Nurumbetova Lobar Rimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Seziy asosidagi perovskitlarning optik, strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1100.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Erkin Agzamovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar:
Yusupov Djavdat Bakidjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Maxmanov Ural Kudratovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Dissertatsiya ishining maqsadi: perovskit faol qatlamlarning optik, strukturaviy xossalarini va PQElarining EO‘S qiymatlarini qiyosiy o‘rganish, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish shartlarini, shuningdek ularni tayorlash uchun optimal sharoitlarni tavsiflash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- CsPbI3 perovskit eritmasini tayyorlash uchun ilk bor MAAc suyuqligidan foydalanib past harorat (90-110 °C) larda qora fazaga ega CsPbI3 perovskit faol qatlamlari olindi;
- bir necha marta “spin coating” qilish orqali faol qatlam qalinligini nazorat qilish va perovskit faol qatlamlardagi nanoteshiklar va bo‘shliqlar kamaytirildi, natijada esa o‘z navbatida perovskit faol qatlamlarda zaryad tashuvchilarning harakatini yaxshilandi, ushbu natijalarni fotolyuminissensiya intensivligining oshishi ham isbotlaydi;
- qo‘shimchalarsiz MAAc eritmasidan foydalanish orqali atmosfera sharoitida past haroratda CsPbI3 asosli PQElarni tayyorladik va EO‘S ni 9,9 % dan 14,4% gacha oshirdik;
- yuqori sifatli PH-CsPbIBr2 faol qatlamini tayyorlash uchun oddiy dinamik vakuum yordamida past haroratli (140℃) ishlov berishning fizikaviy asosi aniqlandi va 140℃ haroratlarda ham perovskit faol qatlamlarni tayyorlash mumkinligi isbotlandi;
- dinamik vakuum usulda past haroratda tayyorlangan PH-CsPbIBr2 faol qatlam strukturasidagi nurlanishsiz rekombinatsiya markazlarining kamayganligini fotolyuminissensiya spektri piki 8 nmga ko‘k siljishni va intensivligi 1,4 barobar ortishi bilan baholash mumkinligi va perovskit faol qatlamlarning yorug‘lik yutilish koeffisienti 300-600 nm to‘lqin uzunligi diapazonda 15-35% gacha oshirilganligi ko‘rsatildi;
- past haroratda tayyorlangan PH-CsPbIBr2 asosidagi PQElar odatda yuqori haroratda (280 °C) tayyorlangan YH-CsPbIBr2 asosidagi PQElarga qaraganda barcha fotovoltaik parametrlari optimalashganligi aniqlandi, natijada energiya o‘zgartirish samaradorligi 9% dan 11% ga oshirildi;
- PH-CsPbIBr2 PQElar YH-CsPbIBr2 PQElarga qaraganda namlik va issiqlikka ko‘proq chidamliligi bilan birga uzoq muddatli barqarorlikni namoyish etdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Solar energy” jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijalarimiz xorijiy olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlarida (Coatings 13.2 (2023): 281. IF= 3.236; New Journal of Chemistry 47.20 (2023): 9913-9922. IF=3.3; The Journal of Physical Chemistry C 127.4 (2023): 1992-2002.IF=5.7; Optical Materials 136 (2023): 113449. IF= 3.754; Materials Research Bulletin 161 (2023): 112154.IF=5.6.) qo‘shimchalarsiz atmosfera sharoitida PQElarni tayyorlashda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish noorganik perovskit quyosh elementlarining samaradorligini yaxshislashda optimal haroratini aniqlashda, yutilish va fotolyuminessensiya spektrlaridagi o‘zgarishlarning fizikaviy jarayonlarini tushuntirish imkonini bergan.
“Solar RRL” jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijalarimiz xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tadqiqotlarida (ACS Applied Materials & Interfaces, 14 (36), 41389-41399 2022 IF=12.843; ACS Applied Materials & Interfaces, 14 (38), 43576-43585.2022 IF=12.843; Electronics 11.13 2084, 2022: IF=2.9; Nano Energy 117 (2023): 108907.IF= 19.069 Energies 15.21 (2022): 8146. IF= 3.252; ACS Applied Materials & Interfaces 15.7 (2023): 9382-9391. IF= 12.843; Solar RRL 6.10 (2022): 2200297. IF=9.173; Energy Technology 11.11 (2023): 2300611. IF= 4.149.) past haroratli ishlov berish, CsPbIBr2 kristalliligini fazalararo modifikatsiya va qizdirish muhandisligi orqali yaxshilash uchun olib borilgan tadqiqotlarda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish CsPbIBr2 perovskit faol qatlamlarning yutilish va fotolyuminessensiya spektrlaridagi o‘zgarishlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini tushuntirish imkonini bergan.