Yuldasheva Umida Asanalievnananing
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlar soliq salohiyatini oshirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt502.
Ilmiy maslahatchi: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Turaev Shavkat Shuhratovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlar soliq salohiyatini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish orqali undan samarali foydalanish mexanizmlari hamda chora - tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va er solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalarini, oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig‘i, ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi 2023-yil 1-iyun holatiga hisobdan chiqarish bo‘yicha taklif etilgan;
YaTT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining miqdori yiliga 6 baravaridan 1 baravarigacha miqdorga kamaytirish (savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) to‘g‘risida taklif etilgan;
hududlarni soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari, ya’ni jami daromadi kalendar yil davomida (mikrofirmalar uchun 1 mlrd so‘mgacha, kichik korxonalar uchun 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha, o‘rta tadbirkorlik subektlari uchun 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha, yirik tadbirkorlik subektlari 100 mlrd so‘m va undan yuqori) taklif etilgan;
hududlarni soliq salohiyatini oshirish maqsadida respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini 5 toifaga ajratgan holda 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) uchun imtiyozlar taqdim etish taklif etilgan.
hududlarni soliq salohiyatini oshirish jarayonida tadbirkorlik subektlarini kengaytirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish maqsadida tadbirkorlik subektlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilganda, ularga er va mol-mulk solig‘i, JShODS va ijtimoiy soliq, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish, soliqlarni bo‘lib to‘lash imtiyozlari beriladi hamda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi bo‘yicha taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar soliq salohiyatini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalarini, oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi 2023-yil 1-iyun holatiga hisobdan chiqarish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-192-sonli qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 27 iyundagi №16/1-61976-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy shaxslarga nisbatan faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmaydi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratiladi;
YaTT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining miqdori yiliga 6 baravaridan 1 baravarigacha miqdorga kamaytirish (savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) to‘g‘risida taklifi O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-847-sonli Qonunida o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 27 iyundagi №16/1-61976-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy shaxslar o‘z shaxsiy tomorqa er uchastkalarida quyidagilar bilan band bo‘lgan taqdirda: chorvachilik, issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik, mazkur maydonga BHMning 1 baravar miqdorda ijtimoiy soliq to‘lanadi;
hududlarni soliq salohiyatini oshirishda, soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari, ya’ni jami daromadi kalendar yil davomida (mikrofirmalar uchun 1 mlrd so‘mgacha, kichik korxonalar uchun 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha, o‘rta tadbirkorlik subektlari uchun 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha, yirik tadbirkorlik subektlari 100 mlrd so‘m va undan yuqori) taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 27 iyundagi №16/1-61976-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida, o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga etib, jami eksport hajmi esa 30 foizga ko‘paydi;
hududlarni soliq salohiyatini oshirish maqsadida respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini 5 toifaga ajratgan holda (5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) uchun soliqdan imtiyozlar taqdim etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 27 iyundagi №16/1-61976-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etildi, beshinchi toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i, AOS va ijtimoiy soliqlarni 1% miqdorida to‘laydi, yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilindi, yuridik shaxslar mol-mulk va er solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summani 1% miqdorida to‘lashi belgilandi;
hududlarni soliq salohiyatini oshirish mexanizimini takomillashtirish jarayonida tadbirkorlik subektlarini kengaytirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish maqsadida tadbirkorlik subektlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilganda er va mol-mulk solig‘i, JShODS va ijtimoiy soliq, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish, soliqlarni bo‘lib to‘lash imtiyozlari berilishi hamda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2024 yil 27 iyundagi №16/1-61976-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlik subektlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilganda, er va mol-mulk solig‘i 50% dan 75%gacha to‘liq ozod etiladi, JShODS qaytariladi va ijtimoiy soliq esa 50%ga kamaytiriladi, respublika miqyosida 21 ta tadbirkorlik subektlari uchun 27 090 mlrd so‘mni, 3-6-12 oy muddatga soliqlarni bo‘lib to‘lash imtiyozlari berildi.