Abdullaeva Fotima Sagdullaevnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modalar dizayni aspektlarining ustuvor tamoyillari”, 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/San16.
Ilmiy rahbar: [Nazilov Dodo Avezovich], arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.   
Rasmiy opponentlar: Gaybullaeva Yulduz Anvarovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Ataxanova Feruza Zaxirovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XXI asrlar mobaynida shakllangan liboslarni badiiy loyihalashning ustuvor tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX  asrning 80 – yillaridan ayollar ko‘ylaklari bichimiga elka choki va eng o‘miziga ega bo‘lgan o‘tkazma eng, tik yoqa kabi konstruksiyalarning qo‘llanilishi XX asr birinchi yarmida o‘zbek modasida “brend” sifatida mavqe’ga ega bo‘lgan “ko‘krak burma” ko‘ylak bichimining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘ylakning bichimida qo‘llanilgan ko‘krak qismidagi taxlamalarning koketkaga almashinishi, uzunligining qisqarishi, siluetining inson qomatiga muvofiqlikni tashkil etishi vositasida “koketkali ko‘ylak” nomi bilan atalishiga omil bo‘lganligi  aniqlangan;
libos rassomi N.Xasanov boshchiligidagi soha mutaxassislari guruhi tomonidan zamonga xos yaxlit konstruktiv asoslarda tayyorlangan va sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan libos to‘plamlaridagi milliy kostyumlarda konstruktiv va dekorativ unsurlaridan foydalanish amaliyoti “etno” uslubiga xos kostyum tendensiyalarining kiyim-kechak fabrikalari, atelelar va Toshkent Modalar uyi faoliyatida ustuvor yo‘nalish sifatida rivoj topishiga xizmat qilganligi asoslangan;
mustaqillik yillarida moda sohasida folklor va milliy liboslar asosida mualliflik to‘plamlarining yaratilishi, individual “show room”lar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, shaxsiy moda namoyishlarini tashkil etish va global tarmoq orqali tashviqot faoliyati moda brendlari targ‘ibotida “individuallashtirish” tamoyilidan foydalanish ko‘rsatkichlarini ortishiga, liboslar badiiy echimida islom e’tiqodi doirasidagi madaniy-tarixiy meros, san’at va axloqiy g‘oyalardan kelib chiqqan kamtarona kiyim – “modest fashion” tendensiyasini o‘z ichiga olgan “madaniy trendlarga moslashuv” tamoyilining amaliy jarayonlari jadallashuviga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
dizaynerlar zamonaviy kostyum to‘plamlarining barqaror moda, “slow fashion” va intellektual moda talablari asosidagi individual DNKsi zamonaviy o‘zbek modasining jahon moda sanoati bilan integratsiyasini ta’minlashga asos bo‘layotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Modalar dizaynida loyihalash aspektlarining ustuvor tamoyillari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishidan olingan materiallardan:
XIX  asrning 80 – yillaridan ayollar ko‘ylaklari bichimiga elka choki va eng o‘miziga ega bo‘lgan o‘tkazma eng, tik yoqa kabi konstruksiyalarning qo‘llanilishi XX asr birinchi yarmida o‘zbek modasida “brend” sifatida mavqe’ga ega bo‘lgan “ko‘krak burma” ko‘ylak bichimining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘ylakning bichimida qo‘llanilgan ko‘krak qismidagi taxlamalarning koketkaga almashinishi, uzunligining qisqarishi, siluetining inson qomatiga muvofiqlikni tashkil etishi vositasida “koketkali ko‘ylak” nomi bilan atalishiga omil bo‘lganligiga oid xulosalardan “Milliy, etnografik va badiiy liboslarni loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi 32–son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3210906 – raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan ilmiy xulosalar ushbu libos elementlaridan zamonaviy kostyum loyihalash amaliyotida samarali qo‘llanilishining uslub va yo‘nalishlarini kompleks tarzda o‘rganishga imkon bergan;
mustaqillik yillarida moda sohasida folklor va milliy liboslar asosida mualliflik to‘plamlarining yaratilishi, individual “show room”lar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, shaxsiy moda namoyishlarini tashkil etish va global tarmoq orqali tashviqot faoliyati moda brendlari targ‘ibotida “individuallashtirish” tamoyilidan foydalanish ko‘rsatkichlarini ortishiga, liboslar badiiy echimida islom e’tiqodi doirasidagi madaniy-tarixiy meros, san’at va axloqiy g‘oyalardan kelib chiqqan kamtarona kiyim – “modest fashion” tendensiyasini o‘z ichiga olgan “madaniy trendlarga moslashuv” tamoyilining amaliy jarayonlari jadallashuviga ta’sir ko‘rsatganligiga doir xulosalardan 2015 yilning sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasida tashkil etilgan “San’atkorlar sulolasi” nomli badiiy ko‘rgazmasining libos dizayni sohasiga oid ekspozisiyalar konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023 yil 26 apreldagi KV75760720 – son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tamoyillarning mamlakatimizdagi mahalliy brendlar faoliyatidagi ustuvor aspektlarini tadqiq etishda muhim o‘rin tutgan;
libos rassomi N.Xasanov boshchiligidagi soha mutaxassislari guruhi tomonidan zamonga xos yaxlit konstruktiv asoslarda tayyorlangan va sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan libos to‘plamlaridagi milliy kostyumlarda konstruktiv va dekorativ unsurlaridan foydalanish amaliyoti “etno” uslubiga xos kostyum tendensiyalarining kiyim-kechak fabrikalari, atelelar va Toshkent Modalar uyi faoliyatida ustuvor yo‘nalish sifatida rivoj topishiga xizmat qilganligiga doir xulosalardan “Milliy, etnografik va badiiy liboslarni loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi 32–son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3210906 – raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan ilmiy xulosalar XX asr o‘zbek modasining rivojlanish tamoyillarini “etno” uslubi asosidagi rivojlanish mexanizmlarini tizimli o‘rganishga imkon bergan;
dizaynerlar zamonaviy kostyum to‘plamlarining barqaror moda, “slow fashion” va intellektual moda talablari asosidagi individual DNKsi zamonaviy o‘zbek modasining jahon moda sanoati bilan integratsiyasini ta’minlashga  asos bo‘layotganligiga doir xulosalardan 2015 yilning sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasida tashkil etilgan “San’atkorlar sulolasi” nomli badiiy ko‘rgazmasining libos dizayni sohasiga oid ekspozisiyalar konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023 yil 26 apreldagi KV75760720 – son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur xulosalar XXI asr so‘nggi o‘n yilligidagi jahon modasi rivojining yurtimiz moda sohasiga integratsiyasini tizimli o‘rganishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish