Xushvaqov Islombek Muxammadi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kapital bozoridan obligatsiyalar vositasida moliyaviy resurs jalb qilishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Iqt 3007.
Ilmiy rahbar: Shavkatov Navruzbek Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Azizjon Axror o‘g‘li, Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kapital bozoridan obligatsiyalar vositasida moliyaviy resurs jalb qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korporativ obligatsiyalarning xorijiy nominal hisobvarag‘idan benefisiar mulkdor o‘zgarmagan holda “qimmatli qog‘ozlarni to‘lovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) amaliyotini joriy qilish orqali ularga egalik qilishdagi xarajatlarni kamaytirish taklif etilgan.
davlat obligatsiyalari bilan amalga oshiriladigan savdolarda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talabini bekor qilish orqali davlat obligatsiyalari muomalasini kengaytirish asoslangan;
obligatsiyalar bozorida emitentga nisbatan to‘lov qobiliyasizlik taomili joriy etilganligini muhim fakt sifatida joriy etish taklif etilgan
banklarning kapital bozori platformasiga integratsiyalashuvini ta’minlash hamda mobil ilovalarida obligatsiyalar savdosi uchun depo hisobraqam ochish orqali ularning obligatsiyalar bozorida faolligini oshirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozoridan obligatsiyalar vositasida moliyaviy resurs jalb qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ obligatsiyalarning xorijiy nominal hisobvarag‘idan benefisiar mulkdor o‘zgarmagan holda “qimmatli qog‘ozlarni to‘lovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) amaliyotini joriy qilish orqali ularga egalik qilishdagi xarajatlarni kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-291-sonli Qarorida keltirilgan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 1-fevralidagi 03/07-445-son ma’lumotnomasi) Natijada, korporativ qimmatli qog‘ozlarning xorijiy nominal hisobvarag‘idan benefisiar mulkdor o‘zgarmagan xolda boshqa depo hisobraqamga o‘tkazishda qimmatli qog‘ozlarni to‘lovsiz yetkazib berish tartibi joriy etildi hamda obligatsiyalar harakati doirasidagi xarajatlar 0,46 %ga qisqartilishiga erishildi;
davlat obligatsiyalari bilan amalga oshiriladigan savdolarda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talabini bekor qilish orqali davlat obligatsiyalari muomalasini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-291-sonli Qarorida keltirilgan 2023 - 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 1-fevralidagi 03/07-445-son ma’lumotnomasi) Natijada, investorlar davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun depozitga qo‘yishi kerak bo‘lgan pul mablag‘laridan erkin foydalanishlari mumkin bo‘ldi hamda investorlar sonining oshishiga olib keldi;
obligatsiyalar bozorida emitentga nisbatan to‘lov qobiliyasizlik taomili joriy etilganligini muhim fakt sifatida joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 1-fevralidagi 03/07-445-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlarning obligatsiyalari bo‘yicha to‘lov qobiliyatini yo‘qotganda 31- va 33-muhim faktlarni majburiy e’lon qilish tartibi joriy qilindi hamda investorlar moliyaviy mablag‘lari doirasidagi uchrashi mumkin bo‘lgan risklar haqida oldindan xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;
banklarning kapital bozori platformasiga integratsiyalashuvini ta’minlash hamda mobil ilovalarida obligatsiyalar savdosi uchun depo hisobraqam ochish orqali ularning obligatsiyalar bozorida faolligini oshirish taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024-yilning 7-fevralidagi 19-07/805-son ma’lumotnomasi) Natijada, tijorat banklarining kapital bozoridagi savdo operatsiyalari hajmi hamda undagi ishtirokchilar sonining oshishiga erishilgan va bu o‘z navbatida bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga asos bo‘lib ushbu ishtirokchilar uchun komissiya to‘lovlarining joriy etilishi bankning daromad bazasini 1-3 %gacha oshirishga xizmat qilgan.