Muxammadiev Komil Burxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida talabalarning atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatlarini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped274.
Ilmiy rahbarlar: Turdiqulov Eshboy Otaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich,pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aripov Yunus Yusufovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida talabalarning atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatlarini rivojlantirish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya jarayonida talabalarda tabiatning tabiiy omillari ta’siriga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari milliy harakatli va harakatli o‘yinlar hamda noan’anaviy ishlab chiqilgan vositalar yordamida rivojlantirilgan;
havo harorati yuqori bo‘lgan tog‘ sayohatlarida, sport majmualarida ekomarafonlarni o‘tkazishda talabalarning atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatlarining ko‘nikma va malakalari auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda engil atletikaning maxsus mashqlarini qo‘llash asosida rivojlantirilgan;
talabalar bilan o‘tkazilagan tog‘ sayohatlarida yurak qisqarish chastotasi, qon bosimi, nafas olish chastotasi va gemodinamik o‘zgarishlar tiklanuvchi maxsus mashqlar yordamida me’yorlashtirilgan;
talabalarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatlarini rivojlantirish, mashg‘ulotdan oldin olingan funksional va mashg‘ulot yakunidan o‘n daqiqadan so‘ng qayd etilgan ko‘rsatkichlar optimal jismoniy yuklamalar qo‘llanilganligi sababli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida talabalarning atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
Guliston davlat universiteti “Jismoniy madaniyat va sport” fakul`teti talabalarda tabiatning tabiiy omillari ta’siriga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy harakatli va harakatli o‘yinlar hamda ishlab chiqilgan noan’anaviy vositalar ta’limi jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 89-03-2130-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha 3%, joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha 3,5%, joyidan turib uzunlikka uch hatlab sakrash bo‘yicha 4%, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 3% o‘sishiga erishilgan;
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kasbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida engil atletikaning maxsus mashqlari jismoniy va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 89-03-2130-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda nafas olib, saqlab turish tajriba guruhida 3,2%ga, nafas olish chastotasi 3,8%ga, yurak qisqarish chastotasi 4%ga yaxshilangan;
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qurilish muhandislik ta’lim yo‘nalishi talabalarida me’yorlashtirilgan maxsus mashqlar auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 01-01/1-3-417-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarining chaqqonlik sifati 3,6%, chidamlilik sifati 3,4%, egiluvchanlik sifati 2,8%, tezkorlik sifati 3,5%, kuch sifat 3,2%ga rivojlangan;
Navoiy davlat pedagogika instituti “Jismoniy madaniyat va sport” fakul`teti talabalarining engil atletika o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 01-01/1-3-417-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida talabalarning atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatlari 6,5%, jismoniy imkoniyatlari 4,7%ga rivojlanishiga erishilgan.