Urinov Sunnatillo Xudoyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nochiziqli elektrodinamikaning qora tuynuklar atrofida astrofizik jarayonlarga ta’siri(ModMax nazariyasi misolida)”, 01.04.02-Nazariy fizika va 01.03.01-Astranomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1169
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutidagi  DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar:   Ibadov R.M., fizika-matematika fanlari doktori, professor, Abdujabbarov A.A., fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: B.A.Toshmatov, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Yangi O‘zbekiston universiteti professori); A.I.Mamadjanov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent  (Namangan muhandislik-qurilish instituti)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trigonometrik yig‘indilar yordamida berilgan bir juft natural sonni bir vaqtning o’zida to’rtta tub sonlarning yig‘indisi ko’rinishida tasvirlashlar soni uchun quyidan baho olish hamda deyarli teng qo’shiluvchilar bo‘yicha Goldbaxning ternar muammosini umumlashtirish masalasida echimlari soni uchun asimptotik formula olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    Qora tuynuk yaqinidagi gorizont tuzilishi va fotonlarning harakat tenglamalari o‘rganilib, ularning samarali potensial va qora tuynuk soyasining shakliga ta’siri ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, ModMax qora tuynuk parametrlarining, ya’ni, aylanish, zaryad va ModMax parametrlarining energiya chiqarish jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida, ModMax parametrini oshirish qora tuynuk mavjud bo‘lish sohasini kengaytiradi.
Zaryadlangan aylanuvchi ModMax qora tuynugining voqealar gorizonti tuzilishi quyidagicha o‘zgaradi: gorizont radiusi ModMax parametrlarining qiymati oshishi bilan o‘sadi, zaryad parametri o‘sishi bilan esa kamayadi. Shuningdek, ModMax parametrlarining oshishi bilan ichki (Koshi) gorizont radiusi kamayib, tashqi gorizont radiusi o‘sishi ko‘rsatildi.
Effektiv potensialning foton orbitasiga mos keluvchi maksimum zaryadning oshishi va ModMax parametrlarining o‘zgarmagan holda chap tomonga siljishi bilan oshishi ko‘rsatildi .
Hamilton-Yakobi formulasi va o‘zgaruvchilarni ajratish usulidan foydalanilib, qora tuynuk atrofidagi fotonning harakat tenglamasi hosil qilingan. Geodezik tenglamalar yordamida qora tuynuk soyasining ko‘rinadigan shakli fazoviy koordinatalarida aniqlandi. ModMax parametrlarining oshishi bilan qora tuynuk soyasining  kattalashishi aniqlangan.
Zaryad va ModMax parametrlarining mavjudligi tufayli foton orbitasining kamayishi kuzatildi. Kuchsiz gravitatsion linzalanish tahlili shuni ko‘rsatdiki, Dyonik ModMax parametrlarining mavjudligi og‘ish burchagini kamaytiradi.
O‘zgarmas plazma holatida plazma parametri oshishi bilan foton va soya radiusining kamayishi aniqlandi.
Qora tuynukning ergosfera qalinligi zaryad va aylanish parametrlarining oshishi bilan ortib boradi, ModMax parametrlarining oshishi bilan esa ingichkalashadi.
Qora tuynukning ichki barqaror aylanuvchi orbitasi (ISCO) radiusi ModMax parametrlarining oshishi bilan ortadi, qora tuynukning zaryadi oshishi bilan esa ISCO radiusi kamayadi.
Qora tuynuk gorizonti yaqinida ikkita masaga ega bo‘lgan sinov zarralarning to‘qnashishi natijasida energiya chiqarish jarayonining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ekstemal qora tuynuk holatida markaziy massa energiyasi cheksiz yuqori bo‘lishi mumkin, ammo nodavriy qora tuynuklarda bunday bo‘lmaydi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modernizatsiyalangan gravitatsiya  nazariyasida elektromagnit maydon va zaryadlangan zarrachalar harakatining ishlab chiqilgan matematik modellari asosida:
magnitlangan zarrachalarning harakatlanish xususiyati va magnit effektlari xitoylik olimlar tomonidan Shanxaydagi Fudan universitetida (FU) ishlatilgan (Fu, Xitoy, 2023-yil 3-fevral). Natijasida, zarrachalarning magnit zaryadining qiymati va bu zarralar orbitalaridagi deformatsiyalangan fazo effektlari hisoblab chiqilgan;
zaryadlangan zarrachalar harakati bo‘yicha natijalar xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida qo‘llanilgan, magnitlangan zarrachalarning aylanadigan qora o‘ra atrofidagi ta’sirini tavsiflash uchun yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan 3 dan ortiq ilmiy maqolalarda  foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, modernizatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida elektromagnit maydon va magnitlangan zarralarning kompakt o‘bektlar atrofidagi harakati haqida ma’lumot olingan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish