Samadova Nargiza Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subʼektlar iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08 – “ Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1009.
Ilmiy rahbar: Sagdillaeva Zulfiya Asanalievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subʼektlar iqtisodiy salohiyati va va uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy- uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
resursli yondashuv asosida iqtisodiy salohiyatni tahlil qilish va baholashda axborotlar ochiqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida hisob siyosatiga moliyaviy hisobot ilovasida aks ettiriladigan “Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investisiyalar va joriy aktivlar to‘g‘risida qisqa umumlashgan axborot” nomli maxsus shaklni kiritish taklifi etilgan;
resurs, ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyat turlari bo‘yicha risklarni aniqlash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilgan hamda variatsiya koefisentlari darajasidan kelib chiqib iqtisodiy saloxiyatni (0,4-0,8) kritik va (0,8 dan yuqori) - halokatli risk zonasiga ajratish taklif etilgan;
korxona iqtisodiy salohiyati va undan foydalanish samaradorligini tezkor baholashda moliyaviy hisobotni o‘qishga asoslangan ekspress tahlili taklif etilgan;
korxona iqtisodiy salohiyatini “resurs-kompetensiya-imkoniyat” tamoyili asosida shakllantirilgan jami 100 ta ko‘rsatkich orqali kompleks tahlil qilish va uning natijalarini balli baholash asosida “yuqori”, “etarli”, “o‘rta”, “past” va “qoniqarsiz” guruhlarga ajratish mezonlari bo‘yicha taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Xo‘jalik yurituvchi cub'ektlar iqtisodiy salohiyati tahlili va baholashni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
resursli yondashuv asosida iqtisodiy salohiyatni tahlil qilish va baholashda axborotlar ochiqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida hisob siyosatiga moliyaviy hisobot ilovasida aks ettiriladigan “Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investisiyalar va joriy aktivlar to‘g‘risida qisqa umumlashgan axborot” nomli maxsus shaklni kiritish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 27 iyundagi 05-06/309-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiy salohiyati tahlilini amalga oshiruvchi tomonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari yanada ko‘proq qondirilgan. Shuningdek, hamkorlarga ishonchli va keng turdagi axborotlarni taqdim qilish orqali ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bitimlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarlishini ta’minlash hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga erishilgan;
resurs, ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyat turlari bo‘yicha risklarni aniqlash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilgan hamda variatsiya koefisentlari darajasidan kelib chiqib iqtisodiy saloxiyatni (0,4-0,8) kritik va (0,8 dan yuqori) - halokatli risk zonasiga ajratish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda moliyaviy-iqtisodiy holat tahlili va faoliyat samaradoligini baholash reglamentini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 27 iyundagi 05-06/309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy va xorijiy investorlar uchun milliy hamda MHXSlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar axborot imkoniyatlarining iqtisodiy salohiyatga baho berish borasida afzalliklari qiyosiy tahlillar orqali ko‘rsatib berilgan. Bu esa korxona iqtisodiy salohiyatiini turli jabhalarini alohida namoyish qilish orqali investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qilgan;
korxona iqtisodiy salohiyati va undan foydalanish samaradorligini tezkor baholashda moliyaviy hisobotni o‘qishga asoslangan ekspress tahlil usuli “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning investisiya siyosati hamda hamkorlar bilan iqtisodiy manfaatlarni boshqarishga oid qarorlar qabul qilishda foydalanilgan ((“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 27 iyundagi 05-06/309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida korxonalar moliyaviy hisobotlari moddalarining o‘zgarishlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanib, korxona iqtisodiy salohiyatini tezkor baholash, moliyaviy, investision va boshqaruv qarorlarini qabul qilish orqali iqtisodiy salohiyatni o‘stirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, shuningdek, hamkor korxonalarning iqtisodiy salohiyatini to‘g‘ri aniqlash orqali shartnomaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish imkoni yaratilgan. Natijada, jamiyatning debitorlar bo‘yicha shubhali qarzlar rezervini kamaytirishga erishilgan;
korxona iqtisodiy salohiyatini “resurs-kompetensiya-imkoniyat” tamoyili asosida shakllantirilgan jami 100 ta ko‘rsatkich orqali kompleks tahlil qilish va uning natijalarini balli baholash asosida “yuqori”, “etarli”, “o‘rta”, “past” va “qoniqarsiz” guruhlarga ajratish mezonlari bo‘yicha taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning boshqaruv, marketing, ishlab chiqarish va innnovatsion siyosatlariga oid yo‘l-xaritalarida hamda moliyaviy-iqtisodiy holat monitoringini o‘tkazish mezonlarida o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 27 iyundagi 05-06/309-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif korxonalar faoliyati, uning samaradorligi va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan boshqaruvni ilmiy asoslangan, tahliliy va ishonchli axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan. Natijada jamiyat boshqaruv organining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish