Turdiev Bexruz Sobirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi O‘zbekiston jamiyati ijtimoiy taraqqiyoti ideosferasidagi o‘zgarishlar dinamikasi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal131
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston jamiyati g‘oyaviy-mafkuraviy tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasining qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat ideosferadagi o‘zgarishlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-gumanitar rivojlantirish strategiyasiga uyg‘un ravishda mafkuraviy plyuralizm va multikulturalizm prinsiplariga asoslanishi, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlarning muhim omiliga aylanishi, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilashi hamda milliy tafakkur tarzini yuksaltirish, hamjihatlik va vatanparvarlikni shakllantirishning konseptual bazisi ekanligi aniqlashtirilgan;
jadidchilik harakatining millatni uyg‘otish, ma’rifat, dunyoviy ilm-fan, zamonaviy kasb-hunarni egallash orqali umumbashariy rivojlanish yo‘liga chiqish, regeneratsiyalash, erkinlik, ijtimoiy adolatga oid konseptual g‘oyalari asosida o‘zbek jamiyati ideosferasini yangilash va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining ma’rifatparvar davlat, insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik, milliy o‘zlikka sadoqat va millatlararo totuvlik, tarixiy tafakkur, zamonaviy dunyoqarash va g‘oyaviy tarbiya kabi tamoyillarini takomillashtirish zarurati isbotlangan;
reideologizatsion jarayonlarning rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or xorijiy tajribalari asosida ideosferaning o‘ziga xos qonuniyatlari (jamiyat a’zolari ongini muayyan g‘oyaga yo‘naltirish, maqbul tarzda yashashga, to‘g‘ri mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakllantirishga, o‘z-o‘zini asrashga erishish) milliy mafkurani shakllantirishning negizlarini tashkil etishi, uning dinamikasini belgilashi, aholining islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini va bu yo‘ldagi safarbarlik ruhini kuchaytirishi dialektik inkor vositasida ochib berilgan;
jamiyat ideosferasini modernizatsiyalashga oid ilg‘or tajribalar va amaliyot asosi bo‘lgan ijtimoiy injiniring omilining hayotga tatbiq etilishi keng ommaga ta’sir ko‘rsatuvchi va yo‘naltiruvchi vositalarning (OAV, internet saytlar, bloglar, xeshteglar) mafkuraviy jarayonlarda samarador ijtimoiy kutilmaga erishishda, ijtimoiy me’yor va konstruktiv xulq-atvorni targ‘ib qilishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi hamda mavjud meta axborotlarning nazariy-metodologik asosi sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekiston jamiyati ideosferasida pragmatik tafakkurni shakllantirish hamda mafkuraviy konfrontatsiyaning oldini olishga xizmat qiladigan ijtimoiy davlat va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining inson kapitalini samarali boshqaruv, Vatan va xalq manfaati yo‘lida birlashtirish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida mafkuraviy qutblashuvning oldini olish, uzlyuksiz ta’lim tizimini gumanitarlashtirish, zamonaviy va latent shaklidagi harakat dasturi (milliy mafkura)ni yaratish kabi funksiyalari va ularning potensial imkoniyatlarini oshirish omillari aniqlangan.
IV. Yangi O‘zbekiston jamiyati ideosferasidagi o‘zgarishlar dinamikasini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat ideosferasidagi o‘zgarishlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-gumanitar rivojlantirish strategiyasiga uyg‘un ravishda mafkuraviy plyuralizm va multikulturalizm prinsiplariga asoslanishi, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlarning muhim omiliga aylanishi, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilashi hamda milliy tafakkur tarzini yuksaltirish, hamjihatlik, vatanparvarlikni shakllantirishning konseptual bazisi ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil ish rejasidagi 2.3-bandida belgilangan yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida turkum targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 11 sentyabrdagi 2-13-21-4772-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni ongi va qalbini yot, zararli g‘oyalardan asrash, ularning milliy-ma’naviy immunitetini mustahkamlash, bu borada milliy g‘oyamiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yangicha dunyoqarash va ma’naviy makonni yaratishga xizmat qilgan;
jadidchilik harakatining millatni uyg‘otish, ma’rifat, dunyoviy ilm-fan, zamonaviy kasb-hunarni egallash orqali umumbashariy rivojlanish yo‘liga chiqish, regeneratsiyalash, erkinlik, ijtimoiy adolatga oid konseptual g‘oyalari asosida o‘zbek jamiyati ideosferasini yangilash va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining ma’rifatparvar davlat, insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik, milliy o‘zlikka sadoqat va millatlararo totuvlik, tarixiy tafakkur, zamonaviy dunyoqarash va g‘oyaviy tarbiya kabi tamoyillarini takomillashtirish zarurati isbotlanganligiga oid ilmiy umumlashma va takliflardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 18 martdagi 83-son “Jadidlar izidan” hamda “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovlarini teleko‘rsatuv shaklida tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan “Jadidlar izidan” klubi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-38-2536-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, u orqali kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
reideologizatsion jarayonlarning rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or xorijiy tajribalari asosida ideosferaning o‘ziga xos qonuniyatlari (jamiyat a’zolari ongini muayyan g‘oyaga yo‘naltirish, maqbul tarzda yashashga, to‘g‘ri mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakllantirishga, o‘z-o‘zni asrashga erishish) milliy mafkurani shakllantirish negizlarini tashkil etishi, uning dinamikasini belgilashi, aholining islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini va bu yo‘ldagi safarbarlik ruhini kuchaytirishiga oid ilmiy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi 10/83-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekiston jamiyati ijtimoiy taraqqiyoti ideosferasidagi o‘zgarishlarni dunyo mamlakatlari ideosferasi o‘zgarishlari kontekstida uning umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.
jamiyat ideosferasini modernizatsiyalashga oid ilg‘or tajribalar va amaliyot asosi bo‘lgan ijtimoiy injiniring omilining hayotga tatbiq etilishi keng ommaga ta’sir ko‘rsatuvchi va yo‘naltiruvchi vositalarning (OAV, internet saytlar, bloglar, xeshteglar) mafkuraviy jarayonlarda samarador ijtimoiy kutilmaga erishishda, ijtimoiy me’yor va konstruktiv xulq-atvorni targ‘ib qilishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi hamda mavjud meta axborotlarning nazariy-metodologik asosi sifatida xizmat qilishi asoslab berilganligiga oid ilmiy umumlashma va tahlillardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Nedelya”, “Diyor yangiliklari”, “Assalom, Buxoro!”, “Dastur doirasida”, “Zamondosh”, “Yoshlar vaqti”, “Xalq fikri”, “Dolzarb mavzu”, “Yosh bilimdon”, “Kun mavzusi”, “Asrlarning asraganlari”, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024 yil 12 sentyabrdagi 01-09-133 son ma’lumotnomasi). Natijada televidenie ko‘rsatuv va eshittirishlardagi milliy kontentlar sifatini yaxshilash, ta’lim, ilmiyma’rifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot, media resurslarini yaratish va ommalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishda, ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, X, Tik-Tok)gi salbiy tendensiyalarga barham berishga qaratilgan milliy targ‘ibottashviqot materiallarini tayyorlab, ularni ommalashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston jamiyati ideosferasida pragmatik tafakkurni shakllantirish hamda mafkuraviy konfrontatsiyani oldini olishga xizmat qiladigan ijtimoiy davlat va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining inson kapitalini samarali boshqaruv, Vatan va xalq manfaati yo‘lida birlashtirish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida mafkuraviy qutblashuvning oldini olish, uzlyuksiz ta’lim tizimini gumanitarlashtirish, zamonaviy va latent shaklidagi harakat dasturi (milliy mafkura)ni yaratish kabi funksiyalari va ularning potensial imkoniyatlarini oshirishiga oid xulosalar va tavsiyaviy xarakterdagi natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024 yil 20 sentyabrdagi 04/11-7492 son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda radikallashuv kuchayishining oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan buzishga qaratilgan turli destruktiv harakatlarga qarshi kurash borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar sifati va mazmuni ilmiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.