Qosimov Shavkat Urolovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’limni tashkil etishning metodik  asoslarini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped180. 

Ilmiy rahbar: Avazov Sherimmat, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar:  Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich,  pedagogika fanlari doktori, dotsent

Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadikasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning tizimli tashkiliy-metodik tuzilmasini nazariy jihatdan ishlab chiqish va uni tajriba sinovidan o‘tkazish asosida amaliy kasbiy ta’lim metodikasini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak mutaxassis mehnatining tavsifiy (tashkiliy shakli, predmeti, vositalari va usullari), harakat xususiyatlari (davomiylik, funksionallik, jismoniylik) hamda kasbiy mahorat asoslari (faoliyat unumdorligi, o‘zlashtirish, ijodiy yondashuv va mehnat madaniyati)ga asoslangan amaliy kasbiy ta’limning yaxlit tashkiliy-metodik tuzilmasi ishlab chiqilgan;

amaliy kasbiy ta’limni innovatsion tashkil etish jarayonlari mazmuni o‘quv bosqichlariga oid  faoliyatda “muvofiqlik jadvali” (virtual-laboratoriya ishlari; o‘quv, ishlab chiqarish, malakaviy amaliyot) komponentlarining o‘zaro integratsiyalashuviga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida hamkor sub’ektlarning (kasb-hunar ta’limi ishtirokchilari) o‘quv jarayonida tashkiliy-boshqaruv, tahliliy-baholash va kreaktivlik funksiyalari yaxlitligi hamda aloqadorligini ta’minlash orqali metodik ishlanmalar takomillashtirilgan;

o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga o‘rgatishning mazmuni vizuallashtirish, tayyorgarlikning sifatiy va vazniy ko‘rsatkichlarini aniqlash, malaka talablarini belgilash hamda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’limni tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

amaliy kasbiy ta’limning innovatsion tashkiliy-metodik tizimi va tamoyillari, o‘quv mazmuni va o‘quv bosqichlarining “muvofiqlik jadvali”ga oid takliflari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 22 avgustdagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” hamda “O‘quvxona, ustaxona, maydonlarni jihozlash va xomashyo materiallaridan foydalanish” kurslarining o‘quv-metodik majmuasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi 89-03-2742-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’limni samarali yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, amaliyotlarni tizimli tashkil qilish texnologiyalari, ko‘nikmalar shakllanishini nazorat qilish funksiyasini aniq belgilash hamda ijrosini to‘liq ta’minlashga imkon bergan;

amaliy kasbiy ta’lim o‘quv jarayonida hamkor sub’ektlarning funksional vazifalari, ommaviy va shaxsiy metodik ishlar mazmuni, yo‘l qurilishi sohasidagi texnologik jarayonlarga mos malaka talablariga oid takliflaridan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 25 iyuldagi 164-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv rejalarini ishlab chiqishda, Toshkent davlat pedagogika universitetining Pedagogik qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasi va o‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi 89-03-2742-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga yo‘l qurilish sohasidagi mehnat va texnologik jarayonlarga muvofiq mehnat operatsiyalari, usullari va amallarini kasb-hunar ta’limi jarayonida o‘zlashtirishga imkon bergan;

o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga amaliy tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga, yo‘l qurilishi sohasi yo‘nalishi uchun elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishga oid ishlanmalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi elektron kutubxonasi axborot tarmog‘i (armat.uz) bazasiga joylashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi 89-03-2742-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy kasbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, elektron va boshqa vositalarning metodik apparatini takomillashtirishga imkon bergan;

mutaxassis mehnatining tavsifi, harakat xususiyatlari, kasbiy mahorat asoslari, amaliy kasbiy ta’limning yaxlit tashkiliy-metodik tuzilmasiga oid takliflaridan Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining IOT-2013-1-43 raqamli «Kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy ta’lim metodikasi va texnologiyalarini tizimlashtirish hamda amaliyotga joriy etish» (2013-2014 yy.) innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi 89-03-2742-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash uchun maxsus fanlar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish