Masharipova Zulxumar Atabekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik mahsulotlarini samarali quri­tish texnologik jarayonini modellashti­rish va quritish apparatini takomil­lashtirish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T651.

Ilmiy rahbar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Nigmadjanov Samug‘jon Karimjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kapillyar-g‘ovak o‘simlik mahsulotlarini samarali quritish jarayonini modellashtirish, texnologiyasi va quritish apparatini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kapillyar-g‘ovakli o‘simlik mahsulotlarini quritish texnologik jarayoni va quritish apparatining ko‘p pog‘onali tizimli tahlil asosida matematik modellashtirish metodi yaratilgan;

kapillyar-g‘ovakli o‘simlik mahsulotlarini quritish jarayonini hisoblashda muvozanat holatlarining matematik bog‘liqliklarga ko‘ra yangicha hisoblashlar hamda kompyuter dasturlari yaratilgan;

kapillyar-g‘ovakli o‘simlik mahsulotlarini quritish jarayoniga ta’sir qiluvchi parametrlarning bog‘liqlik tenglamalaridan quritish jarayonining matematik va kompyuter modeli ishlab chiqilgan;

kapillyar-g‘ovakli o‘simlik mahsulotlarini fizik va kompyuter modellarining adekvatligi aniqlangan;

kapillyar-g‘ovakli o‘simlik mahsulotlarini mikroto‘lqinli quritish jarayoni uchun optimal variantlar aniqlangan;

kapillyar-g‘ovak o‘simlik mahsulotlarini quritishda ratsional davriy va uzluksiz texnologik rejimlar yaratilgan va quritish apparatlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘simlik mahsulotlarini samarali quritish texnologik jarayonini modellashtirish va quritish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘simlik mahsulotlarini samarali quritish apparati «Nasaf–Trade Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatzaxira»ning 2017 yil 17 noyabrdagi LS 8/18-son ma’lumotnomasi). Natijada xomashyolarning quritish davomida kimyoviy, biologik, strukturaviy-reologik xossalarini saqlab qoladigan va jarayonining davomiyligi 1,8–2 barobarga qisqartiradigan quritish apparati ishlab chiqarish imkonini bergan;

o‘simlik mahsulotlarini samarali quritishning kombinirlangan texnologiyasi «Nasaf–Trade Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatzaxira»ning 2017 yil 17 noyabrdagi LS 8/18-son ma’lumotnomasi). Natijada quritilayotgan xomashyoning kimyoviy, biologik, strukturaviy xossalarining o‘zgarishi 18–22%ga,  umumiy energiya sarfini 12%gacha kamaytirish, ishlab chiqarish unumdorligini 20–25% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish