Ishmanova Diana Nurmamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3258.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda moliyaviy ko‘rsatkichlarning maqsadliligi, ijtimoiyligi va iqtisodiy samaradorligini akc ettiruvchi tamoyillarini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarida xarajarlarni mustaqil boshqarishni takomillashtirish taklifi ilmiy asoslangan;
tibbiyot muassasalarida shartnoma umumiy qiymatining 90 foizini “global byudjet” moliyalashtirish uslubi asosida va qolgan 10 foizini “har bir davolangan holat uchun” belgilangan to‘lov asosida moliyalashtirish orqali tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
hududlarni majburiy tibbiy sug‘urta bilan qampab olinishi hamda kafolatlangan tibbiy paket parametrlarini hisobga olgan holda uch yil muddatga byudjet parametrlarini ishlab chiqish va moliya organlari bilan kelishishning strategik xarita modeli taklif etilgan;
ilg‘or xorijiy tajribalarni qiyosiy o‘rganish orqali aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini joriy etish asosida O‘zbekistonda 2030-yilga qadar aholining barcha qatlamini tibbiy sug‘urtalangan paket bilan ta’minlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda moliyaviy ko‘rsatkichlarning maqsadliligi, ijtimoiyligi va iqtisodiy samaradorligini akc ettiruvchi tamoyillarini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarida xarajatlarni mustaqil boshqarishni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi PQ-311-son “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 04-29/20558-son, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-5-2/404-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishda moliyaviy ko‘rsatkichlarning maqsadliligi, ijtimoiyligi va iqtisodiy samadorligini aks ettiruvchi tamoyillarini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarida xarajatlarni mustaqil boshqarishni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
tibbiyot muassasalarida shartnoma umumiy qiymatining 90 foizini “global byudjet” moliyalashtirish uslubi asosida va qolgan 10 foizini “hap bir davolangan holat uchun” belgilangan to‘lov asosi moliyalashtirish orqali tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni joriy etish taklifi Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 10- sentyabrdagi 04-29/20558-son, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-5-2/404-son ma'lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiyot myassasalarida moliyalashtirishning muqobil shakllaridan foydalanish orqali tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni joriy etish imkoni yaratilgan;
hududlarni majburiy tibbiy sug‘urta bilan qampab olinishi hamda kafolatlangan tibbiy paket parametrlarini hisobga olgan holda uch yil muddatga byudjet parametrlarini ishlab chiqish va moliya organlari bilan kelishishning strategik xarita modeli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19- sentyabrdagi 05-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 04-29/20558-son, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-5-2/404-son ma'lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining uzoq muddatli faoliyatini yaxshilashga erishilgan;
ilg‘or xorijiy tajribalarni qiyosiy o‘rganish orqali aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini joriy etish asosida O‘zbekistonda 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan aholining barcha qatlamini tibbiy sug‘urtalangan paket bilan ta'minlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 10- sentyabrdagi 04-29/20558-son, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-5-2/404-son ma'lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ilg‘or xorijiy tajribalarni qiyosiy o‘rganish asosida moliyalashtirishning yangi bosqichi aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmi ilmiy asoslanib, 2030-yilga qadar aholining barcha qatlamini tibbiy sug‘urtalangan paket bilan ta’minlanishi prognozlashtirilgan.