Allambergenova Inabat Xasanbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq rivoyatlari (janriy o‘ziga xosligi, tasnifi)», 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil378.

Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.

Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori; Rasulova Zebiniso Jaloliddinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq xalq rivoyatlarining janr xususiyatlari, milliy o‘ziga xosligi va epik turga mansub fol`klor asarlari tizimida tutgan o‘rnini aniqlash, ularning tarixiy asoslari va badiiy evolyusiyasi qonuniyatlarini ochish, mavzu tiplariga ajratib tasniflash, rivojlanish tamoyillari va tipologiyasini tadqiq qilishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hozirgi zamon jahon fol`klorshunosligining xalq nasrini o‘rganishga doir ilmiy konsepsiyalari asosida qoraqalpoq rivoyatlarining tarixiy, etnonimik, toponimik, diniy va kuylar to‘g‘risidagi rivoyatlarni o‘z ichiga olgan yangi tasnifi amalga oshirilgan;

rivoyatlarning hayotiy voqelikni epik bayon qiluvchi janr sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, tarixiy voqealar, shaxslar va joy nomlari to‘g‘risidagi muayyan ma’lumotlarni tinglovchiga etkazishdan iborat badiiy-estetik va axborot berish funksiyalari oydinlashtirilgan;

qoraqalpoq xalq rivoyatlari syujetining genezisi va poetik evolyusiyasi «hayotiy haqiqat→og‘zaki hikoya→memorat→fabulat» bosqichlaridan iboratligi dalillangan;

qoraqalpoq rivoyatlarining eng qadimiy namunalari miloddan avvalgi VI–V asrlarda ro‘y bergan voqea-hodisalarni aks ettirganligi, bu janrga oid fol`klor asarlari syujetining asosiy qismi esa ilk va o‘rta asrlar, Oltin O‘rda, no‘g‘oylar, qalmoqlar va Xiva xonligi hukmronligi davrida shakllanganligi isbotlangan;

an’anaviy syujet tizimi va yetakchi motivlarning qiyosiy-tipologik tahlili vositasida qoraqalpoq rivoyatlarining Orolbo‘yi epik areali kechgan tarixiy-fol`kloriy jarayon natijasida shakllanganligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpoq fol`klorshunosligidagi rivoyatlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qoraqalpoq xalq rivoyatlarining yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2018 yil may oyidagi «Tarixiy shaxslar» va «Xalq xazinasidan» eshittirishlarida keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil maydagi 01-02/205-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlagan;

qoraqalpoq rivoyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy asoslari va tasnifiga doir ilmiy-nazariy xulosalar O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 sentyabrdagi 3/1255-2453-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq nasri asarlarining janriy tabiati, genezisi va tematik tasnifi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga erishilgan;

qoraqalpoq fol`klorida rivoyat janrining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish va tematik tasnifini yaratish jarayonida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq milliy muzeyida qoraqalpoq xalq ijodiyoti, xususan, etnonimik rivoyatlar bo‘yicha ko‘rgazma va ekskurs darslarini o‘tishda tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 maydagi 2-01/969-son ma’lumotnomasi). Natijada Berdaqning “Shajara” asaridagi rivoyatlarni keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish