Axmedov Xamidulla Abduxoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Otib beruvchi barabanli arrali jinning resurstejamkor qismlarini ishlab chiqish», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T516.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Djo‘raev Anvar Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani uzatish tizimida arrali silindrga paxtani otib beruvchi baraban va resurstejamkor arrali jin kolosnik panjarasini ishlash chiqish va uni ishlash muddatini oshiruvchi parametrlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
otib beruvchi barabanli arrali jinning mavjud qismlari orqali takomillashtirilgan yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
otib beruvchi barabanli va ikki barabanli ta’minlagich hamda arrali jin mashinasi energetik ko‘rsatkichlari va yuritmaning ratsional ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
arrali jinlash jarayonini hisoblash usuli, baraban va arrali silindrning o‘zaro joylashuv o‘lchamlarining dasturiy vositalari hamda yangi konstruksiyadagi 30 va 138 arrali jin kolosnik panjarasi mustahkamlik ko‘rsatkichlarining qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
paxtani qayta ishlashda tola sifatini saqlovchi va samaradorligini oshiruvchi resurstejamkor va energiya sarfini kamaytiruvchi otib beruvchi barabanli arrali jinning asosiy konstruktiv, texnologik va texnik ekspluatatsion tavsiflari nazariy va tajriba tadqiqotlari natijasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Resurstejamkor qismlar bilan jihozlangan arrali jin ishchi kamerasini takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali jinning yangi konstruksiyadagi konsol` kolosnik panjarasi bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Arrali jin kolosnikli panjarasi”, №FAP 01169-2017 y.). Natijada yangi konstruksiyadagi kolosnikni brusga mahkamlash reaksiya kuchi mavjud ikki tayanchli kolosnikka nisbatan 3,5 martaga oshirish, normal kuchlanish esa 3,4 martaga kamaytirish imkonini yaratgan;
otib beruvchi baraban yuzasidagi paxtaning harakat traektoriyasini aniqlash orqali uning konstruktiv va kinematik o‘lchamlari hamda baraban va arrali silindrning o‘zaro joylashuv o‘lchamlarini hisoblash dasturi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan “Qorasuv paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 5 iyuldagi 02-29/4572-son ma’lumotnomasi). Natijada arrali jinning yangi konstruksiyadagi ishchi kamerasining kinematik, texnologik, konstruktiv va energetik ko‘rsatkichlarining muqobil qiymatlarini aniqlash imkonini bergan;
yangi konstruksiyadagi kolosnik panjarali arrali jin ishchi kamerasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Qorasuv paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 5 iyuldagi 02-29/4572-son ma’lumotnomasi). Natijada arrali silindrning elektr energiya sarfi 7%ga kamaygan va kolosnik panjaraning resurstejakorligi esa 50%ga oshishiga imkon yaratilgan.