Narzullaeva Umidaxon Nodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Digital transformation of tourism industry in Uzbekistan”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.(PhD)/Iqt2704.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;  Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm industriyasining raqamli transformatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmda raqamli transformatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm industriyasidagi axborotning sifati va mazmunini o‘zgartirmagan holda ma’lumotni raqamli formatga o‘tkazish, keyinchalik qayta ishlash maqsadida elektron shaklga aylantirish, raqamli formatga ma’lumotlarni qo‘shish orqali mavjud biznes jarayonlarini yaxshilash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
turizm industriyasining raqamli transformatsiyasi tarkibida amalga oshiriluvchi turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish (S=0,21), turistik industriya obektlarini tasniflash (T=0,17), joylashtirish vositalari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish (JV=0,25), xizmat sifatini baholashda qulayliklar yaratish imkonini beruvchi ma’lumot uzatishning kodlashtirilgan tizimini qo‘llash (K=0,37) jarayonlar o‘rtasidagi maqbul nisbat orqali takomillashtirish asoslangan;
O‘zbekistonda turistik destinatsiyadagi qulayliklarni aks ettiruvchi “Qulay sayohat” mobil ilovasini ishlab chiqish asosida inklyuziv turizmni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan turist va sayohatchilarga turizm infratuzilmasi va madaniy meros obektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish jarayonining dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladigan aholini internet qamrovi bilan ta’minlashning sayyohlar oqimiga bilvosita ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizm industriyasining raqamli transformatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmda raqamli transformatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turizm industriyasidagi axborotning sifati va mazmunini o‘zgartirmagan holda ma’lumotni raqamli formatga o‘tkazish, keyinchalik qayta ishlash maqsadida elektron shaklga aylantirish, raqamli formatga ma’lumotlarni qo‘shish orqali mavjud biznes jarayonlarini yaxshilash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tourism product” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turizm industriyasidagi axborotning sifati va mazmunini o‘zgartirmagan holda ma’lumotni raqamli formatga o‘tkazish, keyinchalik qayta ishlash maqsadida elektron shaklga aylantirish, raqamli formatga ma’lumotlarni qo‘shish orqali mavjud biznes jarayonlarini yaxshilash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “turizmda raqamli transformatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
 turizm industriyasining raqamli transformatsiyasi tarkibida amalga oshiriluvchi turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish (S=0,21), turistik industriya obektlarini tasniflash (T=0,17), joylashtirish vositalari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish (JV=0,25), xizmat sifatini baholashda qulayliklar yaratish imkonini beruvchi ma’lumot uzatishning kodlashtirilgan tizimini qo‘llash (K=0,37) jarayonlar o‘rtasidagi maqbul nisbat orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-iyul  03-12-17-4032-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar jarayonlari o‘rtasidagi maqbul nisbat orqali turizm industriyasining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda turistik destinatsiyadagi qulayliklarni aks ettiruvchi “Qulay sayohat” mobil ilovasini ishlab chiqish asosida inklyuziv turizmni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan turist va sayohatchilarga turizm infratuzilmasi va madaniy meros obektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
12-yanvardagi PQ-20-son “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlashda turizm subektlari faoliyatini tashkil etish, Respublikamizdagi onlayn turizm platformalari faoliyatini tartibga solishda yangi raqamli texnologiyalarni joriy qilish tizimini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-iyul  03-12-17-4032-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida turizm xizmatlarining yangi turlarini tashkil qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat bo‘ylab qulay sharoitlarda sayohat qilishlari uchun turizm infratuzilmasining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish maqsadlari aniqlangan;
O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish jarayonining dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladigan aholini internet qamrovi bilan ta’minlashning sayyohlar oqimiga bilvosita ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-aprel sanasidagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qaror ijrosini ta’minlashda belgilangan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi Turizm qo‘mitasining hududiy boshqarmalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-iyul  
03-12-17-4032-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali internet foydalanuvchilar sonini oshirishga erishish, bundan esa o‘z navbatida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘payishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish