Narkulov Suxrob Dusmuratovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davrida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fal15.

Ilmiy maslahatchi: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar: Otamurodov Sa’dulla Otamurodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyodulla Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining qonuniyatlari hamda ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ong shakllari (milliy hamda etnik ong) komponentlarining dialektik aloqadorligi asoslangan;

ijtimoiy va iqtisodiy ongning mohiyatan va funksional  bog‘liqligi sub’ektiv va ob’ektiv omillarning sotsiokreativ, regulyativ hamda apodiktiv xususiyatlari orqali ochib berilgan;

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonida sub’ektiv omilning yangi faoliyat yo‘nalishlari hamda umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi yangi ma’naviy qadriyatlar tizimini yuzaga kelishi ijtimoiy ongda modernizatsiya va globallashuvga asoslangan yangi dunyoqarash tizimini shakllanishiga olib kelishi falsafiy jihatdan asoslangan;

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida ijtimoiy ongning nisbiy mustaqillik xarakteri va ijtimoiy voqelikka faol aks ta’sir eta olish hamda vorisiylik xususiyatlari ochib berilgan;

integratsiya jarayonlari, modernizatsiya natijasida O‘zbekistonda innovatsion ong va uning kreativ xususiyatlari shakllanganligi ilmiy asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mustaqillik davrida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar tadqiqoti natijasi asosida:

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ong shakllari (milliy hamda etnik ong) komponentlarining dialektik aloqadorligi xususidagi takliflardan «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2017 yil 25 dekabrdagi 02-02/1108-son ma’lumotnomasi). Bu fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida ijtimoiy ongdagi transformatsiya jarayonlarini to‘g‘ri anglash, yoshlarda milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini rivojlantirish hamda innovatsion ongning kreativ xususiyatlarini shakllantirish imkonini bergan;

ijtimoiy va iqtisodiy ongning mohiyatan va funksional  bog‘liqligi, sub’ektiv va ob’ektiv omillarning sotsiokreativ, regulyativ hamda apodiktiv xususiyatlari, integratsiya jarayonlari, modernizatsiya natijasida O‘zbekistonda innovatsion ong va uning kreativ xususiyatlarini shakllantirishga oid taklif-tavsiyalardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilgan «Ma’naviy barkamollik shartlari», «Tinchlik va osoyishtalik uchun kurashmoq kerak», «Yoshlar tinchlik istaydi», «Oila baxti – jamiyat mustahkamligi garovi» mavzularidagi tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 21 iyuldagi 260-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarimiz qalbida milliy ong va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashga, ongli yashash, o‘z fikriga ega bo‘lish, ma’naviy tajovuzlarga qarshi tura olish ko‘nikmasini shakllantirishga, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan, jamiyat a’zolarining mafkuraviy immunitetini yuksaltirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonida sub’ektiv omilning yangi faoliyat yo‘nalishlari, umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi yangi ma’naviy qadriyatlar hamda ijtimoiy ongda  modernizatsiya  va globallashuvga asoslangan yangi dunyoqarash tizimini shakllantirishga oid takliflardan O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasi «Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Millat va ma’naviyat» eshittirishi ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining 2017 yil 22 dekabrdagi 105/1-son, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 18 sentyabrdagi O‘z/R.-77-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy, diniy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglash imkonini bergan;

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida ijtimoiy ongning nisbiy mustaqillik xarakteri va ijtimoiy voqelikka faol aks ta’sir eta olish hamda vorisiylik xususiyatlari borasidagi taklif va tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan «Aholining kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillar» mavzusidagi tadbirda hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlangan «Ko‘zgudagi biz», «Vibori – zerkalo demokratii», «Poytaxt-interv`yu» ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 15 sentyabrdagi 11/213-son, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2016 yil 19 dekabrdagi 01-16-725-son ma’lumotnomalari). Bu fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, milliy ongni yuksaltirish, millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, aholining osoyishta va obod turmushini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi yangi ma’naviy qadriyatlar tizimini yuzaga kelishini chuqur monitoring qilishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish