Sobitova Ra’no Solidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1645.
Ilmiy maslahatchi: Tuxliev Nurislam, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Djuraev Tashbolta Tuxtaevich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Murodxo‘jaeva Feruza Majidovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi canoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«nisbiy ustunlik konsepsiyasi»ga ko‘ra, respublika mintaqalarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni jadallashtirishga hududlarni mahalliylashtirilganlik darajasi bo‘yicha «past» (0-0,70), «o‘rta» (0,70-1,0) va «yuqori» (1,0 va undan yuqori) guruhlarga ajratish va har bir guruh uchun alohida chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahalliylashtirish jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlari ta’sirini oshirishning iqtisodiy mexanizmini ularga mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditning 50 foizigacha bo‘lgan qismiga davlat tomonidan kafillik berish orqali takomillashtirish taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
«koopersiya nazariyasi» tamoyillari asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish hajmini oshirishga mamlakatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari, texnologik infratuzilma ob’ektlari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqod muassasalari, notijorat hamda moliyaviy tashkilotlarni ularning iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolgan holda integratsiya qilish asosida sanoat kooperatsiyalarini tuzish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekistonda mahalliylashtirish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘jallangan muqobil ssenariylari va prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
respublika mintaqalarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni jadallashtirishga hududlarni mahalliylashtirilgan-lik darajasi bo‘yicha «past» (0-0,70), «o‘rta» (0,70-1,0) va «yuqori» (1,0 va undan yuqori) guruhlarga ajratish va har bir guruh uchun alohida chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi 158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 48-bandining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2024 yil 9 iyuldagi №03-126-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalar sanoat tarmoqlari salohiyatini aniqlash, har bir tumanda sanoat zonalarini tashkil etish, yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishiladi;
respublikada mahalliylashtirish jarayonlariga tadbirkorlik sub’ektlari ta’sirini oshirishning iqtisodiy mexanizmini ularga mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditning 50 foizigacha bo‘lgan qismiga davlat tomonidan kafillik berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” gi Qarori 1-bandi “b” kichik bandi ikkinchi va ettinchi xatboshilarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 02-20-1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yil mahalliylashtirish dasturida 2133 ta loyihalar shakllantirildi. 2023 yilda dastur doirasida 1870 ta loyihada 58,5 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, hisobot davri prognozi 145,0 foizga bajarilishi ta’minlandi.
«klasterlashtirish konsepsiyasi» asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish hajmini oshirishga mamlakatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari, texnologik infratuzilma ob’ektlari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqod muassasalari, notijorat hamda moliyaviy tashkilotlarni ularning iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolgan holda integratsiya qilish asosida sanoat kooperatsiyalarini tuzish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi, 55-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 02-20-1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida “Mahalliylashtirish dasturi doirasida kamida 60 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
O‘zbekistonda mahalliylashtirish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida ishlab chiqilgan respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘jallangan muqobil ssenariylari va prognoz variantlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 83-sonli “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 9-maqsadi, 3-vazifasidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligidan 2023 yil 20 noyabrda olingan 02-20-1-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan strategiyani, mahalliylashtirish dasturlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasida hududiy tuzilmalari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish