Yusufxo‘jaev Fazliddin Mansur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy bank xizmatlarini axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4500 .
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent iqtisodiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent iqtisodiyot unversiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: masofaviy bank xizmatlarini axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mobil ilovada identifikatsiyalangan foydalanuvchining bir akkauntiga ko‘pi bilan bir paytda 15 (o‘n besh) ta, identifikatsiyalanmagan foydalanuvchining bir akkauntiga 5 (besh) ta bank kartasi qo‘shish taklif etilgan;
bank tomonidan bitta kartadan bir martada Cash out amaliyoti orqali naqd pul echish 5 000 000 (besh million) so‘mdan oshmagan miqdorda, bir kunda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan summada amalga oshirish taklif etilgan;
qarz oluvchining muvofiqlik mezonlariga kredit tarixida avval olingan kredit yoki mikroqarzlari bo‘yicha to‘lovlarni 60 (oltmish) kundan ortiq kechiktirish holatlari bir marta, 30 kundan ortiq kechiktirish holatlari to‘rt martadan ko‘p bo‘lmaslik mezoni taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari amaldagi qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilgan chet el valyutasi yoki uning belgilangan ekvivalentidan yuqori bo‘lmagan miqdorda chet elga pul jo‘natmalarini bir ish kunida amalga oshirishi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofaviy bank xizmatlarini axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mobil ilovada identifikatsiyalangan foydalanuvchining bir akkauntiga ko‘pi bilan bir paytda 15 (o‘n besh)ta, identifikatsiyalanmagan foydalanuvchining bir akkauntiga 5 (besh)ta bank kartasi qo‘shish taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning «“Aloqa business” mobil ilovasida hisobvaraqlarni boshqarish hamda amaliyotlar bajarish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2024 yil 12 iyundagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankining 2023 yilda yuridik mijozlardan jalb qilingan depozitlari hajmi 3,1 foizga oshgan va 4736 mlrd so‘mni, korporativ kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 93,5 foizga etgan va 7,1 trln so‘mni tashkil etgan.
bank tomonidan bitta kartadan bir martada Cash out amaliyoti orqali naqd pul echish 5 000 000 (besh million) so‘mdan oshmagan miqdorda, bir kunda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan summada amalga oshirish taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning tijorat banklari kartalaridan onlayn tarzda naqd pul echish mo‘ljallangan «Tashqi tizimlar orqali bank kartalaridan naqd pul echish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2024 yil 12 iyundagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning bankomatlar va infokiosklar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar 2441,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda bankomatlar tarmog‘i orqali berilgan naqd pullar hajmi 2023 yilda 28,2 foizga oshgan va 2439,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, infokioskalar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 1,3 mlrd so‘m bo‘lishiga erishilgan.
qarz oluvchining muvofiqlik mezonlariga kredit tarixida avval olingan kredit yoki mikroqarzlari bo‘yicha to‘lovlarni 60 (oltmish) kundan ortiq kechiktirish holatlari bir marta, 30 kundan ortiq kechiktirish holatlari to‘rt martadan ko‘p bo‘lmaslik mezoni taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2023 yilga mo‘ljallangan bankning «Kredit siyosati»ni va «Jismoniy shaxslarni kreditlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2024 yil 12 iyundagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2023 yilda bankning chakana kreditlari diversifikatsiya darajasi yaxshilangan, bank chakana kreditlari qoldig‘i 28,6 foizga oshgan va 3081,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlardan olingan foizli daromadlar 36,3 foizga oshib, 676,4 mlrd so‘m bo‘lishini ta’minlagan.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari amaldagi qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilgan chet el valyutasi yoki uning belgilangan ekvivalentidan yuqori bo‘lmagan miqdorda chet elga pul jo‘natmalarini bir ish kunida amalga oshirishi taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning bank tizimida pul o‘tkazmalari amaliyotlarini amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi “Xalqaro va milliy pul o‘tkazmalari tizimlarida amaliyotlar bajarish” Tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2024 yil 12 iyundagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda bankning muomaladagi bank kartalari soni 28,2 foizga oshgan, bank teminallari soni o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foizga oshgan va 14828 tani tashkil etgan. Shuningdek, o‘tkazilgan tranzaksiyalar miqdori 49019,1 mlrd so‘mni tashkil etgan va 36,1 foiz o‘sishga erishilgan.