Karimbaev Eldor Xalmuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Legirlangan yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan kupratlarning normal va o‘tao‘tkazuvchan holatlaridagi g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarining miqdoriy nazariyasi”, 01.04.02 – Nazariy fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/FM279
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti va O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Rustam Yavkachevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Farg‘ona davlat universiteti); Sapaev Usman Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori (I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz instituti); Gafur Gulyamov, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Namangan muhandislik-qurilish instituti).
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoqiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kam va optimal legirlangan YHO‘O‘-kupratlarining normal va o‘tao‘tkazuvchan holatlaridagi g‘ayrioddiy termodinamik va boshqa bog‘liq xususiyatlarining miqdoriy nazariyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
legirlangan YHO‘O‘-kupratlaridagi bipolaronlar va kichik (polaron) Kuper juftliklarining Bose-Eynshteyn kondensatsiyasi haroratiga tashqi bosim va bozonlararo o'zaro ta'sirning juda o'xshash va sezilarli tarzda namoyon bo'lishi ko'rsatildi;
legirlangan YHO‘O‘-kupratlarining normal holatidagi g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarni to'g‘ri tasvirlaydigan miqdoriy nazariya ishlab chiqilgan;
YHO‘O‘-kupratlarining normal holatidagi termodinamik parametrlar (elektron issiqlik sig‘imi)ning xarakterli haroratga bog‘liqligi aniqlangan va ular hisoblash natijalariga asoslangan;
La₂₋ₓSrₓCuO₄ va YBa₂Cu₃O₇₋δ asosli YHO‘O‘-kupratlarining Ts haroratidan yuqoridagi g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarning haqiqiy tabiati va kelib chiqishi aniqlangan hamda ushbu YHO‘O‘-kupratlarining normal holatidagi elektron issiqlik sig‘imining haroratga bog‘liq eksperimental natijalari izohlandi;
birinchi marta legirlangan YHO‘O‘-kupratlarining o‘ta o‘tkazuvchan holatidagi g‘ayrioddiy termodinamik va boshqa bog‘liq xususiyatlarni to‘g‘ri tasvirlaydigan miqdoriy nazariyasi ishlab chiqildi va legirlangan YHO‘O‘-kupratlaridagi kichik Kuper juftliklardan tashkil topgan o‘taoquvchan (o‘tao‘tkazuvchi) Bose-gazining issiqlik sig‘imi va entropiyasi uchun analitik ifodalar past haroratlar T≪Tc da va Tc ga yaqin haroratlarda olindi;
legirlangan YHO‘O‘-kupratlarining o‘tao‘tkazuvchan holatidagi termodinamik parametrlarning xarakterli haroratga bog‘liqligi aniqlanib, Tc haroratidan past haroratlardagi eksperimental ravishda kuzatilgan g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlar, xususan, issiqlik sig‘imining λ-ga o‘xshash g‘ayrioddiyliklari izohlandi;
birinchi marta Ginzburg-Landau fenomenologik nazariyasi va 3D Bose-suyuqlik o‘ta o‘tkazuvchanlikning mikroskopik nazariyasidan foydalangan holda II turdagi bozon (kuprat) o‘ta o‘tkazuvchilarining termodinamik kritik magnit maydoni Hc(T) va yuqori kritik magnit maydoni Hc2(T) uchun yangi ifodalar olindi;
YHO‘O‘-kupratlarining termodinamik magnit maydoni Hc(T), yuqori kritik magnit maydoni Hc2(T) va yangi o‘ta o‘tkazuvchi tartib parametri ΔSC(T) ning xarakterli haroratga bog‘liqligi aniqlanib, YHO‘O‘-kupratlarida Hc(T), Hc2(T) va ΔSC(T) yaqinida kink-ga o‘xshash xususiyatlar mavjud bo‘lishi mumkinligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Legirlangan yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan kupuratlarning normal va o‘tao‘tkazuvchan holatlaridagi g‘ayrioddiy termodinamik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida quyidagilar aniqlandi:
tashqi bosim (kuchlanish) va bozonlararo o‘zaro ta’sirning bipolaronlar va kichik polaron Kuper juftlarining BEK haroratiga ta’siri legirlangan YHO‘O‘-kupuratlarda o‘xshash va sezilarli tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu natijalar xorijiy tadqiqotchilar (Int. Jour. of Mod. Phys. B 30, No. 26 (2016) 1650186, The European Physical Journal B 86 (2013) 312, Jour. of Low Temp. Phys. 213 (2023) 291, Physica C 604 (2023) 1354177, Jour. of Supercond. and Nov. Mag. 35 (2022) 3529) tomonidan havolalar berilgan. Ushbu ilmiy natijalar tashqi bosim va bozonlararo o‘zaro ta’sirning legirlangan YHO‘O‘-kupuratlarda bipolaronlar va kichik polaron Kuper juftlarining BEK haroratiga ta’sirini izohlash imkonini berdi;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan va legirlangan YHO‘O‘-kupuratlarning normal holatdagi g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarini, shuningdek, ularning termodinamik parametrlarining xarakterli haroratga bog‘liq o‘zgarishini tasvirlaydigan miqdoriy nazariya xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanildi (Jour. of Phys. 592 (2015) 012075, Int. Jour. of Mod. Phys. B 29, No.24 (2015) 1550180, Phys. Lett. A 383 (2019) 1330). Ushbu ilmiy natijalar yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchi materiallarning normal holatidagi elektron issiqlik sig‘imining xatti-harakatini tushuntirishga yordam berdi;
YHO‘O‘-kupuratlar (La2-xSrxCuO4 va YBa2Cu3O7-δ) ning Tc dan yuqori haroratdagi termodinamik xususiyatlari g‘ayrioddiyliklari mohiyati va kelib chiqishini aniqlash va tajriba natijalarini izohlash xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ishlatildi (J. Phys. Chem. Solids 161 (2022) 110451, Physica A 517 (2019) 197, Physica Scripta 94, No.5 (2019) 273, Phys. Lett. A 381 (2017) 3089). Ushbu natijalar nanostrukturali qatlamlar va foton kristallardan foydalangan holda samarali quyosh elementlarini yaratish va amaliy qo‘llashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda yordam berdi;
birinchi marta ishlab chiqilgan miqdoriy nazariya, YHO‘O‘-kupuratlarning o‘tao‘tkazuvchan holatidagi g‘ayrioddiy termodinamik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini va legirlangan YHO‘O‘-kupuratlarda kichik polaron Kuper juftlari o‘taoquvchan suyuqlik gazining issiqlik sig‘imi va entropiyasining analitik ifodalarini T<<Tc past haroratlarda va Tc ga yaqin haroratlarda tasvirlaydi, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanildi (Handbook of Superconductivity: Fundamentals and Materials, 1 (2022) 73, Physica C 562 (2019) 56, Phys. Lett. A 452 (2022) 128447, Phys. Lett. A 383 (2019) 1330). Ushbu ilmiy natijalar o‘zgaruvchan kupuratlarda zaryad tashuvining tabiati haqida tushuncha berdi.
legirlangan YHO‘O‘-kupuratlarning o‘tao‘tkazuvchan holatidagi termodinamik parametrlarning xarakterli haroratga bog‘liq o‘zgarishlari natijalari va Tc dan pastdagi g‘ayrioddiy termodinamik xususiyatlarning xatti-harakatini, ayniqsa Tc yaqinida haroratga bog‘liq λ-ga o‘xshash anomaliyalarni xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanildi (Mod. Phys. Lett. B 38, No. 19 (2024) 2450147, Eurasian Phys. Tech. Jour. 21 No. 1 (2024) 47, Sci. Rep. 2019, Low Temp. Phys. 48 (2022) 72, Ann. der Physik (2019), Int. Jour. of Mod. Phys. B 32, No. 11 (2018) 1850130, Phys. Stat. Sol. b 2021, Phys. Lett. A 384 (2020) 126701). Ushbu ilmiy natijalar YBCO kupuratlarida psevdotirqishning haroratga bog‘liq o‘zgarish maksimumini BEK-BKS krossover harorati sifatida tanlashning ilmiy asosini berdi.
YHO‘O‘-kupuratlarda termodinamik kritik magnit maydon Hc(T), yuqori kritik magnit maydon Hc2(T) va yangi o‘tao‘tkazuvchanlik tartib parametri ΔSC(T) uchun olingan ifodalar, ushbu parametrlarning xarakterli haroratga bog‘liq o‘zgarishlari va Hc(T), Hc2(T) va ΔSC(T) yaqinida kink-simon xususiyatlarning mavjudligi xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanildi (Phys. Lett. A 381 (2017) 2731, New J. Phys. 24 (2022) 093026, Pramana 97 (2023) 205, Mod. Phys. Lett. B 35 (2021) 2150190). Ushbu ma'lumotlar parametrlarning haroratga bog‘liq o‘zgarishlarini aniqlashtirish va YHO‘O‘-kupuratlar uchun Hc(T), Hc2(T) va ΔSC(T) da kink-simon xususiyatlarning mavjudligini tasdiqlash imkonini berdi.