Sadullaeva Matlyuba Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlar mohiyatining tarixiy-falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal456
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Bozorqul Xudoyberdievich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat umiversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamlarning falsafiy-tarixiy mohiyatini ochib berish asosida ularning zamonaviy jamiyatning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamning ramziy fikrlashga oid tabiati, tafakkur va raqam-ramz munosabati va raqam to‘g‘risidagi diniy-mifologik, kosmogonik qarashlar asosida uning informatsion (axborot savodxonligi, raqamli muhitda yo‘l topish uchun zarur ko‘nikmalarni hosil qilish) va estetik (ramziy-ritmik idrok etish) vazifalari gnoseologik va kulturologik asoslab berilgan;
raqam gnoseologik ifoda etish usuli sifatida fikrni qisqartirish orqali umumlashtirilish, farqlash va ongda o‘zlashtirish, kognitiv faoliyat vositasi ekanligi hamda ramziy (intuitiv, bilish va prognoz qilish) va kategorial (voqelikni anglash, miqdoriy va sifatiy, raqamli maydonni shakllantirish) kabi xususiyatlari isbotlangan;
raqamning elementar hisoblash operatsiyalarida ifoda etish (aniqlash) vositasi sifatida harakat qilish imkonining konvensional tabiatga ega bo‘lganligi, ideal voqelikning (“uchinchi dunyo”, “ideal soha”) o‘ziga xos shakli - mavhum munosabatlar dunyosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan raqamlar dunyosining asosini tashkil etishi aniqlashtirilgan;
raqamlarning genezisi natural sonlar, ritm, an’anaviy g‘oyaviy-badiiy, ramziy-majoziy, tarbiyaviy mohiyatga egaligi hamda raqam evolyusiyasida simvolik xususiyatlari ramziy konstruksiya vazifasini bajarganligi ongni ramzlar prizmasidan dunyoni idrok etish, kalendar tizimlari, aqliy xaritalar va madaniy modellarning shakllanishiga ta’siri falsafiy ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlar mohiyatining tarixiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish borasida olingan natijalar asosida:
raqamning ramziy fikrlashga oid tabiati, tafakkur va raqam-ramz munosabati va raqam to‘g‘risidagi diniy-mifologik, kosmogonik qarashlar asosida uning informatsion (axborot savodxonligi, raqamli muhitda yo‘l topish uchun zarur ko‘nikmalarni hosil qilish) va estetik (ramziy-ritmik idrok etish) vazifalariga oid nazariy umumlashmalar va xulosalardan Buxoro davlat tibbiyot institutida bajarilgan “Erasmus+” dasturining “Harmonisation and mutual Recognition of Master programmes in occupational and Environmental health (HARMONE)” (2023 yil) amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ilmiy va nazariy manba sifatida foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024-yil 1-fevraldagi 05/1739-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasini ochib berishga va raqamlarning tibbiyot sohasidagi o‘rni va roli, bu sohani rivojida raqamlashtirish muhim ahamiyatga molikligi hamda tibbiyotda raqamlar nafaqat miqdoriy o‘lchovlar, balki sog‘liq, kasallik va inson holati haqidagi tushunchalarning falsafiy aksi sifatida xizmat qilgan;
raqam gnoseologik ifoda etish usuli sifatida fikrni qisqartirish orqali umumlashtirilish, farqlash va ongda o‘zlashtirish, kognitiv faoliyat vositasi ekanligi hamda ramziy (intuitiv, bilish va prognoz qilish) va kategorial (voqelikni anglash, miqdoriy va sifatiy, raqamli maydonni shakllantirish) kabi xususiyatlariga doir ilmiy nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2022-2023-yillardagi faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishida belgilangan “Yangi zamonaviy ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” 50-bandi “Mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 25-oktyabrdagi 10/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasini takomillashtirish, yoshlarga yuksak axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lgan har bir shaxsga xos bo‘lgan burch, to‘g‘rilik, o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat hissini singdirish, tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini oshirishga, yurtimizda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarini takomillashtirish va zamon talabiga moslashtirishga xizmat qilgan.
raqamning elementar hisoblash operatsiyalarida ifoda etish (aniqlash) vositasi sifatida harakat qilish imkonining konvensional tabiatga ega bo‘lganligi, ideal voqelikning (“uchinchi dunyo”, “ideal soha”) o‘ziga xos shakli - mavhum munosabatlar dunyosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan raqamlar dunyosining asosini tashkil etishiga oid nazariy umumlashmalar va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “III. Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 26-iyundagi 02/02-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatida tizimdagi xodimlarning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda islohotlarning ta’sirchanligini oshirish, raqamli madaniyat, axborot savodxonligi, mediatahlil sohasida bilim va ko‘nikmalarning kengayishiga xizmat qilgan;
raqamlarning genezisi natural sonlar, ritm, an’anaviy g‘oyaviy-badiiy, ramziy-majoziy, tarbiyaviy mohiyatga egaligi hamda raqam evolyusiyasida simvolik xususiyatlari ramziy konstruksiya vazifasini bajarganligi ongni ramzlar prizmasidan dunyoni idrok etish, kalendar tizimlari, aqliy xaritalar va madaniy modellarning shakllanishiga ta’siriga doir yangiliklar va amaliy takliflardan “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2023-2024 yil yanvar-fevral oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2024-yil 13-fevraldagi O‘z/RV-08-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning milliy tafakkurini kengaytirish jarayonida gumanistik g‘oyalarning mohiyatini chuqur anglashga o‘rgatish, raqamlar zamonaviy hayotda muhim ahamiyati, samaradorlikni oshirish, rejalashtirish, tushunish va muloqot qilishga yordam berishi bilan birga, ongli tanlovlar qilish, atrofimizdagi dunyo bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish tarzimizni shakllantiradigan sohalarga tarqalganligi kabi fikrlarni singdirishga xizmat qilgan.