Danirov Abbos Axrarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 pandemiyasi davrida ayollarda ambulator sharoitda tibbiy abortni utkazishni takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1608.
Ilmiy raxbar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 pandemiyasi davrida rejalashtirilmagan homiladorlikni ambulatoriya sharoitida tibbiy abort qilish sifati va qulayligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda ambulator sharoitda 69 kungacha amenoreya bo‘lgan ayollarda homiladorlikni medikamentoz to‘xtatishda kam sezuvchan HGCh testi va anketa so‘rovnomasini samaradorligi isbotlangan;
uy sharoitida medikamentoz abort samaradorligi va qulayligini yanada oshirish maqsadida xamda medikamentoz abortni to‘liqligini va asoratsiz o‘tishini ta’minlash uchun telemedesinadan foydalanish zarurligi asoslangan;
ambulator sharoitda 69 kungacha amenoreya bo‘lgan ayollarda homiladorlikni medikamentoz to‘xtatish usuli shifokor kuzatuvisiz kadamma-kadam qullaniladigan tadbirlar asosida takomillashtirilgan;
uy sharoitida medikamentoz abortni sezuvchanligi past bo‘lgan homiladorlik testi nazoratida va IT texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilganda 33,1% sarf xarajatlar kamayganligi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 pandemiyasi davrida ayollarda ambulator sharoitda tibbiy abortni utkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda ambulator sharoitda 69 kungacha amenoreya bo‘lgan ayollarda homiladorlikni medikamentoz to‘xtatishda kam sezuvchan HGCh testi va anketa so‘rovnomasini samaradorligi isbotlangan va bular bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiet Akademiyasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/118-t son bilan tasdiqlangan “Ambulator sharoitda homiladorlikni medikamentoz tuxtatishni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri, Olmazor tumani TTB bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 103-son buyrug‘i bilan, Toshkent shahri, Olmazor tumani 63-son Oilaviy poliklinika bo‘yicha 24.10.2023 yildagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy tehnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uy sharoitida 69 kungacha amenoreya bo‘lgan homiladorlikni vrachga bormagan holda mustaqil medikamentoz (anketa so‘rovnoma va kam sezuvchan HGCh test yordamida tugatish mumkinligi va behatarligi aniklangan va buning natijasida yuzaga keladigan asoratlarini oldini olishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: rejalashtirilmagan xomiladorlikni to‘xtatish uchun standart (ambulatoriya sharoitida utkazish) usuldan foydalanilganda xarajatlar sarfi 492000 ming so‘mni tashkil etgan bulsa, biz taklif qilayotgan (uy sharoitida) usulning xarajatlari 163000 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ayollarda shifokorlarga murojatlar soni 3 barobarga kamayganligi aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uy sharoitida medikamentoz abort samaradorligi va qulayligini yanada oshirish maqsadida xamda medikamentoz abortni to‘liqligini va asoratsiz o‘tishini ta’minlash uchun telemedesinadan foydalanish zarurligi asoslangan va bular bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiet akademiyasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/118-t son bilan tasdiqlangan “Ambulator sharoitda homiladorlikni medikamentoz tuxtatishni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri, Olmazor tumani TTB bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 103-son buyrug‘i bilan, Toshkent shahri, Olmazor tumani 63-son Oilaviy poliklinika bo‘yicha 24.10.2023 yildagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uy sharoitida medikamentoz abortni yanada samaradorligi va qulayligini oshirish maqsadida medikamentoz abortni to‘liqligini va asoratsiz o‘tishini takomillashtirish uchun telemedesinadan foydalanildi. Homilador ayol va vrach orasida telemedesina yordamida uzluksiz aloqani yaratilishi, biz taklif qilgan usulni to‘liq amalga oshishini ta`minladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostik va profilaktika chora-tadbirlari algoritmini qo‘llash orqali ayollarnining vakti tejalganligi aniklandi, ya’ni standart usuli kullanilganda 190 daqiqa sarflanagan bulsa, biz taklif qilayotgan usulda 95 daqiqa tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ambulator sharoitda 69 kungacha amenoreya bo‘lgan ayollarda homiladorlikni medikamentoz to‘xtatish usuli shifokor kuzatuvisiz kadamma-kadam qullaniladigan tadbirlar asosida takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/117-t son bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida ayollarda ambulator sharoitda homiladorlikni medikamentoz tuxtatishning sifatini yaxshilash va qulayligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri, Olmazor tumani TTB bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 103-son buyrug‘i bilan, Toshkent shahri, Olmazor tumani 63-son Oilaviy poliklinika bo‘yicha 24.10.2023 yildagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pandemiya davrida uy sharoitida medikamentoz abortni o‘tqazish bo‘yicha algoritm ishlab chiqarildi. Algoritm yordamida vrachlar medikamentoz abort o‘tqazish davrida bexato va samarali ishlash rejasi qo‘l ostilarida namoyon bo‘ladi va bu algoritm ish samaradorligini yanada takomillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: rejalashtirilmagan homiladorlikni to‘xtatish uchun standart (ambulatoriya sharoitida utkazish) usuldan foydalanilganda xarajatlar sarfi 492000 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, biz taklif qilayotgan (uy sharoitida) usulning xarajatlari 163000 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ayollarda shifokorlarga murojatlar soni 3 barobarga kamayganligi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uy sharoitida medikamentoz abortni sezuvchanligi past bo‘lgan homiladorlik testi nazoratida va IT texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilganda 33,1% sarf xarajatlar kamayganligi aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Toshkent Tibbiet Akademiyasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/117-t son bilan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida ayollarda ambulator sharoitda homiladorlikni medikamentoz to‘xtatishning sifatini yaxshilash va qulayligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri, Olmazor tumani TTB bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 103-son buyrug‘i bilan, Toshkent shahri, Olmazor tumani 63-son Oilaviy poliklinika bo‘yicha 24.10.2023 yildagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: standart medikamentoz abort jarayonida vrachga 4 marotaba kelish sharti, biz tatbiq qilgan amaliyotda esa 1 marotaba kelish imkoniyatiga erishdik . Bu natija kam sezuvchan HGCh test ishlatishni tatbiq etish, anketa so‘rovnoma yaratish va albatta telemedesina yordamida aloqani uzluksizligini ta`minlash bilan amalga oshirildi. Natijada pandemiya davrida virus yuqish holatlari kamaytirildi va ayollarda medikamentoz abortni o‘z vaqtida bajarishga erishildi. Ortiqcha vrach nazoratiga kelishlar uy sharoitida mustaqil bajarishga almashtirildi. Iqtisodiy samaradorligi: rejalashtirilmagan xomiladorlikni to‘xtatish uchun standart (ambulatoriya sharoitida utkazish) usuldan foydalanilganda xarajatlar sarfi 492000 ming so‘mni tashkil etgan bulsa, biz taklif qilayotgan (uy sharoitida) usulning xarajatlari 163000 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ayollarda shifokorlarga murojatlar soni 3 barobarga kamaygaligi aniklandi.