Shoymurotov Tuychi Xalikulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro-Xiva regioni mezozoy bosimli suv sistemasi neftgazliligining gidrogeologik mezonlari», 04.00.07–Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/GM34.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Boqiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Husanov Sultonboy To‘xtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xabibullaev Ibrohim Xabibullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regioni mezozoy bosimli suv sistemasida er osti suvlarining uglevodorod uyumlari hosil bo‘lishi va joylashuvidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yura va bo‘r yotqiziqlari qatlam suvlarining makro va mikrokomponentlari hamda genetik koeffisientlarining me’yoriy qiymatlarini aniqlash asosida ajratilgan vertikal va lateral gidrokimyoviy zonalar baholangan;
yura va bo‘r yotqiziqlari qatlam suvlari mineralizatsiyasida inversiya holati va B/Br nisbat miqdori ortishi aniqlangan;
uglevodorod uyumlarining hosil bo‘lishi va to‘planishi uchun qulay sharoitli yopiq va ochiq shakldagi past gidravlik bosimli gidrodinamik anomaliyalar ajratilgan;
yura va bo‘r davrlari yotqiziqlaridagi bosimli suv komplekslari qatlam suvlarida sanoat ahamiyatiga ega mikrokomponentlar va kamyob elementlar tarqalishi va ulardan sanoat uchun zarur komponentlar olishda gidromineral xomashyo sifatida foydalanishning innovatsion mohiyati asoslangan;
yura va bo‘r yotqiziqlari qatlam suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik mezonlari asosida uglevodorod xomashyosi uyumlarini ochish bashorati uchun hudud neftegazliligining gidrogeologik omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro-Xiva regioni mezozoy yotqiziqlari neftgazliligining gidrogeologik mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro-Xiva regioni yura va bo‘r davrlari yotqiziqlari bosimli suv komplekslari bo‘ylab flyuidlar migratsiyasi uchastkalari sxematik xaritasi «O‘zgeoburneftegaz» AJ korxonalari tizimiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 28 iyundagi 02-14/1-40-son ma’lumotnomasi). Natijada uglevodorod uyumlarini qidirish bo‘yicha keyingi izlov-qidiruv ishlarini amalga oshirishda strukturali va gidrodinamik tipli tutqichlarni aniqlash imkonini bergan;
uglevodorod uyumlari tarqalish tarzi gidrodinamik modellari Ruboiy, Sherkent konlari hududlarida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 28 iyundagi 02-14/1-40-son ma’lumotnomasi). Natijada uglevodorod uyumlari to‘planish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar ajratilgan va qo‘shimcha izlov-qidiruv quduqlari parmalash joylarini aniqlash imkonini bergan;
uglevodorod uyumlari tarqalish tarzi gidrodinamik modellari Sirli, Naur strukturalarida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 28 iyundagi 02-14/1-40-son ma’lumotnomasi). Natijada uglevodorod uyumlari to‘planish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar aniqlangan va yangi izlov quduqlari parmalash joylarini belgilash imkonini bergan.