Karimova Nozima  Nurmuxamadovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped394.   

Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich,pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Dexkanova Ma’mura Ulmasovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dizayn (kostyum) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi kasbiy va shaxsiy sifatlar (tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish) hamda psixologik xususiyatlar (intuisiya, kuzatuvchanlik, xotira)ning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib optimallashtirilgan;

umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining integrativ mashg‘ulotlari (fashion illustration, casual) asosida talabalarning ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi vizuallik, ijodiy tafakkur va badiiy loyihalash kompozisiyalari asosida takomillashtirilgan;

dizaynerlik faoliyatidagi obrazli tasavvurni xarakterlovchi ixtirochilik va mantiqiylikning intensiv rivojlanishiga qaratilgan “Evristik”, “Siluetni izlash”, “Rezyume” va “Sketchbook” kabi ta’lim metodlarini umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishda qo‘llash orqali kasbiy ta’limning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi sifat ko‘rsatkichlari (loyihalash, kreativlik, texnologik) va tayyorgarlik darajalarini (yuqori, o‘rta va past) kvalimetrik yondashuv asosida takomillashtirish orqali baholashning ob’ektivlik xususiyatlari (avtomatik, haqqoniylik, integrativlik) kengaytirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:

dizayn (kostyum) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi, kasbiy hamda shaxsiy sifatlar va psixologik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligiga oid takliflar dizayning paydo bo‘lishi va rivojlanish tendensiyalari, dizaynda tarixiylik tamoyillari, dizayn turlari, dizayn va kreativlik, dizaynda loyihalash uslublari, dizaynning falsafiy axloqiy masalalariga bag‘ishlangan “Dizayn tarixi” o‘quv qo‘llanma tasdiqlangan (ro‘yxatga olish raqami-355-007, 2014 y.). Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda dizayn ta’limi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

talabalarning ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini vizuallik, ijodiy tafakkur va badiiy loyihalash kompozisiyalari asosida takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy ta’minoti va  “Dizayn tarixi” va “Amaliy antropologiya asoslari” fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2074-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot talabalarda ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini, loyihalash, texnologik va kreativ kompetensiyalarni  rivojlantirishga xizmat qilgan;

“Evristik”, “Siluetni izlash”, “Rezyume” va “Sketchbook” kabi ta’lim metodlarini umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishda qo‘llash orqali talabalarni kasbiy kompetentligini oshirishga oid tavsiyalar asosida “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2074 son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda mustaqil va amaliy faoliyatga yo‘naltirish, o‘z o‘zini rivojlantirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish