Umatalieva Kamila Taxirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasb-hunar kolleji o‘qituvchisining metodik kompetensiyasini uzluksiz rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish  (malaka oshirish  tizimi misolida)», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped395. 

Ilmiy rahbar: Olimov Kahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Turaqulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo‘jaligin mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.

II. Tadqiqotning maqsadiinnovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda malaka oshirish jarayonida kasb-hunar kolleji o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

texnik, psixologik va pedagogik bilimlar aloqadorligini chuqurlashtirish orqali maxsus fan o‘qituvchilarining ijodiy-intellektual tafakkurini shakllantirishda metodik kompetensiyani rivojlantirishning tezkorlik, jadallik va natijadorlik imkoniyatlari ochib berilgan;

o‘qituvchilarning metodik kompetensiyalari elementlarini uzluksiz rivojlantirishga qaratilgan «Analogiya», «Assotsiogramma» va «Mind Map» kabi variativ ta’lim texnologiyalarini malaka oshirish kurslarida qo‘llash  asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;

o‘qitishning androgogik, texnologik va kompetentlik yondashuvlarini integratsiyalash asosida malaka oshirish tizimida innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish orqali kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni mazmuni (innovatsion, ob’ektiv va masofaviy) takomillashtirilgan;

kasb-hunar kolleji o‘qituvchisining metodik kompetensiyasining uzluksiz rivojlantirish jarayonini kompleks baholash va nazorat qilish bo‘yicha kompetentlik sifat ko‘rsatkichlari va mezonlari (faoliyatlilik, tadqiqotchilik va ijodiy yaratuvchanlik) ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilari metodik kompetensiyasining uzluksiz rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

o‘qitishning androgogik, texnologik va kompetentlik yondashuvlarini integratsiyalash asosida malaka oshirish tizimida innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish va kasb-hunar kolleji o‘qituvchisining metodik kompetensiyasini uzluksiz rivojlantirish jarayonini kompleks baholash va nazorat qilish imkoniyatlaridan malaka oshirish jarayonida umumkasbiy «Innovatsion ta’lim texnologiyalari» modulini o‘qitishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 iyundagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan o‘quv moduli metodik kompetensiyani rivojlantirishga hamda o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini tashkillashtirishga  xizmat qilgan.

metodik kompetensiyani uzluksiz rivojlantirishga qaratilgan «Analogiya», «Assotsiogramma» va «Mind Map» kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari «Kattalarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyasi» oid uslubiy ta’minot mazmuniga singdirilgan va amalga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 13 iyundagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma kattalarni o‘qitish jarayonida kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilgan;

maxsus fan o‘qituvchilarining ijodiy-intellektual tafakkurini shakllantirishda jadallik, tenglik va variativlik kabi tamoyillarga asoslangan holda texnik va pedagogik bilimlar qamrovini kengaytirish orqali metodik kompetensiyani uzluksiz rivojlantirish bo‘yicha elektron ta’lim resursi yaratilgan va amalga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 13 iyundagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron o‘quv-uslubiy ta’minot kattalarni o‘qitish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish