Abrorov Sirojiddin Zuxriddin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda islom kapital bozori ekotizimini shakllantirishning metodologik asoslari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt406
Ilmiy maslahatchi: Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurislom To‘xliev, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya o‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda islom kapital bozori ekotizimini shakllantirishning metodologik asoslari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “islom kapital bozori ekotizimini shakllantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mazkur jarayonning institusional asosi sifatida makrodarajada – markazlashgan hamda mikrodarajada – islom moliyasi institutlari shariat kengashlarining zaruriy ahamiyatini bozor ishtirokchilarining xulq-atvori jihatidan ilmiy asoslash orqali takomillashtirilgan;
moliyaviy instrumentlarning islom moliyasi tamoyillari jihatidan nomuvofiqlik tavsifi tufayli foydalanilmayotgan moliyaviy resurslarni islom kapital bozorini shakllantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarga maqsadli o‘naltirish taklifi asoslangan;
global moliyaviy beqarorlik sharoitida investorlarning anʼanaviy fond indekslaridagi yuqori darajali risklarini kamaytirish maqsadida ribo, maysir va g‘arar kabi unsurlardan holiligi sabab moliyaviy inqirozlarga bardoshliroq bo‘lgan islom fond indekslaridan foydalanish taklif etilgan;
O‘zbekistonga islom moliyasi tamoyillari asosidagi investisiyalarni jalb qilishda ijara va kechiktirilgan to‘lovlarning avvaldan belgilanishi hamda emitent uchun kreditorlik qarzdorlikni ifodalashiga ko‘ra daromadini yuqori darajada aniqlik bilan prognoz qilish imkoniyatini beruvchi ijara va murobaha sukuklaridan foydalanish asoslangan;
O‘zbekistonda islom kapital bozori ekotizimini shakllantirishning metodologik asoslari uning dastlabki bosqichida sukuk instrumentini muvaffaqiyatli joriy etish va rivojlantirish maqsadida Islom taraqqiyot banki texnik ko‘magini jalb qilish jarayonini “ITB – BMT – Milliy tartibga soluvchi” doirasidagi hamkorlik shaklida tashkil etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda islom kapital bozori ekotizimini shakllantirish mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “islom kapital bozori ekotizimini shakllantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mazkur jarayonning institusional asosi sifatida makrodarajada – markazlashgan hamda mikrodarajada – islom moliyasi institutlari shariat kengashlarining zaruriy ahamiyatini bozor ishtirokchilarining xulq-atvori jihatidan ilmiy asoslash orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari 70411101 – “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” ta’lim mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Mulkni boshqarish va rejalashtirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalari talabalarida “shariat kengashlari” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni va moliya bozoridagi ahamiyati bo‘yicha yanada kengroq nazariy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish uchun uslubiy asos bo‘lgan;
moliyaviy instrumentlarning islom moliyasi tamoyillari jihatidan nomuvofiqlik tavsifi tufayli foydalanilmayotgan moliyaviy resurslarni islom kapital bozorini shakllantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarga maqsadli o‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 06/33-4-20806-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish kapital bozorini rivojlantirishning ikkinchi asosiy o‘nalishi etib belgilangan;
global moliyaviy beqarorlik sharoitida investorlarning anʼanaviy fond indekslaridagi yuqori darajali risklarini kamaytirish maqsadida ribo, maysir va g‘arar kabi unsurlardan holiligi sabab moliyaviy inqirozlarga bardoshliroq bo‘lgan islom fond indekslaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 06/33-4-20806-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital bozorida investorlar sonini ko‘paytirish va mavjud qimmatli qog‘ozlar turini diversifikatsiya qilish hamda raqobatning yangi omillarini shakllantirishning asosi yaratilgan;
O‘zbekistonga islom moliyasi tamoyillari asosidagi investisiyalarni jalb qilishda ijara va kechiktirilgan to‘lovlarning avvaldan belgilanishi hamda emitent uchun kreditorlik qarzdorlikni ifodalashiga ko‘ra daromadini yuqori darajada aniqlik bilan prognoz qilish imkoniyatini beruvchi ijara va murobaha sukuklaridan foydalanishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 06/33-4-20806-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital bozorini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarni rivojlantirish, qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratilgan;
O‘zbekistonda islom kapital bozori ekotizimini shakllantirishning metodologik asoslari uning dastlabki bosqichida sukuk instrumentini muvaffaqiyatli joriy etish va rivojlantirish maqsadida Islom taraqqiyot banki texnik ko‘magini jalb qilish jarayonini “ITB – BMT – Milliy tartibga soluvchi” doirasidagi hamkorlik shaklida tashkil etish orqali takomillashtirishga oid taklifi Islom Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakilligi faoliyatiga tadbiq etilgan (Islom Taraqqiyot Banki O‘zbekistondagi vakilining 2023-yil 22-noyabrdagi FR-UZ/11-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Islom Taraqqiyot Banki o‘rtasida shartnoma imzolanishiga xizmat qilgan va jami 220 ming AQSh dollari qiymatida texnik ko‘mak jalb qilingan.