Sattarov Odiljon Berdimuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt157.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar:Gulyamov Saidahror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Ashur Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«bank tizimi barqarorligi» tushunchasiga mazkur tizimni tashkil etuvchi sub’ektlar faoliyatiga kengaytirilgan holda yondashuv hamda barqarorlikning dinamik mazmuniga ustunlik berilgan mualliflik ta’rifi taklif etilgan;
tijorat banklari barqarorligini baholashda RAROC (Risk-Adjusted Return on Capital) risklarni hisobga olgan holda kapital rentabellik ko‘rsatkichidan foydalanish asoslangan;
bank kapitali etarliligi, joriy likvidliligi, spred, aktiv va kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari orqali O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligi indeksi ishlab chiqilgan;
tizimli risklarni tartibga solish va moliyaviy disbalanslarni boshqarish maqsadida O‘zbekistonda makroprudensial siyosat va uning dastaklarini joriy etish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligi indeksining 2018–2021 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilash, muammoli aktivlarni, kredit va likvidlilik riskini samarali boshqarish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 13 iyundagi 14/5-sonli «Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 30-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 17 fevraldagi 17-22/183-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2015 yilda 2014 yilga nisbatan ROA ko‘rsatkichi 0,14 foizga, banklarning sof foydasi miqdori deyarli 250 mln. so‘mga, ROE ko‘rsatkichi 0,3 foizga, bank tizimi yalpi kapitalining yalpi aktivlariga nisbati belgilangan me’yor darajasidan 1,9 foizli punktga oshishiga imkon bergan;
substandart, shubhali va umidsiz aktivlarni samarali boshqarish, depozitlar tarkibini optimallashtirish natijasida kreditlash hajmini oshirish bo‘yicha takliflar «Agrobank» ATB Kengashining 2011 yil 13 oktyabrdagi 18/1-sonli yig‘ilish qarorining 2-bandi asosida tasdiqlangan «Bank tavakkalchiligini boshqarish siyosati» 2.2-bo‘limi «Tavakkalchilikni boshqarishning asosiy tarkibiy qismlari» asosida amaliyotga joriy qilingan («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil 13 yanvardagi 07-22/30-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2015 yilda 2014 yilga nisbatan bank umumiy risk miqdori 68 foizga kamaygani holda sof foizli foydasi 10,4 foizga oshgan va foizli xarajatlari miqdori 608,2 mln. so‘mga kamayishiga xizmat qilgan;
tizimli risklarni tartibga solishda makroprudensial siyosat va uning dastaklarini joriy etish, bank tizimi beqarorlik holati ko‘rsatkichlari, bank tizimi barqarorligini ta’minlashda YaIMga nisbatan hisoblash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda foydalanilgan (O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining 2017 yil 31 martdagi 06/227-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi mamlakatda makroprudensial siyosat va uning dastaklaridan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tizimli risklarning oldini olish, bank tizimi beqarorlik holatiga olib keluvchi ko‘rsatkichlarni doimiy monitoringini olib borish, YaIMga nisbatan bank asosiy indikatorlari dinamikasi amaliy tahlil qilish va zarur choralar ko‘rish imkonini bergan;
kapital rentabelligini hisoblashda risklarni inobatga olish metodologiyasini joriy etish, reyting berishda xorijiy valyutalardagi omonatlar hajmini hisobga olish bo‘yicha takliflar «Ahbor-reyting» reyting agentligida tijorat banklari reytingini aniqlash amaliyotida foydalanilgan («Ahbor-reyting» reyting agentligining 2017 yil 27 apreldagi 66-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi tijorat banklariga reyting berish amaliyotida RAROC (Risk-Adjusted Return on Capital)dan foydalanish, reyting berishda xorijiy valyutalardagi omonatlar hajmini hisobga olish imkonini bergan;
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi bank likvidliligi, bank ishonchligi, bank to‘lov qobiliyatiga oid ilmiy natijalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida «Bank ishi» fanidan darslikka kiritilgan (06.04.2016 y., №137-029). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish bank tizimi barqarorligini ta’minlashda tijorat banklari likvidliligi, bank ishonchligi, to‘lov qobiliyati, bank barqarorligi, bank tizimi barqarorligi mazmunlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.