Botirov Erkinjon Xayitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilik klasterlarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit», 08.00.04 - «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt380.(B2024.1.DSc/Iqt380).
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Erkin Irakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hamroeva Sayyora Nasimovna; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tursunov Jaxongir Pulatovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishda meva-sabzavotchilik klasterlarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
meva-sabzavotchilik klasterlarida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish xarajatlarini qoplash maqsadida, muddatli subsidiyalash ya’ni, dastlabki yilda 50 foiz, keyingi yilda hosildorlik ortishiga qarab, 50 foiz subsidiyalash amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlarini kreditlash va qarz olishda er uchastkalariga bo‘lgan huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish mexanizmini joriy etish taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz  stavkada «revolver» kredit ajratish taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik klasteri asosida tashkil etiladigan intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini  moliyalashtirishda ishtirokchi tijorat banklariga mazkur loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar uchun uch yilga qadar jalb qilingan asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash muhimligi asoslangan;
meva-sabzavotchilik klasterlarini moliyalashtirish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining bog‘liqligi asosida tarmoq xo‘jaliklarida meva-sabzavotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning istiqboldagi 2030 yilgacha strategik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishda meva-sabzavotchilik klasterlarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavotchilik klasterlarida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish xarajatlarini qoplash maqsadida, muddatli subsidiyalash ya’ni, dastlabki yilda 50 foiz, keyingi yilda hosildorlik ortishiga qarab, 50 foiz subsidiyalash amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarda mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2023 yil 4 avgustdagi №20-2-06/897-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida meva-sabzavotchilik klasterlarida tejamkor texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari yanada kengayadi hamda tarmoq sub’ektlarining xarajatlarini qoplashda muddatli subsidiyalash amaliyoti tadbiq etish natijasida, meva-sabzavotchilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi pirovardida ishlab chiqarish hajmi 8 foizga ortishiga olib keladi;
meva-sabzavotchilik klasterlarini kreditlash va qarz olishda er uchastkalariga bo‘lgan huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2023 yil 4 avgustdagi №20-2-06/897-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavotchilik klasterlarini er uchastkalariga bo‘lgan huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish orqali, tarmoq sub’ektlarini  kredit ta’minoti bazasini kengayishiga olib keladi;
meva-sabzavotchilik klasterlarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz  stavkada «revolver» kredit ajratish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi PQ-52-son “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperasiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2023 yil 4 avgustdagi №20-2-06/897-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida meva-sabzavotchilik klasterlarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun jalb etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish imkoniyatlarini beradi hamda meva-sabzavotchilik klasterlarining moliyaviy barqarorligini  ortishiga olib keladi.
meva-sabzavotchilik klasteri asosida tashkil etiladigan intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini  moliyalashtirishda ishtirokchi tijorat banklariga mazkur loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar uchun uch yilga qadar jalb qilingan asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash muhimligi asoslanganligi borasidagi taklifi 2021 yil 24 noyabrdagi PQ-20-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2023 yil 4 avgustdagi №20-2-06/897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavotchilik klasteri negizida barpo etiladigan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni kengayishiga, sonini ortishiga, hamda ularni uch yilga qadar jalb qilingan asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash orqali, esa tarmoq sub’ektlarini moliyaviy barqarorlik darajasi ortadi;
iqtisodiy-matematik metodlardan foydalanish asosida meva-sabzovotchilik klasterlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlar etishtirish  bo‘yicha trend tenglamalarini aniqlash orqali, strategik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha berilgan taklifi  (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2022 yil 30 iyundagi 1-sonli qarori bilan “Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2022 yilga mo‘ljallangan  Biznes-rejasi»ni  ishlab  chiqishda  foydalanilgan (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki”ning 2023 yil 4 avgustdagi №20-2-06/897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida Respublikada 2030 yilga qadar meva-sabzavotchilik klasterlari tasarrufidagi xo‘jalik sub’ektlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish orqali mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga olib keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish