Maxmudova Muxlisa Qodirjon qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklarni transformatsiyalashuvida moliyaviy innovatsiyalarni joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt.383
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:“Poytaxt Bank” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish va ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy innovatsiyalar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni fan-texnika taraqqiyotiga muvofiq ravishda yangi moliyaviy operatsiyalar, vositalar, texnologiyalar, biznes modellari, institutlar yordamida moliyaviy bozorlarni nisbatan ko‘proq samarali, xavfsiz va moslashuvchan qiluvchi va moliya bozori samaradorligiga hissa qo‘shuvchi iqtisodiy va moliyaviy tizim nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklarida biznes uchun korporativ kartalarni chiqarish (KK), mobil-ekvayring (ME), internet-ekvayring (IE) va boshqa moliyaviy innovatsiyalar (MI)dan foydalanish o‘rtasidagi maqbul nisbatni (KK:ME:MI:IE=0,45;0,21;0,19;0,15) ta’minlash orqali innovatsion xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan innovatsion mahsulotlarni umumlashtirgan holda mijozlarga taqdim etish orqali “optimal mijoz – optimal bank” konsepsiyasiga muvofiq ishlash hajmini 65-70 foizga etkazish orqali banklar daromadining barqarorlashuviga erishish asoslangan;
“O‘zmilliybank” AJda masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida innovatsion bank xizmatlaridan olinadigan daromadlarning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining transformatsiyalashuvida masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga monetar omillarning ta’sirini baholash orqali endogen risklarning bank daromadiga ta’sirining regression modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish va ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy innovatsiyalar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini fan-texnika taraqqiyotiga muvofiq ravishda yangi moliyaviy operatsiyalar, vositalar, texnologiyalar, biznes modellari, institutlar yordamida moliyaviy bozorlarni nisbatan ko‘proq samarali, xavfsiz va moslashuvchan qiluvchi va moliya bozori samaradorligiga hissa qo‘shuvchi iqtisodiy va moliyaviy tizim nuqtayi nazaridan takomillashtirish yuzasidan nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Bank ishi va audit” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda moliyaviy bozorlarni nisbatan ko‘proq samarali, xavfsiz va moslashuvchan qiluvchi va moliya bozori samaradorligiga hissa qo‘shuvchi iqtisodiy va moliyaviy tizim nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “moliyaviy innovatsiyalar” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarida biznes uchun korporativ kartalarni chiqarish (KK), mobil-ekvayring (ME), internet-ekvayring (IE) va boshqa moliyaviy innovatsiyalar (MI)dan foydalanish o‘rtasidagi maqbul nisbatni (KK:ME:MI:IE=0,45;0,21;0,19;0,15) ta’minlash orqali innovatsion xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish taklifi “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ishlab chiqilgan 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan asosiy bank strategiyasiga kiritilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2023-yil 27-oktyabrdagi 02/2-6725/02-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni jalb qilish orqali jozibador bank mahsulotlari to‘plami va uzlyuksiz raqamli mijozlar tajribasini yaratishga hamda individual, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish orqali “tayyor” bank xizmatlarining to‘liq ko‘lamini taqdim etishga, pirovardida universal bank uchun zarur bo‘lgan keng mijozlar bazasi va kuchli bozor pozisiyasini egallashga olib keladi;
tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan innovatsion mahsulotlarni umumlashtirgan holda mijozlarga taqdim etish orqali “optimal mijoz – optimal bank” konsepsiyasiga muvofiq ishlash hajmini 65-70 foizga etkazish orqali banklar daromadini barqarorlashuviga erishishga doir taklifi “O‘zmilliybank” AJ va “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2023-yil 27-oktyabrdagi 02/2-6725/02-sonli, “Turonbank” ATBning 2023-yil 30-oktyabrdagi 23/03-381-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJda Standard z-score ko‘rsatkichini 95% ehtimollik bilan 2021-yilda 1,678 dan 2022-yilda 2,145 ga oshirish hamda “Turonbank” ATBda 2021-yilda 2,145 dan 2022-yilda 2,452 ga oshirish orqali bankda risk darajasini pasaytirishga erishilgan;
“O‘zmilliybank” AJda masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida innovatsion bank xizmatlaridan olinadigan daromadlarning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan №DGU 36337-sonli “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasi” uchun guvohnomasi asosida yaratilgan “Uzcombankbox” mobil ilovasidan foydalanish taklifi “O‘zmilliybank” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2023-yil 27-oktyabrdagi 02/2-6725/02-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining bir foizga oshishi keyingi oyda bankning masofaviy bank xizmatlaridan oladigan daromadlarini 0,21 foizga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektorli avtoregressiya model orqali aniqlangan va asoslab berilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining transformatsiyalashuvida masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga monetar omillarning ta’sirini baholash orqali endogen risklarning bank daromadiga ta’sirining regression modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanishga doir taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATBning 2023-yil 30-oktyabrdagi 23/03-381-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasining bir foizga oshishi keyingi bankning masofaviy bank xizmatlaridan ko‘radigan daromadini 0,06 foizga oshirishi hamda pul massasi o‘zgarishining bankning innovatsion mahsulotlaridan oladigan daromadiga ta’siri yo‘qligi ekonometrik strukturaviy vektorli avtoregressiya modeli orqali aniqlangan.