Ikromov Oybek Ibragimoovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda ingliz tilini o‘rganishda xotira tiplari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P638.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Milieva Muattar Gaffarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar xotirasining ingliz tilini o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlarini aniqlashtirish hamda uning o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar xotirasining ingliz tilini o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari dinamikasi orqali, monolingval talabalarda xotiraning mexanik va kinestetik turi, bilingval talabalarda vizual, mantiqiy, audiovizual turlari ustunlik qilishi dalillangan;
talabalar xotirasining ingliz tilini o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari shakllanishi natijasida, ularda kuzatuvchanlik malakasi, tajriba va ko‘nikma mahorati, o‘z tajribalariga tayanishi, predmetli tafakkur, so‘z-mantiqiy tafakkur, ko‘rgazmali tafakkur va kreativ tafakkur sifatlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
talabalar xotirasining ingliz tilini o‘rganishda muhimligi quyidagi sifatlar ya’ni predmetli tafakkur, ko‘rgazmali tafakkur, kreativ tafakkur, mexanik xotira, mantiqiy xotira, vizual xotira, kuzatuvchanlik va hushyorlik bilan harakat qilish qobiliyati singari individual-psixologik omillar yordam berishi isbotlangan;
talabalar xotirasining ingliz tilini o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari shakllanishi natijasida, egiluvchan tafakkur, mexanik, mantiqiy va vizual xotira, kuzatuvchan hamda hushyor kabi individual-tipologik xususiyatlar ishlab chiqilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari rivojlantirish orqali, monolingval talabalarda xotiraning mexanik va kinestetik turi, bilingval talabalarda vizual, mantiqiy, audiovizual turlari ustunlik qilishi dallillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-93-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-93-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar o‘quv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganishiga sabab bo‘luvchi xotira jarayonining o‘rnini aniqlashga erishilgan;
talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari shakllanishi natijasida, ularda kuzatuvchanlik malakasi, tajriba va ko‘nikma mahorati, o‘z tajribalariga tayanishi, predmetli tafakkur, so‘z-mantiqiy tafakkur, ko‘rgazmali tafakkur va kreativ tafakkur sifatlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-93-son buyrug‘i bilan «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-93-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘zlashtirishga doir psixodiagnostik metodikalarni boyitishga erishilgan;
talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganishda muhimligi quyidagi sifatlar ya’ni predmetli tafakkur, ko‘rgazmali tafakkur, kreativ tafakkur, mexanik xotira, mantiqiy xotira, vizual xotira, kuzatuvchanlik va hushyorlik bilan harakat qilish qobiliyati singari individual-psixologik omillar yordam berishi aniqlanganligiga doir yangilik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-93-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-93-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotini yanada boyishi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitidagi individual-tipologik xususiyatlari shakllanishi natijasida, egiluvchan tafakkur, mexanik, mantiqiy va vizual xotira, kuzatuvchan hamda hushyor kabi individual-tipologik xususiyatlar ishlab chiqilganligi isbotlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-93-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-93-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotira jarayonining xorijiy tillarni o‘rganishiga ta’sir etvchi individual-tipologik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish