Mirhaydarova Nodira Haitboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekcha “ma’naviyat” va ruscha “duxovnost`” arxisemali leksemalarning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4110.
Ilmiy rahbar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xolmonova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Barno Raimovna, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” va rus tilidagi “duxovnost`” arxisemali leksemalarni tizimlashtirish, tipologik belgilarini aniqlash, tarjima imkoniyatlari va xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” va rus tilidagi “duxovnost`” umumiy semali leksemalarning struktur-semantik xususiyatlari ochib berilib, o‘zbek tilida “ma’naviyat” arxisemasini “axloq” va “ma’rifat” mikromaydoniga mansub leksemalar tashkil etishi, rus tilida “duxovnost`” leksemasi tushunchalarining qorishiq  tarzda namoyon bo‘lishi isbotlangan;   
o‘zbek va rus tillaridagi “axloq” mikromaydoni leksemalarining umumiyligi, o‘zaro muqobilligi, erkin tarjima qilinishi asoslangan va “ma’rifat” mikromaydoni leksemalarining struktur-semantik, tipologik jihatdan o‘ziga xosligi, milliy-madaniy belgilarga egaligi asoslangan;
o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” arxisemali bir qator leksemalarning arab tiliga xos konsonantizm asosida yuzaga kelgani, baho semasi alohida leksik birliklar yordamida ifodalanishi,  rus tilidagi “duxovnost`” umumiy semali leksemalar asosan, tuzilishiga ko‘ra soddaligi va baho semasining grammatik vositalar yordamida ifodalanishi dalillangan;
o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” va rus tilidagi “duxovnost`” umumiy semali leksemalarning lug‘atlarda sinonimlar, noaniq so‘zlar (olmoshlar) yordamida izohlangani aniqlanib, leksemalarning ma’no qirralarini ilmiy dalillash orqali  izohlanishi tushuncha mohiyatini to‘liq aks etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekcha “ma’naviyat” va ruscha “duxovnost`” arxisemali leksemalarning chog‘ishtirma tadqiqi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va rus tillaridagi “ma’naviyat”/“duxovnost`” arxisemali leksemalarning qo‘llanish chastotasi, semantik xususiyatlari, o‘zbek tilidagi ma’naviyatga oid arabcha o‘zlashmalarning semantik xususiyatlariga doir  ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 02-843-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusi “ma’naviyat” umumiy semali leksemalarning semantik tabiatiga, leksik sath birliklariaro ierarxik va ideografik xususiyatlariga oid ma’lumotlar bazasi boyitilgan;
o‘zbek va rus tillaridagi “ma’naviyat” / “duxovnost`” arxisemali leksemalarning struktur-grammatik modellaridan, leksemalar o‘rtasidagi munosabat ko‘rinishlariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 02-844-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma “ma’naviyat” leksik-semantik guruhiga mansub  birliklar tarkibidagi struktur o‘zgarishlarning og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini belgilashdagi ahamiyati, “ma’naviyat” arxisemali leksemalarning tipologiyasi, morfologik tarkibiga doir ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
o‘zbek va rus tillaridagi “ma’naviyat” / “duxovnost`” arxisemali leksemalarning til va madaniyatdagi o‘rni, qadriyatlarga oid izlanishlarda aks etganlik darajasi, tizim sifatida o‘rganish zarurligi, lug‘atlarda berilishi hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan sohalar uchun ilmiy-nazariy, amaliy manba vazifasini o‘tashi haqidagi tahlillardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan “Munosabat”, “Xulosa o‘zingizdan” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 25-iyundagi 02-15-783-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan  hamda ilmiy dalillar bilan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish