Daminov Navruz Kudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinxron tarjima jarayonida kompressiya va dekompressiya usulidan foydalanish (rasmiy nutqlar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1978.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, redagogika fanlari doktori(DSc), rrofessor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rustamova Shaxnoza Abduraximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinxron tarjima jarayonida xorijiy, qardosh va o‘zbek tillariga tarjima qilishda komrressiya va dekomrressiya usullaridan foydalanishni tadbiq qilish hamda mazkur jarayonda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni qisman bo‘lsa-da engillashtirishga xizmat qiluvchi bu usullarning leksik, semantik va sintaktik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda til birliklari hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi va gaplarning tillararo muqobilligi bo‘yicha semantik, kognitiv qarashlar xorijiy, qardosh va o‘zbek tilidagi rasmiy nutqlarning sinxron tarjimasi asosida dalillangan;
sinxron tarjima jarayonida mukammallikka erishishda vujudga keladigan asosiy muammoli holatga yechim topish va vaqtni tejashda kompressiya hamda dekompressiya usulidan foydalanishning afzalliklari aniqlangan;
sinxron tarjima jarayonida vujudga keladigan informatsion bosimni susaytirish uchun kompressiya va dekompressiya usulidan foydalanish, ushbu turdagi tarjima ko‘rincha oldindan tayyorlanmasdan amalga oshirilishi tufayli tarjimon ma’lum mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi asoslab berilgan;
sinxron tarjima jarayonida vujudga keladigan informatsion bosimni susaytirish uchun kompressiya va dekompressiya usulidan foydalanish yuzasidan turg‘un yoki erkin so‘z birikmalarini almashtirish mumkin bo‘lgan holatlarda bir so‘z bilan ifodalash kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy, qardosh va o‘zbek tillardagi rasmiy nutqlarni sinxron tarjima qilish hamda shu tillarning xususiyatlari va funksional semantik jihatlarining komrressiya, dekomrressiya usullariga bo‘lgan munosabati tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
jahon tilshunosligi va tarjimashunosligidagi til birliklari hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi va gaplarning tillararo muqobilligi bo‘yicha semantik, kognitiv qarashlar xorijiy, qardosh va o‘zbek tilidagi rasmiy nutqlarning sinxron tarjimasi asosidagi tavsiyalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Yevrora Ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-ERR-1-2017-1-ES-ERRKA2-CBHE-JR CLASS: “Comrutational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida mazkur dissertasiyasida erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalda oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023–yil 7-martdagi 662/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh tarjimonlarni tayyorlashda hamda ularni amaliyotda tadbiq etish yuzasidan taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
sinxron tarjima jarayonida mukammallikka erishishda vujudga keladigan asosiy muammoli holat mavjudligi sababli, unga yechim topish va vaqtni tejashda kompressiya hamda dekompressiya usulidan foydalanishning afzalliklari xususida sinxron tarjima jarayonida qo‘llaniladigan strategiyalarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan quyidagi Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” nomli loyihada ilmiy ishning amaliy natijalaridan samarali foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 4-iyundagi 1177/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari sinxron tarjima strategiyalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lishgan;
sinxron tarjima jarayonida vujudga keladigan informatsion bosimni susaytirish uchun kompressiya va dekompressiya usulidan foydalanish, ushbu turdagi tarjima ko‘rincha oldindan tayyorlanmasdan amalga oshirilishi tufayli tarjimon ma’lum mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi xususida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 5-iyundagi 1180/02-son ma’lumotnomasi). Natijada sinxron tarjimonlik faoliyatida qo‘llaniladigan strategiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
og‘zaki nutqni sinxron tarjima qilishda qo‘llaniladigan komrressiya va dekomrressiya usullarini ko‘rib chiqish, ushbu turdagi tarjima ko‘rincha oldindan tayyorlanmasdan amalga oshirilishi tufayli tarjimon ma’lum mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi xususida Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyati teleradiokomraniyasi hamkorligida tayyorlangan hamda Samarqand viloyati teleradiokomraniyasi tomonidan 2023-yil 14-mart sanasida uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvida yoritib berilgan. (Samarqand viloyati teleradiokomraniyasining 2023-yil 15-martdagi 01-07/78-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar bugungi kunda rasmiy nutqlarda voqelangan axborotlarni bir tildan boshqasiga o‘girishning nazariy jihatlarini ochib berishda alohida ahamiyat kasb etishi, xorijiy va qardosh tillardagi rasmiy nutqlarning o‘zbek tilidagi muqobil tarjima variantini yaratish kabi muammolarning ilmiy-nazariy tomonlari to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.