Mirzaeva Shahlo Ruzmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarida emotsional intellektning psixologik xususiyatlari», 19.00.01. – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P484.
Ilmiy rahbar: Shoyimova Shoxista Sanakulovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Meliboeva Rozaxon Nosirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarida emotsional intellektning psixologik xususiyatlarini ilmiy baholash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalariga qo‘rquv hissining past bo‘lishi, xato va kamchiliklarga nisbatan labillik, emotsiyalarini tahlil va nazorat qilish xususiyatlarining xosligi ularda o‘zini va atrofdagilarni tinglash hamda qadriyatlarga nisbatan e’tiborlilik qobiliyatlarini kuchaytirishi sababli o‘zga insonlarning tuyg‘ularini yaxshi tushunuvchanlik, ko‘maklashuvchanlik, omadsizliklardan keyin ham o‘zini tiklay oluvchanlik singari emotsional intellektning yuqori darajasiga mansub sifatlarni shakllantirishi isbotlangan;
individual-dinamik xususiyatlaridagi beqaror faollik va emotsional erglikning etarlicha emasligi tufayli insonlarning emotsiyalarini tushunish va o‘zining emotsional kechinmalarini boshqarishga qiynalishi, emotsional holatlar va his-tuyg‘ularni tahlil qilish ko‘nikmalarining anchagina sust shakllanganligi aralash quyi emotsional, aralash yuqori faol va aralash quyi faol temperamentli talabalarda emotsional intellektning past bo‘lishini belgilovchi xususiyatlar ekanligi empirik dalillangan;
formal-dinamik xususiyatlar sifatida kommunikativ plastiklik va psixomotor emotsionallikning uyg‘unlashuvi empatiya va boshqalarning emotsiyalarini tushunishga, intellektual va kommunikativ emotsionallikning potensialligi esa emotsional xabardorlik hamda emotsional intellektning integrativ darajasini kuchaytirishi sangvinik va xolerik temperamentli talabalar emotsional intellektining yuqori darajasini ifodalashi isbotlangan;
ta’lim bosqichlari dinamikasiga ko‘ra «empatiya»ning yuqori va «o‘z emotsiyalarini boshqarish», «o‘z-o‘zini motivlashtirish»ning quyi darajalari ta’sirida yuqori bosqich talabalarida emotsional so‘nishning «taranglik» (o‘zidan qoniqmaslik) va «rezistensiya» (kasbiy majburiyatlar reduksiyasi), quyi bosqich talabalarida esa «rezistensiya» (emotsional axloqiy dezorientatsiyalashuv) va «toliqish» (emotsional chetlanish) fazalari xosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarida emotsional intellektning psixologik xususiyatlariga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalariga qo‘rquv hissining past bo‘lishi, xato va kamchiliklarga nisbatan labillik, emotsiyalarini tahlil va nazorat qilish xususiyatlarining xosligi ularda o‘zini va atrofdagilarni tinglash hamda qadriyatlarga nisbatan e’tiborlilik qobiliyatlarini kuchaytirishi sababli o‘zga insonlarning tuyg‘ularini yaxshi tushunuvchanlik, ko‘maklashuvchanlik, omadsizliklardan keyin ham o‘zini tiklay oluvchanlik singari emotsional intellektning yuqori darajasiga mansub sifatlarni shakllantirishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7-oktyabrdagi PM-234 sonli buyrugʻi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensil psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-234 a-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarida emotsional intellektning yuqori darajasiga xos psixologik xususiyatlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
individual-dinamik xususiyatlaridagi beqaror faollik va emotsional erglikning etarlicha emasligi tufayli insonlarning emotsiyalarini tushunish va o‘zining emotsional kechinmalarini boshqarishga qiynalishi, emotsional holatlar va histuyg‘ularni tahlil qilish ko‘nikmalarining anchagina sust shakllanganligi aralash quyi emotsional, aralash yuqori faol va aralash quyi faol temperamentli talabalarda emotsional intellektning past bo‘lishini belgilovchi xususiyatlar ekanligi empirik dalillangan giga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7-oktyabrdagi PM-234 sonli buyrugʻi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensil psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-234 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar emotsional intellekti bilan individual xususiyatlarining bogʻliqligi dinamikasini empirik jihatdan tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
formal-dinamik xususiyatlar sifatida kommunikativ plastiklik va psixomotor emotsionallikning uyg‘unlashuvi empatiya va boshqalarning emotsiyalarini tushunishga, intellektual va kommunikativ emotsionallikning potensialligi esa emotsional xabardorlik hamda emotsional intellektning integrativ darajasini kuchaytirishi sangvinik va xolerik temperamentli talabalar emotsional intellektining yuqori darajasini ifodalashi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7-oktyabrdagi PM-234 sonli buyrugʻi bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-234 a-son ma’lumotnomasi). Natijada emotsional intellekt darajalarini talabalarning temperament tiplariga ko‘ra empirik jihatdan dalillangan.
ta’lim bosqichlari dinamikasiga ko‘ra «empatiya»ning yuqori va «o‘z emotsiyalarini boshqarish», «o‘z-o‘zini motivlashtirish»ning quyi darajalari ta’sirida yuqori bosqich talabalarida emotsional so‘nishning «taranglik» (o‘zidan qoniqmaslik) va «rezistensiya» (kasbiy majburiyatlar reduksiyasi), quyi bosqich talabalarida esa «rezistensiya» (emotsional axloqiy dezorientatsiyalashuv) va «toliqish» (emotsional chetlanish) fazalari xosligi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7-oktyabrdagi PM-234 sonli buyrugʻi bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-234 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda emotsional intellekt bilan hissiy so‘nish darajalari o‘rtasidagi bogʻliqlikni aniqlash imkoniyati yaratilgan.