Quvondiqov Vahobjon Ortiqovichning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Kichik molekulali donor - akseptorlar asosidagi organik quyosh elementlarining optik strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/FM268.
    Ilmiy rahbar: Nematov Sherzod Qaladarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
    Rasmiy opponentlar:
Baxramov Sagdilla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik;
Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yusupov Djavdad Bakidjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ushbu ishning maqsadi kichik molekulali donor/akseptorlar asosidagi organik quyosh elementlar strukturasi va funksional xususiyatlarini optimallashtirishning ulardagi energiya almashinish jarayonlariga ta’sir mexanizmlarini optik, strukturaviy va fotovoltaik xarakteristikalari orqali aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
     yangi sintez qilingan kichik molekulali “BBSM-1” yoki “BBSM-2” donor materialning yupqa plyonka holatdagi yutilish spektrida molekulalararo π−π* o‘tishlar bilan bog‘liq bo‘lgan 560 va 610 nm larda hosil bo‘lgan yutilish polosalari 0-0 va 0-1 elektron o‘tishlarga mos kelishi hamda yupqa plyonkaning kristallanish va agregatsiyalaninish xususiyatlarini belgilashi ko‘rsatildi;
     ilk bora kichik molekulali “BBSM-1” yoki “BBSM-2” donor asosida “BBSM-1:Y6” va “BBSM-2:Y6” HGO‘li faol qatlam strukturalari olindi. Ishlov berilmagan holatda ushbu faol qatlam donor/akseptor molekulalarining o‘zaro bog‘lanishlari kuchsizligi, strukturaning kristallanish va fazalarga ajaralish darajasi pastligi aniqlandi;
     “BBSM-1:Y6” va “BBSM-2:Y6” faol qatlamlarga qo‘shimcha erituvchilar qo‘shib termik ishlov berish faol qatlamning kristallanish va tartiblanish darajasining keskin ortishiga, faol qatlamda D:A fazalar ajaralish darajasini oshirishga, eksiton generatsiyasi va zaryadlar ajralishi ko‘rsatgichlarini keskin ortishiga olib kelishi ko‘rsatildi;
    ilk bora HGO‘li “BBSM-1:Y6” va “BBSM-2:Y6” faol qatlam asosida “shisha/ITO/PEDOT:PSS/faol qatlam/PDINN/Ag” strukturadan iborat OQE namunalari yaratildi. Shuningdek, ushbu OQEda yuqori darajadagi samaradorlikga erishish uchun D:A massa ulushlari nisbati, qo‘shimcha erituvchi turi va miqdori, termik ishlov berish usuli va harorati, faol qatlamni tayyorlash harorati bo‘yicha optimal qiymatlar o‘rnatildi;
“BBSM-1:Y6” faol qatlam asosidagi OQEda kovaklar va elektronlar harakatchanligi nisbatini μh/μe = 1,68 ga, “BBSM-2:Y6” faol qatlamli OQEda esa μh/μe = 0,05 ga tengligi eksperimental ko‘rsatib berildi. Shuningdek, “BBSM-2:Y6” faol qatlamli OQEda kovak va elektron harakatchanlik ko‘rsatkichlari nisbati birdan juda kichikligi  (μh/μe <1) zaryadlar harakatchanligidagi o‘zaro nomutanosiblikni ko‘rsatishi bilan birga JSC va FF qiymatlari pastligining asosiy sababi ekanligi ko‘rsatildi;
ilk bora fullerensiz kichik molekulali “O-IDTBR” asosidagi “P3HT:O-IDTBR” faol qatlamga turli ulushlarda “P3PT” donorni kiritib faol qatlam strukturasini modifikatsiya qilish orqali OQEning samaradorligi va termik barqarorligini yaxshilashni ta’minlovchi “dual-politiofen” strategiyasi taklif qilindi;
ilk bora fullerensiz kichik molekulali “O-IDTBR” akseptor va “dual politiofen” asosidagi uch komponentali “P3HT/P3PT:O-IDTBR” faol qatlam namunalari olindi. Shuningdek, uch komponentali “P3HT/P3PT:O-IDTBR” faol qatlam tarkibida “P3PT”ning ulushi 30% dan 70% gacha oshib borishi polimer zanjirlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarning yuqori darajada yaxshilanishi hamda yorug‘lik yutilish koeffisientini sezilarli ortishiga olib kelishi ko‘rsatildi;
uch komponentali “P3HT/P3PT:O-IDTBR” faol qatlamda “P3PT”ning ulushi 15% dan 70% gacha ortishi faol qatlamdagi domenlar o‘lchamlarini ham ortishiga sabab bo‘lishi, hamda bu orqali faol qatlamning mikrotuzilishini samarali tarzda boshqarish va zaryadlarni tashish uchun qulay D:A fazalar ajralishlarga erishish mumkinligi ko‘rsatildi;
 uch komponentali 30% “P3PT” ulushga ega “P3HT/P3PT:O-IDTBR” faol qatlamli OQEda eng yuqori 7,41% samaradorlikka erishildi. Shuningdek, “P3HT/P3PT:O-IDTBR” faol qatlam asosidagi uch komponentali tizimda oddiy, ikki komponentali OQEga nisbatan yuqoriroq samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“BBSM:Y6” faol qatlamlarga qo‘shimcha erituvchi qo‘shilib termik ishlovlar berishning OQElar optik, strukturaviy va fotovoltaik parametrlariga ta’sirini o‘rganishda olingan natijalardan, xorijiy jurnallarda (Chemical Engineering Journal, Vol. 478, 2023, pp.147206. IF=13.3; ACS Materials letters 6 (2) 2024, pp.713-719 IF=9.6; IF=6;  Susmat 4 (3) 2024, e203. IF=18.7 va boshqalar) OQElar faol qatlam absorbsion va kristallik xususiyatlarining termik ishlov berish haroratiga bog‘liqligini tushuntirishda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish OQElar faol qatlam kristallanishining optimal haroratini aniqlash va yutilish spektrlaridagi siljishlarning fizikaviy sababini tushuntirish imkonini bergan.
OQE faol qatlamidagi donor va fullerensiz akseptorning agregatsiyalanish effekti kristallanish jarayoniga bog‘liqligi ko‘rsatilgan optik yutilish spektrlaridan hamda morfologik xususiyatlaridan, xorijiy jurnallarda (Advanced Materials Vol.36, 39, 2024, 2406653 IF=27.2; Advanced Materials 2024, 2409212 IF=27.2; Advanced Functional Materials 2024, 2408960 IF=18.5 va boshqalar) OQElar faol qatlamidagi donor–akseptor aralashmasining absorbsion va morfologik xususiyatlari agregatsiya darajasiga bog‘liqligini tushuntirishda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish polimer donor va fullerensiz akseptorlardan iborat faol qatlamlarning agregatsiyalanish darajasini aniqlash imkonini bergan.
OQEning egiluvchan strukturasi va ularni optimallashtirish strategiyalaridan xorijiy jurnallarda (Solar RRL 7 (23) 2023, 2300699 IF=6; Chemical Engineering Journal Vol. 476, 2023. 146723, IF=13.3; ACS Applied Polymer Materials 6 (7) 2024, pp.3883-3893 IF=4.4  va boshqalar) turli tarkibli egiluvchan OQEda energiya qayta o‘zgartirilish samaradorligining maksimal qiymatlarini aniqlashda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish turli tarkibli egiluvchan OQEning sanoatlashtirish potensialini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish