Andaniyazova Gavhar Ruziqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Sharof Boshbekov asarlarining lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2366.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharof Boshbekov asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sh.Boshbekov asarlarida qo‘llangan fonetik-fonografik vositalarning lingvopoetik ahamiyati nafaqat unlilarni qavatlash, balki so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, uzilishlar, so‘zlarni buzib talaffuz qilish kabi hodisalar asosida dalillangan;
Sharof Boshbekov asarlaridagi leksik birliklarning badiiy-estetik vazifalari, poetik qimmati ozg‘in, ramaqijon; chuqurlik, tubanlik; haqoratlamoq, tahqirlamoq, koyimoq kabi sinonimlar; och-to‘q, yig‘lamoq-kulmoq kabi antonimlar; firma-ferma, internet-internat kabi paronimlar, badiiy-estetik vazifa kasb etgan tishini yalang‘ochlamoq, tilini qitiqlamoq, o‘tirib qolmoq kabi iboralar asosida ochib berilib, asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashga xizmat qilishi dalillangan;
ijodkorning individual-badiiy uslubini shakllantirishda ironik  mazmunning -cha (Olimcha), -vachcha (shoirvachcha, robotvachcha), -shunos (kallashunos) qo‘shimchalari morfologik; azakayfiyat, chalafidoyi kabi leksik usulda subekt ichki maqsadini yuzaga chiqarish, iztehzoli piching mazmunini yuklash kabi lingvopoetik qimmat kasb etishi isbotlangan;
badiiy matnda qo‘llangan laqablar faqat komik effektni emas, balki qahramonlar dardini, og‘rig‘ini ochib beruvchi poetik vosita ekanligi Voybolam, Tekturmas, Bexosiyat, Paranji, Oshiq G‘arib kabi muayyan maqsad bilan qo‘llangan poetonimlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharof Boshbekov asarlarining lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sh.Boshbekov asarlarida qo‘llangan fonetik-fonografik vositalarning lingvopoetik ahamiyati nafaqat unlilarni qavatlash, balki so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, uzilishlar, so‘zlarni buzib talaffuz qilish kabi hodisalar asosida dalillanganligi hamda Sharof Boshbekov asarlaridagi leksik birliklarning badiiy-estetik vazifalari, poetik qimmati ozg‘in, ramaqijon; chuqurlik, tubanlik; haqoratlamoq, tahqirlamoq, koyimoq kabi sinonimlar; och-to‘q, yig‘lamoq-kulmoq kabi antonimlar; firma-ferma, internet-internat kabi paronimlar, badiiy-estetik vazifa kasb etgan tishini yalang‘ochlamoq, tilini qitiqlamoq, o‘tirib qolmoq kabi iboralar asosida ochib berilib, asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashga xizmat qilishi dalillanganligi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2024-yil 23-maydagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ijodkorning individual-badiiy uslubini shakllantirishda ironik  mazmunning -cha (Olimcha), -vachcha (shoirvachcha, robotvachcha), -shunos (kallashunos) qo‘shimchalari morfologik; azakayfiyat, chalafidoyi kabi leksik usulda subekt ichki maqsadini yuzaga chiqarish, iztehzoli piching mazmunini yuklash kabi lingvopoetik qimmat kasb etishi isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021–2022-yillarda bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2024-yil 23-maydagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
badiiy matnda qo‘llangan laqablar faqat komik effektni emas, balki qahramonlar dardini, og‘rig‘ini ochib beruvchi poetik vosita ekanligi Voybolam, Tekturmas, Bexosiyat, Paranji, Oshiq G‘arib kabi muayyan maqsad bilan qo‘llangan poetonimlar asosida dalillanganligiga oid taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Birgalikda o‘qiymiz” ko‘rsatuvining Sh.Boshbekovga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 4-apreldagi 01-16/84-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’naviy-ma’rifiy fikrlar, ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini mazmunan boyitgan va mukammallashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish