Abdullaeva Nazokat Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazmdagi koreys diasporasi tarixi: ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kontekstida», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:. B.2023.4.PhD/Tar1634
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matkarimova Sadokat Maksudovna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Djumashev Asqar Mambetovich, tarix fanlari doktori, professor
Bekimmetov Umid Tojimuratovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazmdagi koreys diasporasi tarixini ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kontekstida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘rta Osiyo hududiga Uzoq Sharqdan 1937-yilda deportatsiya qilingan koreyslarning bir qismi aynan Xorazm vohasiga ko‘chirilishining sabablari ochib berildi;
Xorazm vohasidagi koreyslarning viloyat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shganliklari asoslab berildi;
XX asrning 80-yillari oxirlarida O‘zbekistonda, shu jumladan Xorazm viloyatida yashayotgan koreyslarining turmush tarzida kuchli transformatsion jarayonlar yuz berganligi tahlil qilindi;
Dala tadqiqotlari natijalari asosida viloyat koreyslari so‘nggi yillarda ko‘proq o‘z vatanlari bo‘lmish Koreya Respublikasiga emas, asosan Rossiyaga yoki Evropa davlatlariga ko‘chib ketishi yoki o‘qish va ishlash uchun ketish holatlari kuchayganligi aniqlandi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, Xorazmdagi koreys diasporasining shakllanishi hamda voha hayotida ularning tutgan o‘rni bilan bog‘liq ma’lumotlar, yondashuv va xulosalar shu mavzuda tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi va oliy o‘quv yurti talabalari uchun tarix, etnografiya, madaniyatshunoslik fanlaridan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiyada talqin qilingan ma’lumotlardan davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni hamda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda, milliy-madaniy markazlar faoliyati va tarixini o‘rganishda, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi madaniy-ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop dasturlarni tayyorlashda hamda O‘zbekistondagi milliy-madaniy markazlar va ularning faoliyati bilan bog‘liq saytlarni boyitishda xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Baynalmilal madaniyat markazlari muzeylari, shu jumladan, Xorazm viloyati Koreys Milliy Markazi qoshidagi Xorazm koreyslari Milliy muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, muzey fondlarini yangi ma’lumotlar va eksponatlar bilan mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining Respublika hududida joylashgan Milliy madaniy markazlar, xususan Koreys milliy-madaniy markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tadqiqot natijalari asosida ko‘chirib keltirilgan koreyslar tomonidan Xorazmda barpo etilgan mahallalarda etnoturizimni tashkil etishga asosiy e’tibor qaratish va bu orqali yangi turistik yo‘nalishlar xaritasini ishlab chiqish, hamda mamlakatimizda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar barpo etishga oid takliflar kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: “Xorazmdagi koreys diasporasining tarixi: ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kontekstida” mavzusidagi dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining millatlararo munosabatlar sohasidagi, ya’ni o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2024-yil 1-iyuldagi №01-28-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning joriy etilishi ko‘p millatli O‘zbekistonda turli millat va elatlar tarixi va madaniyatini keng targ‘ib etishga asos bo‘la oladi.
Xorazm viloyatida yashovchi koreyslar diasporasining O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalar taraqqiyotida tutgan o‘rni borasidagi dissertatsiya natijalari va materiallaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan bir qator loyihalarda, mamlakat fuqarosi bo‘lgan turli millat vakillarining Respublika ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o‘rnini ko‘rsatish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, ijtimoiy tarmoqlarda hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda qilinayotgan ishlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro imidjini yuksaltirish, bir qator mamlakatlar bilan ilmiy-madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish jarayonida foydalanilgan (“Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 27-iyundagi №01-28-raqamli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tarixiy qadriyatlarni hurmat qiladigan, intellektual rivojlangan avlodni kamol toptirishda, ularning ma’naviyatini yuksaltirishda, shuningdek mamlakatimizning turizm salohiyatini rivojlantirishda va madaniy-tarixiy merosni o‘rganish, tadqiq qilish, saqlash borasidagi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni hayotga tatbiq qilish jarayonida xizmat qiladi.
Koreyslarning O‘rta Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari, Xorazm viloyatiga koreyslarning ko‘chirib keltirilishi va viloyatda koreys diasporasi shakllanishi tarixi, shuningdek, XX asrning 40 – 80-yillari oxirlarida Xorazm viloyati xo‘jaligi taraqqiyotida koreys diasporasining o‘rni, koreyslarning xo‘jalik shakli tahlili, XX asrning 40 – 80-yillari oxirlarida Xorazm viloyati ilm-fan va madaniyat sohalarining taraqqiyotida koreys diasporasining o’rni, XX asrning 40 – 80-yillaridagi transformatsion jarayonlar, XX asrning 90 - yillari va XXI asr boshlarida koreys diasporasi ijtimoiy ahvoli va mahalliy biznes tarmoqlari tizimida Xorazm koreyslarining o‘rniga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda ma'lumot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-790-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mamlakatimizda millatlararo munosabatlar, turli xil diasporalar va milliy-madaniy markazlar faoliyati va tarixini yoritishda xizmat qiladi.