Ortikov Oybek Abdullaevichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Tijorat banklari xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt782
Ilmiy maslahatchi: Vaxabov Alisher Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Raxmatov Xasan Utkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining xizmatlar bozorini rivojlantirish va banklararo raqobatni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning ulushini 40 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali tijorat banklarining aktivlar samaradorlik (ROA) va kapitali samaradorlik (ROE) ko‘rsatkichlarini oshirish taklif etilgan.
banklararo raqobat sharoitida bank tariflarini optimallashtirish va tariflar bo‘yicha hududiy filiallarga vakolat berish hamda mijozlarni bank ekotizimiga birlashtirib qo‘shimcha xizmatlarni taklif etish orqali mijozlar bazasini kamida 15 foizga oshirish asoslangan.
bankning yuridik va jismoniy shaxslardan milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarini jalb qilib, depozitlar qoldig‘ini kamida 20 foizga oshirish orqali barqaror resurs bazasini shakllantirish taklif etilgan.
tijorat banklarining korporativ mijozlari uchun modulli kreditlash xizmatini joriy etish asosida bankning korporativ kredit portfelini 5 foizga oshirish asoslangan.
tijorat banklarining hududlarda qo‘shimcha bank xizmatlarini ko‘rsatish markazlarini ochish orqali xizmatlar ko‘rsatish hamjini kengaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining xizmatlari va bank xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning ulushini 40 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali tijorat banklarining aktivlar samaradorlik (ROA) va kapitali samaradorlik (ROE) ko‘rsatkichlarini oshirish taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 87-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank” ning 2023 yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasi” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 13 sentyabrdagi № 25-04/3600-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif AT “Aloqabank” da joriy etilishi natijasida, 2023 yil yakuni bo‘yicha bank foizsiz daromadlarining jami daromadlardagi ulushi 45 foizga etib, bank aktivlari rentabelligi (ROA) 3,8 foiz va kapital rentabelligi (ROE) ko‘rsatkichi 27,4 foizni tashkil etgan;
banklararo raqobat sharoitida bank tariflarini optimallashtirish va tariflar bo‘yicha hududiy filiallarga vakolat berish hamda mijozlarni bank ekotizimiga birlashtirib qo‘shimcha xizmatlarni taklif etish orqali mijozlar bazasini kamida 15 foizga oshirish taklifi AT “Aloqabank” Boshqaruvining 2024 yil 13 maydagi 299-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Tarif qo‘mitasi va hududiy tarif komissiyalar to‘g‘risida” gi nizomda inobatga olingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 13 sentyabrdagi № 25-04/3600-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif AT “Aloqabank” da joriy etilishi natijasida, 2024 yilning 8 oyi davomida jalb qilingan korporativ mijozlar jami 52,7 mingdan ortiqni tashkil etib, o‘tgan 2023 yil yakuniga (48,8 ming) nisbatan 3,9 mingtaga yoki 8 foiz oshishiga erishilgan;
bankning yuridik va jismoniy shaxslardan milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarini jalb qilib, depozitlar qoldig‘ini kamida 20 foizga oshirish orqali barqaror resurs bazasini shakllantirish taklifi AT “Aloqabank” Boshqaruvining 2023 yil 2 maydagi 218-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan ““SIZ UChUN” nomli muddatli omonat amaliyotlarini o‘tkazish qoidalari” va ““COMFORT PLUS” nomli muddatli omonat amaliyotlarini o‘tkazish qoidalari” da inobatga olingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 13 sentyabrdagi № 25-04/3600-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida AT “Aloqabank” tizimida yangi turdagi 12 va 24 oy muddatga naqd pulsiz, bank kartalari orqali jalb qilinadigan milliy valyutadagi “SIZ UChUN” hamda xorijiy valyutadagi “COMFORT ONLINE”, “COMFORT PLUS” mobil omonat turlari amaliyotga joriy qilingan. Taklif joriy etilishi natijasida bankning yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar qoldig‘i 9,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (7,7 trln so‘m) nisbatan 120 foizga oshishiga erishildi. Bankning uzoq muddatli barqaror resurslari 2023 yil 31 dekabr holatiga 6,5 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (4,9 trln so‘m) nisbatan 1,33 barobarga oshishiga erishildi;
tijorat banklarining korporativ mijozlari uchun modulli kreditlash xizmatini joriy etish asosida bankning korporativ kredit portfelini 5 foizga oshirish taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 11 avgustdagi 68-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank” kredit siyosati” da foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 13 sentyabrdagi № 25-04/3600-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida 2024 yil 31 avgust holatiga bankning korporativ mijozlariga jami 2 426 ta shartnoma bo‘yicha 908,8 mlrd so‘mlik modulli kreditlar ajratilib jami kredit portfelidagi (7,8 trln so‘m) ulushi 8,4 foizga etishiga erishilgan;
tijorat banklarining hududlarda qo‘shimcha bank xizmatlarini ko‘rsatish markazlarini ochish orqali xizmatlar ko‘rsatish hamjini kengaytirish taklifi taklifi AT “Aloqabank” Boshqaruvini 2023 yil 15 dekabrdagi 95-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank” faoliyatini transformatsiya qilish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasi” da foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 13 sentyabrdagi № 25-04/3600-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida 2023 yil 31 dekabr holatiga bankning jami Kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari 99 tani tashkil etgan va o‘tgan 2022 yilning yakuniga (88 ta) nisbatan qo‘shimcha 11 ta bank xizmatlarini ko‘rsatish tarmog‘i (bank xizmatlari ofislari) ishga tushirilib, bank tarmoqlari kengaytirilib aholi va tadbirkorlik subʼektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.