Kadirov Shoxruxbek Musajon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (“Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3983.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Bahriddin Ahmedovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Yarmatov Raximboy Baxromovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik ierarxiyasi tarixiy kontekstdagi davriy muammoni tanlash, uni analiz (qismlarga ajratish), sintez qilish asosida konstruktiv bog‘lash, dalillarga tayanib tarixiy-falsafiy muammoning muqobil echimlarini hisobga olish kabi metodik imkoniyatlari asosida aniqlashtirilgan;
analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelning tashkiliy-metodik komponenti yaxlit texnologik tuzilma sifatidagi gnoseologik (anglashga doir) mazmunni ta’limning kognitiv (bilishga doir) funksionalligi bilan o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari fikrlash jarayonida emotsionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini integrallashgan tarix va falsafa ta’limida pedagogik ketma-ketlik (to‘ldirish, bog‘lash, uzviylashtirish) vositasida aniqlashtirilgan;
“Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi kompleks ta’sir etuvchi polifaktorli bosqichlari (bilim, faoliyat, qadriyat) obektiv, subektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik ierarxiyasi tarixiy kontekstdagi davriy muammoni tanlash, uni analiz (qismlarga ajratish), sintez qilish asosida konstruktiv bog‘lash, dalillarga tayanib tarixiy-falsafiy muammoning muqobil echimlarini hisobga olish kabi metodik imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 414645034898878300-raqamli nashr ruxsatnomasi bilan bakalavriatning 60111100 – Tarix yo‘nalishi talabalari uchun nashrga tavsiya etilgan “Tarix falsafasi va metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4162/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning texnologik bosqichlari, uning didaktik imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelning tashkiliy-metodik komponenti yaxlit texnologik tuzilma sifatidagi gnoseologik (anglashga doir) mazmunini ta’limning kognitiv (bilishga doir) funksionalligi bilan o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir ilmiy yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4162/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning interfaol metodlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini fikrlash jarayonida emotsionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini integrallashgan tarix va falsafa ta’limida pedagogik ketma-ketlik (to‘ldirish, bog‘lash, uzviylashtirish) vositasida aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyuldagi 06-31-874-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysining yoshlarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish targ‘ibotiga doir ko‘rsatuvining ilmiy asoslarini takomillashuviga erishilgan;
“Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani asosida talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasini kompleks ta’sir etuvchi polifaktorli bosqichlarini (bilim, faoliyat, qadriyat) obektiv, subektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida dalillashga doir ilmiy yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4162/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarda tarixiy voqelikka nisbatan analogik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirishga xizmat qilgan.