Ernazarov Behzod Ollaberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Davrlar almashinuvida o‘zbek identikligi tranformatsiyalashuvining diskurs tahlili» 22.00.03 – “Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/S108.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kalanov Komil Kulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Sotsiologiya fanlari doktori, professor Otamurodov S., sotsiologiya fanlari doktori, professor Karimov B.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davrlar almashinuvida o‘zbek identikligi tranformatsiyalashuvining diskurs tahlilini amalga oshirish orqali o‘zbek identikligi transformatsiyalashuvining ijtimoiy xususiyatlarini asoslashga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davrlar almashinuvi tarixi haqidagi mahalliy va xorijiy nazariy-metodologik manbalar va konseptual g‘oyalar asosida o‘zbek xalqi identikligining o‘zaro aloqadorligini ifodalovchi umumiylik va xususiylik belgilari, uning transformatsiyalashuvi hamda yosh kategoriyalari konsepsiyalarining identiklikka ta’siri va ijtimoiy-gumanitar bilimlarda rivojlanishi ilmiy asoslantirilgan;
o‘zbek xalqi identikligining davrlar almashinuvidagi omillarining ijtimoiy-madaniy muhitga ta’siri aniqlangan;
davrlar almashinuvi jarayonida o‘zbek identikligi shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-mafkuraviy vositalar va texnologiyalar transformasiyasida diskurs tahlilga yo‘naltirilgan xulosa va taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan;
umuminsoniy va milliy tajribalarga asoslangan holda yoshlar ongidagi zamonaviylik, milliy mentalitet, milliy mansublik muammolarini aniqlashning diskurs tahlili asosida milliy munosabatlarning identiklikka ta’siri ilmiy-amaliy jihatdan asoslantirilgan;
davrlar almashinuvi jarayonlarining ijtimoiy ahamiyati va uning identiklikka ta’sir etuvchi sotsiologik tamoyillari va qonuniyatlari avlodlar almashinuvini turkumlashtirish doirasida o‘rganilgan holda, o‘zbek xalqi identikligiga oid sotsiologik atama, tushuncha, tamoyil hamda konseptual yondashuvlar tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. davrlar almashinuvida o‘zbek xalqi identikligi transformatsiyalashuvining diskurs tahlilini tadqiq etish asosida:
davrlar almashinuvi tarixi haqidagi mahalliy va xorijiy nazariy-metodologik manbalar va konseptual g‘oyalar asosida o‘zbek xalqi identikligining o‘zaro aloqadorligini ifodalovchi umumiylik va xususiylik belgilari, uning transformatsiyalashuvi hamda yosh kategoriyalari konsepsiyalarining identiklikka ta’siri va ijtimoiy-gumanitar bilimlarda rivojlanishiga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining tadqiqot dasturlariga kiritilgan “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar jamoatchilik fikri ko‘zgusida: baholar, holat, o‘zgarishlar, muammo va echimlar” loyihasi doirasida foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024-yil 3-yanvardagi №01-16/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida foydalanilgan sotsiologik tadqiqotlar so‘rovnomasi o‘zbek identikligi transformatsiyalashuvidagi diskurs tahlilga oid savollar bilan boyitilgan va uning natijalari tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qilgan.
o‘zbek xalqi identikligining davrlar almashinuvidagi omillarining ijtimoiy-madaniy muhitga ta’siriga oid takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilga. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti”, 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzuidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 11-apreldagi №141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif-tavsiya va xulosalar mamlakatimizda o‘zbek identikligi shakllanib borishi jarayonida tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy omillarning zamonaviy globallashgan dunyoga integratsiyalashuv jarayonlarida ilgari surilayotgan ilmiy mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
davrlar almashinuvi jarayonida o‘zbek identikligi shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-mafkuraviy vositalar va texnologiyalar transformasiyasida diskurs tahlilga yo‘naltirilgan xulosa va taklif-tavsiyalardan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining IV bobining “Hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish hamda tahliliy ma’lumotnomalar tayyrolash” to‘g‘risidagi 26-bandi ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 20-martdagi 01-09/1830-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek oilalaridagi qadriyatlar identiklikligining diskurs tahliliga oid sotsiologik tadqiqotlar dasturi va so‘rovnomalaridagi aniqlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga hamda mazkur bandning ijrosi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotnomalarning nazariy-metodologik va ilmiy-amaliy jihatdan samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.
umuminsoniy va milliy tajribalarga asoslangan holda yoshlar ongidagi zamonaviylik, milliy mentalitet, milliy mansublik muammolarini aniqlashning diskurs tahlili asosida milliy munosabatlarning identiklikka ta’siriga oid takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2022-yil birinchi yarim yillik uchun yagona ish rejasining (Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 6-yanvardagi 01-04/799-son qarori) 11,18, 33-34-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil
12-apreldagi 04-13/298-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif-tavsiyalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda hududiy va mahalliy Kengashlarning “Ish rejasi” va boshqa chora-tadbirlar dasturi bandlarining ijrosini ta’minlashga hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarining (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar) mazmun-mohiyatini yoshlarga samarali yetkazish imkonini bergan.
davrlar almashinuvi jarayonlarining ijtimoiy ahamiyati va uning identiklikka ta’sir etuvchi sotsiologik tamoyillari va qonuniyatlari avlodlar almashinuvini turkumlashtirish doirasida o‘rganilgan holda, o‘zbek xalqi identikligiga oid tizimlashtirilgan sotsiologik atama, tushuncha, tamoyil hamda konseptual yondashuvlarga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining tadqiqot dasturlarida foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024-yil 3-yanvardagi 01-16/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik tadqiqotlar so‘rovnomalari o‘zbek identikligi transformatsiyalashuvidagi diskurs tahlilga oid savollar bilan boyitilgan.