Gil`manova Nafisa Valiaxmetovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temuriylar va Boburiylar davri miniatyurasida me’morchilikning badiiy xususiyatlari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash. Arxitektura (san’atshunoslik).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/A11.

Ilmiy rahbar: Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.

Rasmiy opponentlar: Shirinov Temur Shirinovich, tarix fanlari doktori, professor; Sultanova Dilshoda Namozovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Temuriylar va Boburiylar davri me’morchiligining badiiy xususiyatlarini saqlanib kelayotgan arxitektura yodgorliklari, yozma manbalar, arxeologik tadqiqotlar va muzey artefaktlari asosida miniatyura manbalari orqali fil`trlash usulida kompleks o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Boburiylar davri me’morchiligi va tasviriy san’atida Markaziy Osiyo usuli shakllanishiga Temuriylar davrining me’moriy, badiiy an’analari va uslubi meros bo‘lib o‘tganligi isbotlangan;   

ikki davr yodgorliklarida saqlanib qolgan me’moriy bezaklarning badiiy xususiyatlari kompozisiyaviy usullari, koloriti, geometrik va o‘simliksimon naqshlari, ularning o‘zaro uyg‘unlik jihatlari aniqlangan;

XIV–XVI asrlarda Temuriylar va Boburiylar davri saroy-bog‘lari va  maqbaralarining “Chorbog‘” me’moriy-rejaviy tuzilishga ega ekanligi aniqlangan (Shahrisabzdagi “Oqsaroy” kompleksi, Samarqand atrofidagi bog‘-saroylar, Agradagi Tojmahal maqbarasi, Agra va Dehlidagi Qizil fort, Pokistondagi Lahor forti);

XIV–XVI asrlar miniatyura san’ati asarlarida me’moriy inshootlar va badiiy bezaklarning hajm va rang jihatidan o‘xshashliklari aniqlangan;

Temuriylar davri ayrim saroylari va bog‘larining ilk arxitekturaviy ko‘rinishlari va badiiy bezaklarining badiiy-grafik modellari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Temuriylar va Boburiylar davri miniatyurasida me’morchilikning badiiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

arxitekturada oltin kesim va kompozisiya nazariyasi masalalari, kompozisiya qonunlari, muvozanat, koloristika kabi tushunchalarga yangicha qarashlar “Tasviriy san’atda kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2014 yil 23 avgustdagi 335-037-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma o‘quv jarayonida qo‘llanilishi arxitektura va tasviriy san’atda kompozisiya tamoyillari va qonunlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallagan arxitektor va rassomlarni tayyorlash imkonini bergan;

XIV–XVI asrlarda Temuriylar va Boburiylar davri saroy-bog‘lari va  maqbaralarining “Chorbog‘” me’moriy-rejaviy tuzilishi bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo`ylab” telekanali  “Taraqqiyot garovi” turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 19 iyundagi 08-14-316-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarning master-klass orqali dasturda yoritilishi yosh mutaxassislarni tasviriy san’atga va arxitekturaga yo‘naltirish, ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish uchun xizmat qilgan;

XIV-XVI asrlarga mansub Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bog‘i Dilkusho va Bog‘i Davlatobod kabi bog‘ saroylarining grafik rekonstruksiya taklif materiallari berilgan Temuriylar davri miniatyurasida arxitektura nomli ekzpozisiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiningg 2018 yil 5 oktyabradagi 3/1255-2639-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilar va sayohatchilarni XIV–XVII asrlarda Temuriylar davri saroyi va bog‘larining me’moriy-kompozision tuzilishi bilan tanishtirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish