Turaqulov Rustam Ismatullaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda klinik xususiyatlari va davolashni muvofiqlashtirish», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib470.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Temur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda klinik xususiyatlari hamda davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuE kamqonlik bilan birga kuzatilganda organizmda temir gomeostazini boshqaruvchi oqsil gepsidin ko‘rsatkichni oshishi va temir tanqisligi kamqonligida uning miqdori me’yorda ekanligi isbotlangan;
gepsidinni neyrogumoral omillar IL-1, IL-6, α-O‘NO bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi SYuEning og‘irlik darajasiga hamohang yuqori bo‘lishi va ularni temir preparatlariga rezestentlik kuzatilishi asoslangan;
SYuE temir tanqisligi kamqonligi bilan kechgan bemorlarni davolashda standart davo negizida temir III gidroksid saxaroza preparatini (venofer) vena ichiga tez to‘yintirish dozada qo‘llash IL-1, IL-6, α-O‘NO miqdorlarini ishonchli pasaytirgan;
SYuE negizida rivojlangan surunkali kasalliklar kamqonligida qon zardobidagi yallig‘lanish oldi sitokinlari miqdori kasallikning funksional sinflari oshib borishiga monand yuqori bo‘lishi, uning avj olib borishida ushbu ko‘rsatkichlar bilan gepsidinning o‘zaro hamjihatlikdagi ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kasallikning klinik xususiyatlari va davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Surunkali yurak etishmovchiligiga kamqonlikni ta’siri va davolashni muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 maydagi 8n-r/105-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE negizida rivojlangan kamqonlikni standart davo choralari bilan bir qatorda temir (III) gidroksidsaxaroza yordamida kompleks davolash imkonini bergan;
“Surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda surunkali kasalliklar kamqonligi bilan kechish xususiyatlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 maydagi 8n-r/106-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE kamqonlik bilan kechganda uning markerlarini aniqlash, temir tanqisligi va surunkali kasalliklar kamqonliklarini bir-biridan farqlash va bemorlarni differensial davolashga xizmat qilgan;
SYuE kamqonlik bilan kechgan bemorlarni klinik xususiyatlari va davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi kardiologiya va kardio-reabilitatsiya bo‘limlarida, 2-son Respublika klinik shifoxonasida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-d/91-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar kasallik kechishi ehtimolligini aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirishga va ularning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.