Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Odatiy homila tashlash shakllanishining ayrim patogenetik mexanizmlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Tib27.

Ilmiy maslahatchi: Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Zaur Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov  Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universtiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: homila tushishi patogenezida endoteliotsitlarning funksional buzilish roli va ahamiyatini belgilash, reproduktiv yo‘qotishni pasaytirish maqsadida uni prognozlash, tashxislash, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

homila tushish xavfi bo‘lgan homiladorlar qonida eritrotsitar va leykotsitar komponentlar holati bilan endoteliy tizimining solishtirma aniqlash afzalligi o‘zaro isbotlangan;

endoteliy disfunksiyasi markerlarini belgilash xavf guruhidagi homiladorlarda endoteliy yallig‘lanishi va qon tomirlar buzilishi darajasi aniqlangan;

trombotsit va leykotsitlarning morfofunksional holatini belgilash gemostaz tizimida o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam berishi aniqlangan;

homila tashlashda deskvamatsiyalangan endoteliotsitlar sonining oshishi endoteliy jarohatlanishini markeri hisoblangan, bu gestatsiya buzilishining asosiy xavfi ekanligi isbotlangan;

birinchi homila tashlash bo‘lgan ayollarda perinatal yo‘qotishlarni pasaytirish maqsadida ishlab chiqilgan algoritmga muvofiq muddatdan avval tug‘ruqlarni prognozlash va reproduktiv yo‘qotmalarning oldini olish imkoniyati isbotlangan;

azot oksidi tizimi, gemostazning trombotsitar bo‘g‘imi va eritrotsitlarning metabolizmi holatini bachadon va yo‘ldoshda qon aylanishini aniqlash bilan birgalikda kompleks baholash homila tashlash xavfi bo‘lgan ayollarda yo‘ldoshda qon aylanishining buzilish darajasini belgilashga imkon beruvchi deb isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Odatiy homila tashlash va muddatdan avval homila tushishi bo‘lgan ayollarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

“Odatiy homila tashlash bo‘lgan ayollarda homiladorlikni saqlash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 iyundagi 8n-r/165-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya bachadon tonusini an’anaviy baholashga nisbatan muddatdan avval tug‘ruqlarni ul`tratovushli tekshirishda 3 karra aniqroq prognozlashni oshirishga imkon  bergan;

“Endoteliy disfunksiyasi – homila tashlashning sababi va asorati” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 8n-d/52-son ma’lumotnomasi). Ushbu qo‘llanma shifokorlar uchun muddatdan avval tug‘ruqlar patogenezi haqidagi bilimlarini oshirishga imkon bergan;

tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika va shahar perinatal markazlari va Andijon viloyati Perinatal markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 iyundagi 8n-r/165-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi birinchi homila tashlashni prognozlash va davolash uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatining sezilarli yaxshilanishiga, jumladan perinatal kasalliklar chastotasini 22%ga va muddatdan avval tug‘ruqlarda o‘lim ko‘rsatkichlarini 18%ga pasaytirishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish