «Axmet Shax», «Ravaj Maxsimqala» f/x ning 19,0 ga maydonidagi o‘rik, shaftoli daraxtlariga qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 3 apreldagi №01/013-1346/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rik va shaftoli meva daraxti barglaridagi shiralar soni 97,4-98,6% kamaytirilib, joriy etilgan tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi 19596,0-47660,0 so‘m darajasida, ishlatilgan bir so‘m 2,08-2,15 va 3,77-4,35 so‘mga qoplangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish