Negmatova Dilovar Isoqjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekistonda mahallabay ishlash tizimining sotsiologik tahlili» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/S119.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansur Bekmurodov sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sotsiologiya fanlari doktori (DSc) Absalom Umarov, falsafa fanlari doktori, professor Ismoil Saifnazarov.
Yetakchi tashkilot: (“Ijtimoiy fikr”) respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarishda mahallabay ishlash tizimini sotsiologik jihatdan tahlil qilish, usullari va vositalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda mahallabay ishlash tizimining ijtimoiy o’rni va pragmatik ahamiyati tizimli yondashuv nuqtai nazardan ilmiy asoslangan;
mahallani ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda milliy ma’naviy qadriyatlar va inson kapitaliga tayanish o‘zgarishlar dinamikasining uzviyligini ta’minlashi dalillangan;
mahallabay ishlash tizimi jadal o‘zgarayotgan jamiyatimizda stratifikatsion tranformatsiyalashuv jarayonlarini faollashtirishda o‘ziga xos drayver sifatida namoyon bo‘lishi pozitiv tendensiya sifatida asoslangan;
mahallabay faoliyatini miqdoriy tahlil (hujjatlarni o‘rganish, anketa so‘rovi) hamda sifat tahlili (ekspert-intervyu, fokus-guruh) natijajalarini uyg‘unlashtirgan holda baholash hududlarda ijtimoiy, ma’naviy muhitni barqarorlashtirish imkoniyatini kengaytirishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda mahallabay ishlash tizimining sotsiologik tahlili bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish jarayonida mahallabay ishlash tizimining ijtimoiy o‘rni va pragmatik ahamiyati tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ilmiy asoslanganiga oid taklif va tavsiyadan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2023-yilda o‘tkazilgan “Ijtimoiy fikr-2023” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining metodik va metodologik qismini shakllantirishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 5 martdagi 01-16/84-2-son ma’lumotnomasi). Natihada, to‘plangan ma’lumotlar bazasini tashkil qilishda va O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga Markaz tomonidan takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mahallaning “o‘sish nuqta”larini topish orqali aholi turmush darajasini oshirish dinamikasining uzviyligi nazariy-amaliy jihatdan dalillangangiga oid xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2024-yil 11-iyun kuni efirga uzatilgan “Mahallamiz islohotchilari” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-iyundagi №01-07/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalladagi mavjud muammolar, fuqorolarning bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy masalalarini hal etishga qaratilgan kompleks yondashuvining sotsiologik tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan;
mahallabay ishlash tizimida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy tendesiyalari aniqlanganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar qatlamiga oid murakkab ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq fenomenlar tizimini chuqurroq bilish va nazariy-fundamental tadqiqotlar olib borish, uslubiy yondashuvlar vositalarini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 8-iyundagi 2-13-21-2743-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, siyosiy hayotga moslashtirishga qaratilgan mahallabay ishlash tizimining innovatsion texnologiyalaridan targ‘ibot dasturlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
mahallabay ishlash tizimi faoliyatining qiyosiy sotsiologik o‘rganishga oid konkret sotsiologik tadqiqot dasturi ishlab chiqilganligiga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2023-yilda o‘tkazilgan “Ijtimoiy fikr-2023” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining so‘rovnoma anketasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 5 martdagi 01-16/84-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz tomonidan sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishni tashkillashtirish borasida innovatsion usul va yondashuvlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.