Yusupova Feruza Maxkamovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Vo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2916.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurulla Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik xususiyatlari ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini madaniyatlararo kompetensiyani o‘rganish aylanma doirasi hamda madaniyat assimilyatori treningi vositasida lingvistik jihatdan dalillash asosida aniqlashtirilgan;
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga mos keluvchi metodlar tizimini talabalarning madaniy shakllanganlik darajasini etnotsentrik bosqichdan etnorelyativistik bosqichga ularning individual ta’lim traektoriyasini inobatga olgan holda yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning funksional modeli pedagogik jarayon algoritmini talabalarning kognitiv, affektiv va pragmatik-kommunikativ subkompetensiyalarini epistemiologik va informatsion til funksiyalari kesimida madaniyatlararo tafovutlarni integratsiyalashga muvofiq moslash asosida takomillashtirilgan;
madaniyatlararo muloqotni o‘qitishning metodik-didaktik tizimi madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish jarayoniga tizimli, yaxlit, kontekstual, kompetensiyaviy va shaxsiy faoliyat yondashuvlarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning amaliy mexanizmlarini vitagen ta’limga qo‘yilayotgan ergonomik talablarga muvofiq tizimli yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik xususiyatlari ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini madaniyatlararo kompetensiyani o‘rganish aylanma doirasi hamda madaniyat assimilyatori treningi vositasida lingvistik jihatdan asoslashga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2021-2022 yillar davomida amalga oshirilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER- hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024 yil 22-yanvardagi 02/12-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari takomillashtirilgan;
redagogik jarayon algoritmini talabalarning kognitiv, affektiv va pragmatik-kommunikativ subkompetensiyalarini epistemiologik va informatsion til funksiyalari kesimida madaniyatlararo tafovutlarni integratsiyalashga muvofiq moslash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning funksional modeli bo‘yicha takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali dissertatsiyas natijalaridan institutda 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 16-oktyabrdagi 504-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning pragmatik-kommunikativ subkompetensiyalarini epistemiologik va informatsion til funksiyalari kesimida madaniyatlararo tafovutlarni integratsiyalashga erishilgan;
madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish jarayoniga tizimli, yaxlit, kontekstual, kompetensiyaviy va shaxsiy faoliyat yondashuvlarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning amaliy mexanizmlarini vitagen ta’limga qo‘yilayotgan ergonomik talablarga muvofiq tizimli yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan madaniyatlararo muloqotni o‘qitishning metodik-didaktik tizimi bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston“ teleradiokanalida “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshitirishlar“ muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot“, “Bolalar uchun“ radioeshittirishlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston“ teleradiokanalining 2024 yil 26-yanvardagi 04-36.117-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy va shaxsiy faoliyat yondashuvlarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning amaliy mexanizmlari keng jamoatchilikka tanishtirilgan.