Ismoilova Karomatxon Maxmudjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning o‘sish-rivojlanishiga steroid tabiatli birikmalarning ta’siri», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B61.

Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat unversiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nabiev Saidg‘ani Muxtarovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:steroid tabiatli birikmalarni bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri hamda ularning stimulyatorlik xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Uchqun preparati va glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzini bug‘doyning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etish xususiyati aniqlangan;

preparatlar bilan bug‘doy donlari ekishdan oldin ishlov berilganda hamda vegetativ bosqichlarida sepilganda o‘simlik barglarining yiriklashishi, xlorofill miqdorining ko‘payishi aniqlangan;

glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi (GKMAT) va texnik glisirrizin kislota (TGK) bug‘doyning rivojlanishini avjlantiruvchi va hosildorligini oshiruvchi preparatlar sifatida qayd etilgan hamda ular asosida samarali ta’sir etuvchi TGK:GKMAT kompozisiyasi yaratilgan;

TGK:GKMAT kompozisiyasini bug‘doy nihollarining vegetativ rivojlanish bosqichida qo‘llash asosida xlorofill miqdori va hosildorlikning oshishiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bug‘doyning o‘sish-rivojlanishiga steroid tabiatli birikmalar ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

donda oqsil va kleykovina miqdorini oshiruvchi xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalardan F-5-06 raqamli «Ba’zi bir bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini o‘rganish» mavzusida bajarilgan ilmiy loyihada (2015-2017) o‘sish jarayonida bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 89-03-890-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy bioregulyatorlarning o‘simliklar organizmiga ta’sir mexanizmini aniqlash imkonini bergan;

steroid tabiatli birikmalarni har xil darajadagi sho‘rlanish sharoitida fitogormonlarning miqdorini oshirishi bo‘yicha olingan natijalardan ITD-9-26 raqamli «Sho‘rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o‘sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va patogenlariga samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish» mavzusida bajarilgan amaliy loyihada (2012-2014) in vitro sharoitda vegetativ to‘qimalarini hosil bo‘lishida tabiiy stimulyatorning ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 89-03-890-son ma’lumotnomasi). Natijada glisirrizin kislotasi tuzlarini stimulyatorlik xususiyatlarini tahlil qilish va fiziologik faol moddalarni o‘simlik organizmiga ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;

steroid tabiatli birikmalar ta’sirida bug‘doy nihollarini tuproqdan mikroelementlarni olish imkoniyatini oshirish bo‘yicha olingan natijalardan EF5-OT-0-142 raqamli «Kuzgi bug‘doyning sho‘rga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish va sho‘rlangan tuproq sharoitida immun sistemasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusida bajarilgan fundamental loyihada (2014-2015) bug‘doyning sho‘rlangan tuproq sharoitida immun tizimini yuzaga kelishining molekulyar mexanizmlarini ochib berishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 89-03-890-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyning immun tizimi faolligini oshirishda fiziologik faol moddalarning ta’sir mexanizmini aniqlash imkonini bergan;

texnik glisirrizin kislota va glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi asosida tayyorlangan preparat  Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida, Guliston davlat universitetiga qarashli tajriba xo‘jaligida hamda Boyovut tumanidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 02/021-238-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlikni gektariga 4,8 sentner, bug‘doy doni kleykovinasini esa 3,8%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish