Nasritdinova Umida Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda uch o‘lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kompyuter grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped424.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Dilarom Fayzullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Abdukaxxor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidkarim Saydinabievich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda uch o‘lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik (kreativ, lateral fikrlash, tasvirlash, ob’ektni grafik o‘qish), didaktik (topshiriqni uch o‘lchamli modellashtirish usullari, vizual modellashtirish), texnik (video rolik (grafik topshiriqqa oid)) mezonlarining o‘zaro ta’sirlashuvi va aloqadorligi talabalarning grafik tafakkurini kvalimetrik parametrlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi” o‘quv fani mazmuni va didaktik vositalari imitatsion modellashtirish texnologiyasi (murakkab ob’ektlar qurish, algoritmik jarayonlar, mantiqiy harakatlar)ning fazoviy grafik tasvirlash imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda motivatsion faoliyatni rivojlantirishning konseptual, reflekciv, integrativ komponentlari virtuallik (tovush, uch o‘lchamli grafik) va illyustrativlik (animatsiya, dizayn, foto) xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning moslashuvchanlik, kommunikativlik, intellektuallik, ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minoti uch o‘lchamli ob’ektlarga xos operatorlarning funksionalligiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda uch o‘lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida kompyuter grafikasi fanini o‘qitishda uch o‘lchamli modellashtirishdan foydalanishga oid takliflar suv xo‘jaligida kasb ta’limi va texnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 17 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlanib, O‘z DSt BD-5340700-2.07-son raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan). Natijada mazkur o‘quv fanlari bo‘lajak mutaxassislarda grafik tafakkurni rivojlantirishda kasbiy mobillikni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratgan va bo‘lajak mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalarini tezkor o‘zlashtirishi, ilm olishga, kasbiy mahoratni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minoti uch o‘lchamli ob’ektlarga xos operatorlarning funksional imkoniyatlari asosida o‘qitishni takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid metodik tavsiyalardan U-2014-4-7 raqamli “3 o‘lchamli formatda namoyish etish maydon platformasini yaratish hamda ishlanma va texnologiyalarning vertual namunalarini modellashtirishni tashkil etish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 18 yanvardagi 33-8/295-son ma’lumotnomasi). Natijada uch o‘lchamli formatdagi ishlanmalarning namunalarini modellashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va bo‘lajak mutaxassislarning intellektual, professional loyihalash madaniyati sifatlarini rivojlantirishda o‘quv jarayonida didaktik vosita sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik, didaktik, texnik mezonlarining o‘zaro ta’sirlashuvi va aloqadorligi, grafik tafakkurga oid kvalimetrik parametrlar asosida ishlab chiqilgan immitatsion modellashtirish texnologiyasidan o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 89-04-1392-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik taklif va tavsiyalar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda moslashuvchanlik, kommunikativlik, intellektuallik, ijodiy-yaratuvchanlik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan.