Xamraeva Zebiniso Xaydar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi va semantik tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3005
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Samandarov Rustam Do‘syorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion va semantik tahlili orqali ularning formal-struktur hamda mazmuniy sintaksis nuqtayi nazaridan antroposentrik paradigma mezonlariga tayangan holda nutqiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintaktik (lingvistik) hamda semantik (ekstrolingvistik) omillarning murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasida, ularning kommunikativ funksional qiymat kasb etishida, teng ahamiyatli ekanligi mazmuniy sintaksis hamda antroposentrik paradigma me’zonlariga tayangan holda isbotlangan;
qo‘shma gap, aralash murakkab qo‘shma gaplar, period, prozaik strofa, murakkab sintaktik butunlik kabi sintaktik qurilmalarning har birining struktur-semantik jihatlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ulardagi umumiylik belgilari bunday qurilmalarni murakkab sintaktik qurilma tarzida nomlash mumkinligi asoslangan;
operandlarning parataktik yoki gipotaktik munosabati orqali shakllangan period, murakkab sintaktik butunlik, prozaik strofalar kabi qurilmalar o‘zaro aloqa shakllariga ko‘ra va o‘zaro sintaktik aloqa munosabatlariga ko‘ra farqlanishiga oid qarashlar tavsiflangan va ularning sintaktik-derivatsion va nutqiy-semantik xususiyatlari dalillangan;
murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik xususiyatlari nutqda tinglovchining diqqatini qaratish, uzatilayotgan axborotning ta’sirchanligini oshirish, mazmunni faol uzatish kabi funksional-kommunikativ aspektlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik tahlili tadqiqi boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
murakkab sintaktik qurilmalar qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik xususiyatlari nutqda tinglovchining diqqatini qaratish, uzatilayotgan axborotning ta’sirchanligini oshirish, mazmunni faol uzatish kabi funksional-kommunikativ aspektlari ochib berilishi asosida olingan ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 15-apreldagi 163-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarda til va nutq hamda murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi bilan bog‘liq ilmiy aniqlikning oshirilishi ta’minlangan.
sintaktik (lingvistik) hamda semantik (ekstrolingvistik) omillarning murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasida, ularning kommunikativ funksional qiymat kasb etishida, teng ahamiyatli ekanligi mazmuniy sintaksis hamda antroposentrik paradigma me’zonlariga tayangan o‘rganilishi jarayonida olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 3-apreldagi 709/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha kesimidagi tadqiqot ishlarida hozirgi ingliz va o‘zbek tillaridagi murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik tavsifi nazariy va amaliy tomondan olib borilgan tahlil asosida o‘rganilishi ushbu tadqiqotning natijalariga nazariy asos sifatida xizmat qilgan.
qo‘shma gap, aralash murakkab qo‘shma gaplar, period, prozaik strofa, murakkab sintaktik butunlik kabi sintaktik qurilmalarning har birining o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ulardagi umumiylik belgilari bunday qurilmalarni murakkab sintaktik qurilma tarzida nomlash mumkinligi borasidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida tilshunoslikdagi kompyuter lingvistikasiga oid atamalarning ijtimoiy-siyosiy leksik xususiyatlarini aniqlashda dissertatsiya ilmiy xulosalari va ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 5-apreldagi 729/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan modulda murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik tahliliga oid umumnazariy yondashuvning ingliz va o‘zbek adabiy tillari materialiga tatbiqi asosida qilingan tahlil natijalari lingvistik qonuniyatlarga muvofiq asoslangan.
operandlarning parataktik yoki gipotaktik munosabati orqali shakllangan period, murakkab sintaktik butunlik, prozaik strofalar kabi qurilmalar o‘zaro aloqa shakllariga ko‘ra va o‘zaro sintaktik aloqa munosabatlariga ko‘ra farqlanishiga oid qarashlarga oid nazariy qarashlarga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 3-apreldagi 710/02-son ma’lumotnomasi). Natijada murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi va semantik tahlilining sintaktik-derivatsion va nutqiy-semantik xususiyatlari bo‘yicha olingan olingan xulosalar ingliz va o‘zbek tillari ta’limi mazmunini boyitishga imkon bergan.
hozirgi ingliz va o‘zbek tillaridagi murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik tavsifi nazariy va amaliy tomondan olib borilgan tahlil asosida ishlab chiqilgan xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024 yil 9-mart kuni efirga uzatilgan “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024 yil 17-apreldagi 01-07/79-son ma’lumotnomasi). Natijada murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi hamda semantik tahliliga oid umumnazariy yondashuvning ingliz va o‘zbek adabiy tillari materiallariga tatbiqi asosida qilingan tahlil xulosalari lingvistik qonuniyatlarga muvofiq asoslanishi haqidagi ma’lumotlar Samarqand teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari ijodkorlariga taqdim etilgan va ulardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.