Ermashev Jengis Maratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bojxona sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik (jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Yu257.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Toshpo‘latov Akrom Ikromovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona sohasidagi jinoyatlarni kompleks yuridik baholash, uning o‘ziga xos belgilarini aniqlash hamda mazmun mohiyatini tushunish bo‘yicha to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqish, ularning kriminologik xususiyatlarini ochib berish, huquqni qo‘llash amaliyotini, jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini hamda giyovandlik vositalarining analoglarini bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq qilmishlarni kontrabanda jinoyati tarkibiga kiritish lozimligi asoslangan;
tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni hamda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun javobgarlik belgilash lozimligi asoslangan;
bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash kiritishga doir takliflar, ya’ni sotib oluvchining mamlakat hududiga olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud bo‘lganda tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan tegishli usullardan foydalanish lozimligi asoslangan;
o‘xshashi mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni O‘zbekiston hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etishda olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqaruvchi zavodning texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi texnik pasporti yoki ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan uskuna, shu jumladan, ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjati taqdim etilishi lozimligi asoslangan;
jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish deb hisoblanishi hamda bu bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmasligi lozimligi asoslangan;
bojxona nazoratini chetlab, tovarlar yoki boshqa moddiy qimmatliklarni, shuningdek kontrabanda ashyolarini uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilganida qilmish JK 2444 yoxud 2481-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bojxona sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga doir masalalarni tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini hamda giyovandlik vositalarining analoglarini bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq qilmishlarni kontrabanda jinoyati tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi birinchi qismining dispozisiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 29-fevraldagi 3-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi qilmishni kontrabanda jinoyati sifatida to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilgan;
tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni hamda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga doir qilmish uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi 1301 va 2444-moddalari dispozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 29-fevraldagi 3-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni hamda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan;
bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash kiritishga doir takliflar, ya’ni sotib oluvchining mamlakat hududiga olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud bo‘lganda tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori ilovasining 15-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 1-martdagi 12-15-19-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi mamlakatimiz hududiga olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud bo‘lganda tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan usullarni aniqlashga xizmat qilgan;
o‘xshashi mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etishda olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqaruvchi zavodning texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi texnik pasporti yoki ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan uskuna, shu jumladan, ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjati taqdim etilishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qaroriga 1-ilovaning izoh qismi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 1-martdagi 12-15-19-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlashga xizmat qilgan;
jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish deb hisoblanishi hamda bu bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmasligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 20-fevraldagi 10-30-2050-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish shaxsni bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmasligi to‘g‘risidagi qoidaning mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
bojxona nazoratini chetlab, tovarlar yoki boshqa moddiy qimmatliklarni, shuningdek kontrabanda ashyolarini uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanilgan holda bojxona chegarasidan o‘tkazilganida, JK 2444 yoxud 2481-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2-son qarorining 19-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 20-fevraldagi 10-30-2050-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi kontrabanda ashyolarini uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilganida qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilgan.