Usmonqulova Aziza Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Og‘ir metallar kationlari (Ni va Cd) bilan ifloslangan tuproqlarning mikrobiologik remediatsiyasi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1089.
Ilmiy rahbar: Kadirova Gulchehra Xakimovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.38.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abduxoliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxsumxanov Ahmadjon A’zamxanovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ni2+ va Cd2+ kationlariga chidamliligi yuqori bo‘lgan mahalliy bakteriya shtamlarining Ni2+ va Cd2+ kationlari bilan ifloslangan tuproqlarni bioremediatsiya qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlaridan ajratib olingan Cd2+ va Ni2+ ionlarining turli konsentratsiyalariga yashovchanligi yuqori bo‘lgan bakteriyalar aniqlanib, morfologik-kultural, biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari asosida bakteriyalar mahalliy shtammlarining Pseudomonas aeruginosa 18, Enterobacter ludwigii 11Uz, Enterobacter cloacae Uz_5 turlarga mansubligi aniqlangan;
bakteriyalarning Cd2+ va Ni2+ ionlari ta’sirida morfologik-kultural va fiziologik-biokimyoviy xossalari aniqlangan, xususan, Cd2+ kationing 4,1 mg/l konsentratsiyasi ta’sirida hujayralar shakli nazoratga (0,5-1,0 x 1,5-5,0 mkm) nisbatan 1,5-2 barobar yiriklashganligi va 24,6 mg/l konsentratsiyada o‘stirilgan hujayralarning eni 0,4-0,7 mkm gacha qisqarishi, Ni2+ ning 574,2 mg/l konsentratsiyasida jelatinaza, nitrat reduktaza faolligi, saxaroza va mannozani o‘zlashtirish xususiyati ingibirlanishi aniqlangan;
Ilk bor Cd2+ va Ni2+ kationlariga o‘ta chidamli bakteriyalar mahalliy shtammlarining o‘sishi va rivojlanishida og‘ir metallarning miqdori 5 REChU dan 30 REChU gacha oshib borishi bilan 1-aminotsiklopropan-1-karboksilat deaminaza va superoksid desmutaza fermentlari, fitogormonlar va ekzopolisaxaridlar ishlab chiqarishi ham ortib borishi aniqlangan;
Ni2+ va Cd2+ ionlari bilan kuchli ifloslangan hududlarni mikrobiologik remediatsiyasini ta’minlashda mikroorganizmlarning mahalliy shtammlaridan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikroorganizmlar tomonidan Ni2+ va Cd2+ kationlari bilan ifloslangan tuproqlarning bioremediatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand va Qashqadaryo viloyati kimyo korxonalari atrofidagi og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlardan og‘ir metallarga chidamli va rezistentligi yuqori Pseudomonas va Enterobacter avlodlariga mansub shtammlari ajratib olingan. Ajratilgan bakterial shtammlari genetik identifikatsiya qilingan hamda shtammlarning 16S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar ba’zasida Pseudomonas aeruginosa 18 (OQ932917.1), Enterobacter ludwigii 11UZ (OQ932957.1), Enterobacter cloacae UZ_5 (OQ932923.1) ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 4/1255-2357-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sanoat uchun muhim mikroorganizmlar to‘plami” kolleksiyasini boyitish, elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirishi hamda dunyoning turli mintaqalarida Pseudomonas va Enterobacter avlodlariga mansub turlarni tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
toksik elementlarga yuqori rezistent bo‘lgan mikroorganizmlarning mahalliy shtammlari Pseudomonas aeruginosa 18, Enterobacter cloacae Uz_5 va Enterobacter ludwigii 11 Uz asosida tayyorlangan suyuq suspenziyali mikrob konsorsiumi asosida tayyorlangan biopreparati Samarqand viloyati, Pasdarg‘om tumani kimyo zavodi korxonasi atrofidagi “Karimqulov Arslonqul” fermer xo‘jaligi tuproqlarida hamda Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumani, “Kaliy zavodi” korxonasi atrofidagi dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2023-yil 21-noyabrdagi 04/29-06/1372-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mikrob konsorsium tuproqqa qo‘llanilgandan keyingi 3 oy davomida Cd2+ va Ni2+ kationlari harakatchan formalarining tuproqdagi ruxsat etilgan miqdoridan 5 va 10 marta yuqori konsentrasiyasini mos ravishda 16 va 12% dan, 18 va 14% gacha umumiy konsentrasiyadagi harakatchan formalarining esa 20-23% ga kamaytirish imkonini bergan;
mikrob konsorsiumi asosida tayyorlangan biopreparat tuproqda ekzopolisaxaridlar, fitogormonlar, antioksidant fermentlar sintezlashi tufayli og‘ir metallar va pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlarning unumdorligini oshirishi va o‘simliklarning stress sharoitlariga moslashuvchanligini ta’minlashida qo‘llanilishi Samarqand viloyati, Pasdarg‘om tumani kimyo zavodi korxonasi atrofidagi “Karimqulov Arslonqul” fermer xo‘jaligi tuproqlarida hamda Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumani, “Kaliy zavodi” korxonasi atrofidagi dala maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2023-yil 21-noyabrdagi 04/29-06/1372-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan bug‘doy o‘simligi nihollarining unuvchanligi nazoratga nisbatan 4-6% ga yuqori bo‘lgan, o‘simlik poyalari baquvvat, fotosintez jarayoni jadal amalga oshganligi hamda nazoratga nisbatan tajriba variantlarida hosildorlik 3-4 sentnerga oshishi imkonini bergan.