Ergashev Vali Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«O‘tkir va surunkali osteomielitlar shakllanishi mikrobiologik jihatlarning sabab-oqibatli bog‘liqliklari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib384.
Ilmiy rahbar:Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.27.06.2017.Tib/30.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Mamlakat Aynakulovna,tibbiyot fanlari doktori, professor;Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor .
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir hamda surunkali osteomielitlar shakllanishi mikrobiologik jihatlarining sabab-oqibatli bog‘liqliklarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
osteomielitlar shakllanishi va patologik jarayonning o‘tkirdan surunkaliga o‘tishida Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella spp, Candida spp, Bacteroides spp asosiy qo‘zg‘atuvchilar ekanligi isbotlangan;
osteomielitda patologik jarayon va kasallikning klinik oqibatlari qo‘zg‘atuvchilarni virulent shtammlar bilan almashishiga bog‘liqligi aniqlangan;
osteomielit shakllarida qo‘zg‘atuvchilarning monokul`tura hamda assotsiatsiya holatidagi patologik jarayon kechishida makroorganizm holati birlamchi, qo‘zg‘atuvchi ikkilamchi ekanligi isbotlangan;
osteomielitlar surunkali shaklga o‘tishida qo‘zg‘atuvchilar unishining dinamikada oshishi, mikroorganizmlar assotsiatsiyalari identifikatsiya qilinishi, assotsiatsiyada anaeroblar aniqlanish mezonlari ishlab chiqilgan;
o‘tkir osteomielitlarda Staphylococcus aureus barcha shtammlarning 51,9%ini tashkil etgani holda, surunkali osteomielitda 26,7%gacha kamayganligi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli yoshdagi bemorlarda kechgan osteomielitlar bakteriologik tashxisi zamonaviy holati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
osteomielitlar bilan kasallangan bemorlar mikrobiologik tashxisi asoslarini o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan «Osteomielitlar qo‘zg‘atuvchilarining mikrob manzarasi va ular unish darajalarining tashxisiy qiymati» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 martdagi 8n-r/55 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada o‘tkir osteomielitlarda Staphylococcus aureus yetakchiligi, surunkali shaklga o‘tishida Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella spp, Candida spp, Bacteroides spp asosiy qo‘zg‘atuvchilar ekanligi, qo‘zg‘atuvchilar unishi oshishi, mikroorganizmlar assotsiatsiyalari identifikatsiya qilinishi, assotsiatsiyada anaeroblar aniqlanish mezonlari, virulent qo‘zg‘atuvchilar bilan almashishi, makroorganizm holati birlamchi, qo‘zg‘atuvchi ikkilamchi ekanligi tavsiya etilgan;
o‘tkir va surunkali osteomielitlar etiologik agentlari manzarasi, shakllanishi hamda o‘tkirdan surunkali ko‘rinishga o‘tishi sabab-oqibatli bog‘liqliklarini o‘rganish barobarida ularning mikrobiologik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Xorazm viloyati va Toshkent shahar Yashnobod tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 martdagi 8n-r/55-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiyotga joriy etilishi bakteriologik tadqiqotlar o‘tkazishda byudjet mablag‘laridan bakteriologik tekshirishning har bittasi bo‘yicha 63000 so‘mni tejash imkonini bergan.